Telegram Web Link
Qiziqarli hayot, zerikarli ishlar ortidan keladi

@nasullaevblog
🔥221
O’ylab qarasam, qachonki ko’p aqlli ishlar qilgan bo’lsam, shuncha kam pul topgan ekanman.

Make it simple. Take risk.

@nasullaevblog
🔥217👍6
Muvaffaqiyatli bo'lish sizning muvaffaqiyatsizligingizga sabab bo'ladi.

Gap shundaki, atrofdagilarga nisbatan ishi o'xshayotgan odamda "Menda hammasi o'xshar ekan" degan illuziya shakllanadi va uning o'ziga bo'lgan ishonchi har qachongidanda baland bo'lib ketadi

Natijada nima bo'ladi? Imkoniyatlar va risklar balansini saqlash murakkablashadi.

Sodda tilda aytganda, 100.000$ lik imkoniyatiga 150.000$ lik risk oladi

Kunlarning birida esa bu uni sindiradi

Sinish qo'rqinchli jarayon emas, bu o'sishga yordam beruvchi jarayon

Lekin sinishlarning ko'payishi, shaxsning o'ziga bo'lgan ishonchini noziklashtirib, kelasi ishlarda "ortga yurish" qilishiga olib keladi

E'tiqodimizdan kelib chiqib tushuntirsam, hamma ishi o'xshab boshlagan odam natija Allohdan ekanini unutib, o'ziga beradigan bahosi ortib ketadi. Keyin esa asl natija qayerdan kelgani uning yodiga solinadi

Yechim nima? Nima qilsam, doimiy hamma ishim o'xshab ketaveradi va bundan men kibrlanmay, davomli oldinga yuraman?

Buni faqat o'z va atrofimdagilar tajribasidan kelib chiqib aytolaman

99% odam shu qismni boshidan o'tkazishga majbur, aks holda keyingi darajaga chiqolmaysiz

Yo'q, men bu xatoni qilmayman deganlar esa qirg'oq oldida turgan odamga o'xshaydi, tasavvurlaridagina dengizda suzishadi

Xato qilish yoki boshqalar xatosidan to'g'ri o'rnak olib, jarayonda "suzishni" davom ettirishimiz yechim deb o'ylayman

Aslida shu xatolarni bizni e'tiqodimizni mustahkam bo'lishiga ham xizmat qiladi va shu bilan birga yangi darajaga chiqishimizga yordam beradi

Asosiysi va yakuniysi, to'xtab qolmaslik kerak. Qanchalik qattiq yiqilmang, qanchalik katta xato qilmang, dunyoda aniq kimdir borki siznikidanda kattaroq xato qilgan va qayta oyoqqa turgan. Demak, amallasa bo'ladi. Sababi, natija bizdan emas, o'zidan. Biz sabablarini qilishimiz yetarli.

@nasullaevblog
👍18💯64🔥3👏3
Yuqoridagi post uchun Instruksion yechim posti:

1. Bu hammani boshidan o'tadigan, qochib bo'lmas jarayon ekanini tan oling va qo'rqmang. Ruhiy holatingizni to'g'rilang
2. Atrofingizda sizga g'arazligi yo'q bo'lgan insonlar davrasini shakllantiring, ular bilan maslahatlashing. Hammasini ochiq holda
3. Emotsiyada bo'lgan vaqtingizda hech qanday qaror qabul qilmang. Miyani sovutib, aniq tadqiqot va raqamlarga asoslaning
4. Doimo rezerv saqlang. Yomon kunga tayyor turing. 100.000$ bo'lsa, 60-70.000$lik risk oling.
5. Sabablarini qilishda har bir detalni maksimumda amalga oshiring.
6. Shoshilmang, agar siz munosib bo'lsangiz imkoniyat doimo keladi.
7. Erkak kishiga 3 marta omad keladi degan gaplarga ishonmayman, u cheksiz keladi. Faqat siz tayyor bo'ling. Tayyor bo'lmagan odam omadini ham ko'mib qo'yadi.
8. Yaxshi natija faxrlanishga, yomon natija xafa bo'lishga sabab emas. U shunchaki ma'lumot xolos. Emotsional reaksiyalardan uzoqlashing.
9. Hech qachon natijaga bog'lanmang. Yaxshi natija sizni zo'r ekaningizni anglatmasligi kerak. (Bu endi juda chuqur ruhiy masala, man ko'rgan deyarli 90% tadbirkorlarda shu muammo bor)
🔥16
Nega brendingiz bozorda N1 emas?

Pozitsiyalashning ahamiyati haqida aniq faktlar keltiraman. Diqqat bilan o’qing

Odamlar sizning mahsulotingiz haqida mavzu ochilganda sizni brendingizni eslamayaptimi, sizda pozitsiya yo’q

Odamlar ongida birinchi bo’lish uchun qisqa, aniq va savollar qolmaydigan upakovka bo’lishi shart

Bugun yangi loyihamizda birinchi bo’lib qilgan ishim shu bo’ldi

Maktab, School, Школа - tashqi upakovka har xil va odam bir o’qiganda aniq tasavvur hosil bo’lmaydi

5 daqiqalik suhbat bn yechim qildik.

Yaqin haftalarda yangilash qilganimizdan keyin barchasini ochiq ayta olaman.

Xulosa: Pozitsiyangiz to’g’ri upakovka qilinmas ekan N1 bo’lolmaysiz.

Qanday qilib pozitsiyani aniqlash haqida post yozishimni xohlasangiz 50 ta 🔥 qoldiring

@nasullaevblog
🔥58👍42
Forwarded from Aziz Axtamov
Agentlik qurishdagi ko'zga ko'rinmaydigan TOP xato

Bu — noto'g'ri mijoz segmentlarini tanlab, ular bilan ishlash.

Tasavvur qiling, siz marketing agentligingizni tizimlashtirdingiz.

TOP xodimlarni oldingiz.

To'liq ish jarayonlaringizni standartlashtirdingiz.

Endi, kengaymoqchisiz, o'smoqchisiz.

Hamma narsani iziga solgansiz, lekin sizga bitta ko'zga ko'rinmaydigan narsa halal beradi.

Bu — sizning "jonajon" mijozlaringiz.

Noto'g'ri mijoz o'zi nima degani?

* Ularda pul yo'q;
* Ularda tizim yo'q;
* Siz ularga yordam berish uchun narxingizni tushirasiz;
* O'zi arzon to'laydi, lekin "nedavolniy". Siz ulani rozi qilish uchun 2x ko'p energiya sarflaysiz.
* Ular esa aksincha, to'lagan arzon puliga sizdan ko'proq narsa talab qiladi;
* Siz endi natija olib kelaman deganingizda, ular ishlashni to'xtatadi;
* Noliydi, pulini qaytarib berishini so'raydi;
* Ularni o'rnini almashtirish uchun siz boshqa bir "bechora" mijozga xizmatizni sotasiz.

Va natijada, siz biznesdan zerikasiz, charchaysiz.

Puli yo'q, tizimi yo'q, biznes egasida kengayish bo'yicha fikrlash ko'nikmasi yo'q bo'lganda siz nimalar yo'qotasiz:

* Yuqori "churn rate" (mijozlar siz kontrol qila olmaydigan sabablarga ko'ra, ketib qolaveradi = ulardagi tizimda muammo bor);
* Mijozni rozi qilish sizga ancha bosh og'riqlari keltiradi;
* Jamoa zerikadi kattaroq natija qila olmay;
* Daromadingiz stabil bo'lmaydi;
* Reputatsiyaga ta'sir qiladi;
* Eng yomoni --- o'smaysiz.

💡 Yechim: Boylar bilan ishlang.

Sizga kuchliroq jamoa kerak emas.
Sizga kuchliroq tizim kerak emas.
Sizga kuchliroq marketing kerak emas.

Sizga yaxshiroq, tizimliroq, o'sadigan mijozlar kerak.

Chunki, ular:

* Ko'proq to'laydi;
* Uzoqroq muddat ishlaydi;
* Vaqtingiz va energiyangizni hurmat qiladi;
* To'lovni kechiktirmaydi, ortidan yalinib yurmaysiz;
* Harakatlaringiz barakali natija olib keladi.

Ular haqiqiy professional biznes egalari. Va bu o'yinni hurmat qilishadi.

Xullas, har doim ham ayb o'zingizda bo'lmaydi.

Ba'zida ayb mijozda bo'ladi.

Sizdagi ayb esa shu mijoz bilan ishlaganingiz bo'ladi.

To'g'ri mijozlar bilan ishlang. O'zingizni hurmat qiling.
🔥17👍42🤝1
G’alaba shansi natijaga eng kam bog’langanlarda bo’ladi

Sababi ular emotsional sovuq holda bo’lishadi

Sovuq miyada to’g’ri qaror qilinadi

Shu uchun iloji boricha natijaga kamroq bog’lanish to’g’ri bo’ladi

Natijaga nega bog’lanamiz?

1. Moliyaviy muammolar sabab (qarz yoki majburiyatimiz bo’ladi

2. Ruhiy holat. Ichki ishonchsizlik va tan olinishga harakat

Boshqa hollarda natijaga bog’lanish kam bo’ladi

Hotirjamlik katta natija, qolgani esa uning ortidan keladi

Bu uchun esa natijaga bog’lanmaslik kerak

@nasullaevblog
🔥14👍21
Bizneslar pul tugashidan emas, balki g'oyaga bo'lgan ishonch / energiyaning tugashidan yopiladi. (Naval)

Bu fikrni hayotimizdagi barcha voqeliklarda ko'rishimiz mumkin

"Pulning tugashi" bizga ko'rinadigan sabab xolos

Asl sabab bizning ichimizda bo'ladi, uni ko'rish imkonsiz, his qilinadi

Bu energiya

Oxirgi yillarda shaxsiy brendni rivojlantirish sababli millioner va multimillioner bilan ishlash normal ish kunimga aylanib qolgan...

...va ulardan o'rgangan asosiy bilimim shuki, ular hech qachon energiya bermagan ishni qilishmaydi, energiya bermagan odamlar davrasida bo'lishmaydi

Energiya bermaydigan har qanday ishni qilish yoki har qanday davrada bo'lish shunchaki o'tmaydi, u sizni energiyangizni so'rib oladi

Bu esa insonni negative fikrlar ichida qoldirib, ishonchsizlantiradi

Shu uchun kim bilan vaqt o'tkazyapsiz, nima ish bilan shug'ullanayapsiz, qayerda yashayapsiz - bular haqida o'ylash juda muhim

P.s.: Qachondir energiya bergan maqsadlar, bizneslar va insonlar bir kun kelib energiya bermasligi ham normal. Bunga ham neytral qarashni o'rganing

@nasullaevblog
🔥16👍32🤔1
Maqsadlarimizga erishish uchun kimni eshitishimiz to’g’ri bo’ladi?

Hammamiz hayotda o‘zimizga yo‘l izlaymiz. Kimdir soch turmagini, kimdir biznes rejasini, kimdir hayotdagi yo‘lini boshqalardan so‘raydi. Lekin har kimdan maslahat olish to‘g‘ri emas.

Misol uchun:

👴 Bobo-buvim menga boriga shukur qilishimni maslahat berishadi. Chunki ular urush sabab og’ir davrlarni ko‘rishgan. Ularning dunyoqarashi — “faqat tirik bo‘lishning o‘zi ham katta gap.”

Lekin hozir zamon boshqacha. Endi faqat yashab qolish emas, o‘zingni topish, rivojlanish kerak.

👩‍👩‍👦 Ota-onalarimizchi? Ular biz qiynalmasligimizni xohlab, xavfsiz, sokin yo‘lni tanlashni maslahat berishadi.
“Barqaror ish top, muammolar bo’lyaptimi, nimadir xato” — deyishadi. Lekin bu doim o‘sish yo‘li emas.

👬 Do‘stlarimiz-chi? Ba’zida bizda katta orzular bo‘ladi, lekin do‘stlarimiz tushunmaydi.
“Yerga tushsangchi, qanaqa orzu” — deyishadi. Chunki ular biz ko‘rgan narsani ko‘rmagan, his qilmagan.

🧠 Muvaffaqiyatli insonlardan maslahat olish kerakmi?

Ha… lekin bu ham har doim to‘g‘ri emas.

Men hozirgacha 100 ga yaqin katta natijaga erishgan insonlar bilan suhbatlashdim — orasida milliard dollar topganlar ham bor.

Lekin ularning ham ko‘pi bizni to‘liq tushunmasdan, faqat o‘z hayoti prizmasida maslahat beradi. Ular bizga qanday ko‘rinsa — biz shunigina ko‘ramiz. Lekin aslida ular “qanday yo‘l bilan” bu darajaga chiqqan — har doim ham ochiq emas.

Mening xulosam:

Faqat 2 xil odamdan maslahat olish kerak:
1. Sizni chin dildan eshitadigan. Gap o‘rtasiga kirmaydigan, siz nima deyayotganingizni tushunishga harakat qiladigan.
2. Sizning qadriyatlaringizga yaqin bo‘lgan muvaffaqiyatli odam. Ya’ni siz uchun muhim bo‘lgan narsalar ular uchun ham muhim bo‘lsa — ular sizga mos yo‘lni ko‘rsatadi.

Ko‘pchilik maslahat beradi, chunki o‘zini aqlli deb o‘ylaydi. Lekin sizni eshitmaydi. Bu esa noto‘g‘ri yo‘lga olib boradi.

🎬 “Wall Street Bo‘rilari” filmini eslang. Ular ham maqsadga yetishdi, lekin qanaqa yo‘l bilan? Aldov, yolg‘on, tamagirlik… Bu hammaga mos keladigan yo‘l emas.

Shuning uchun:

➡️ Maslahat so‘rashdan oldin, o‘sha odam qanday qadriyatga ega — shuni bilib oling.

➡️ Buni bilish uchun esa siz oldin eshitishni o‘rganing. Hissiyot bilan emas, sovuqqon aql bilan.

Shunda siz hayotingizda sizga chindan foyda beradigan odamlarni tanlay olasiz. Va ular orqali to‘g‘ri yo‘lni topasiz.

@nasullaevblog
👍12🔥6👌3
Kuchli marketing sotuv bo'limini sotuv qilishdan ozod qiladi. Sotuvchilar ma'lumot berishlarining o'zi yetarli bo'lib qoladi.

Kuchli sotuvchilarga ega kuchli marketing jamoasi esa pul haqida o'ylamasa ham bo'ladi😁

#IMHO

@nasullaevblog
🔥165👍21😁1
Inson istaganini qilishimi mumkin, lekin istaganini istolmaydi.

Artur Shopenhauerga tegishli bu jumla tunimni uyqusiz qildi.

Siz nimani tushundiz? Izohda yozing.

50 ta 🔥 bo'lsa, tahlil qilib post yozaman.
🔥77👏3👍2
"G'alati" odat

Odatda biznes masalalarida juda boy odamlar bilan ko'p gaplashaman

Hammasi oddiy, samimiy insonlar va hammalarini g'alati odatlari bor

Bu haqida o'zingiz o'sha insonni o'zidan eshitmasangiz ishonmaysiz

Masalan, Elon Musk PayPal kompaniyasini sotib, 200,000,000$ pul olib, bu pulni 3ta biznesiga investitsiya qiladi. Hamma puli tugagani uchun do'stidan kvartirasiga to'lash uchun qarz oladi. G'alati a

Steve Jobs, oylab cho'milmasdan yurgan, oyoq kiyimsiz. Juda qo'pol va nagliy bo'lgan. Bu ham g'alati

Kecha gaplashgan yirik tadbirkor akamiz bitta kiyimdan 10 ta olarkanlar va faqat bir xil kiyinar ekanlar. Focus bo'linmasligi uchun. Tushunishiz uchun bir oyda ishchilariga beradigan maosh budjeti - 4,000,000$.

Bu vaziyatdan 1 ta xulosa chiqardim:

Sizda bor bo'lgan, lekin boshqalar uchun "g'alati" tuyulgan odatlar, siz boy bo'lganizdan keyin "normal" odatga aylanadi

Insonlarning sizga munosabatini siz nima qilayotganiz emas, qanday natijaga erishayotganingiz o'zgartiradi.

Natijangiz zo'r bo'lsa, odamlar xurrak otib uxlashizdan ham ma'no izlayveradi.

Asosiysi, doimiy o'zimizni isloh qilib, davomli harakatdan to'xtamasligimizda.

Natijani o'zi yetkazadi.

@nasullaevblog
🔥19👍422💯2❤‍🔥1
Man uchun biznesdagi xatolar kelajak obro'ga ta'sir qilmasligi muhim

Oxirgi bir yil vaqt ichida Mijozlarimizga qaytargan pullarimiz 30,000$ dan oshiq ekan.

Bu summa qaytarilishi hisobidan jamoa oyligi kamaymagan. O'z cho'ntagimizdan qaytarganmiz.

Hammaga pullarni o'z va'da qilgan vaqtimizda qaytarganmiz. Cho'zmaganmiz. Uyga pul olib kirmagan bo'lsak ham, och qolsak ham oylab cho'zmaganmiz. Va'damizda doim turganmiz

Jamoaga oddiy holda kelganlar iphonedan boshlab, moshina, uygacha olib, oila ham qurishdi.

Bir chetda qarab, biz ham shunga sababchi bo'lib qolganimizdan xursand bo'laman, shukur aytaman.

Qachonlardir o'zimni zo'rg'a eplab yurardim...

Bozorda faqat TOP ekspertlar, siyosatchilar va yirik biznes egalari bilan ishlaganmiz, natija qilib berganmiz.

Biz ishlagan odamlar orasida ismini aytish mumkin bo'lmaganlari bor.

Mijozlarimiz to'g'ridan to'g'ri juda yuqori insonlar bilan ishlaydiganlar.

2021-yildan beri hozir chiqayotgan ko'plab ekspertlar hali tushida ko'rmagan darajada loyihalarni amalga oshirganmiz. Ko'rsatmaganmiz xolos.

Raqamda aytsak, jami 94% mijozlarimiz natija olganlar.

Xullas, hech qachon pul uchun past ketmaganman, ketmayman ham. Tarbiyam shunaqa.

Lekin ba'zida insonlar orasidagi tushunmovchiliklar, emotsiyadagi fikrlarning boshqacha bo'lib chiqishi ishga bo'lgan ishtiyoqni shu darajada sovutib yuboradiki, hech kimga yaxshilik qilishni xohlamay qolasan.

Shunaqa vaqtda aslida hamma qilayotgan ishlarimiz kimlardir uchun emas, o'zini roziligi uchun ekanligini eslash odamni xotirjam qiladi...

@nasullaevblog
🔥2015👻1
Sal qo'pol tushuntiraman:

Axmoqlar orasida raqobat qilish juda oson.

Shunchaki birinchi bo'lib, siz ham o'sha axmoqlardan bittasi emasligingizni bilishingiz kerak.

Ular qatorida emasligingizni bilgandan keyin esa hamma qilayotgan ishni qilmaslik, hamma qochayotgan ishga borish kerak.

Hamma qilayapti:
Nolish, dangasalik, hayotga yengil qarash, rivojlanmaslik, oson ish ko'p pul topishni qidirish, aybni boshqalardan qidirish

Hamma qilmayapti:
Doimiy ilm olish, birinchi qiyinchilikda to'xtab qolmaslik, mas'uliyatlilik, rostgo'ylik, va'daga vafo, risk qilish...

@nasullaevblog
🔥2111👨‍💻1
Inson 2 narsadan hech qachon qocholmaydi:

1. O’lim
2. Faqat siz uchun atalgan Rizq
🔥306👏4👍1💯1
Forwarded from Bektosh Khatamov
Омма психологияси.

Оммавий тўда ҳеч қачон ҳақиқатни изламаган ва унга интилиши ҳам мумкин эмас. У ўзининг хоҳишига мос келмайдиган аниқликдан юз ўгириб, унга ёқимли бўлган ёлғон хаёлга ишонишни афзал кўради. Агар кимдир уни чалғита олса, у осонлик билан тўданинг устида ҳукмронлик қилади. Аммо кимки тўдани ақлга чақирмоқчи бўлса, у ҳар доим тўданинг қурбонига айланади.

Гюстав Лебон
Халқлар ва оммавий тўдалар психологияси”

@bektoshkhatamov
👍7💯43
Ustozim Alisher Sa'dullayevning "Stanford Kundaligi" kanallaridagi bir topshiriq o'zim uchun juda foydali bo'ldi. Shuni kanalda bo'lishishga qaror qildim.

P.s.: Ma'lumot uchun, hozirda Alisher Sa'dullayev Stanford Executive Programm dasturida malaka oshiryaptilar va bu jarayondagi barcha insightlarni aynan shu kanalda bo'lishib borayaptilar. Bu dastur 70 yildan beri ishlab kelishi va narxi salkam 100,000$ turishini hisobga olsak kanaldagi ma'lumotlar juda unikal imkoniyat. Tavsiya qilaman!

Achievement - Bu muvaffaqiyat haqida emas, balki hayotimiz davomidagi xatoliklar ham yutuqlardir. Bu qadriyat shuni anglashdadir. Bular orqali hayotimiz sifatini, samaradorligini o'lchashimiz mumkin bo'ladi. Tasavvur qiling, bozorga kirayapsiz, sizga 1 soat vaqt va o'ziz xohlagan narsani olish imkoniyati berilyapti. Faqat sizdagi "korzinka" hajmi cheklangan. Vaqt tugaganda savatingizda nimalar borligi siz vaqtingizni nimalarga sarflaganingizni ko'rsatuvchi belgi. Endi bu misolni hayotga o'girib tushuning.

🤝 Happiness - Siz boy bo'lsam baxtli bo'laman deb emas, baxtli bo'lsam boy bo'laman deb o'ylashni boshlaganizda hammasi o'zgara boshlaydi - shu jumlani eshitganimdan keyin haqiqatda natijalarimda keskin o'zgarish bo'lgan. Happiness = taqdirga rozilik deb hisoblayman. Rozi bo'lganizda natijaga emas, jarayonga bog'lanasiz. Jarayonga bog'langan inson esa har bir detalni yaxshilashga harakat qiladi. Yaxshilangan detallar aksar hollarda natijani biz kutganday bo'lishini ta'minlaydi. Rozi bo'lish sizni xotirjam qiladi. Xotirjam harakatlar natijani ishonchli bo'lishini ta'minlaydi.

🫡 Responsibility - Happiness ham achievement ham aslida bizni mas'uliyatimiz. Biz bekorga inson sifatida yaratilmaganmiz, bu bir mas'uliyat. Mas'uliyatimizni his qilishimiz orqali biz o'zimizga biror maqsad qo'yamiz, o'z qobiliyatlarimizni mukammallashtirib, nimadir natijaga erishishni (achievement) niyat qilamiz. Demak, natijalarimiz mas'uliyat hissidan keladi. Biznesga kirib kelishimga ham aynan shu mas'uliyat hissi sabab. Jamoamiz bozordagi TOP tadbirkorlarga davomli xizmat ko'rsatishining ham sababi mas'uliyat hissi. Mas'uliyat hissi harakatlarimizni jiddiy qabul qilib, kichik qiyinchiliklar oldida to'xtab qolmasligimizga sabab bo'ladi. Mas'uliyatli lekin professional bo'lgan odam professional lekin mas'uliyatsiz odamdan ustun deb hisoblayman. Mas'uliyatni olgan inson professional yechimni yo'lini qila oladi.

🚀 Stability - Yuqoridagilarni bilish bir ish, bilganni davomli qilish ikkinchi ish hisoblanadi. Xohlaganimizda qilib, xohlamaganda qilmasak natijalarimiz ham o'zi xohlaganda kelib xohlamaganda kelmaydi. Stabillik esa bizdagi mas'uliyat hissini aslida qanchalik sezayotganimizni ko'rsatuvchi belgi. Hamma ham mas'uliyatni his qilaman deb aytishi mumkin, lekin hamma ham o'z mas'uliyatlari oldida stabil bo'lolmaydi. Actions speak louder.

Obuna bo'ling: @nasullaevblog
3👍1
Katta daromad 2 narsadan keladi:

1. Risk
2. Sabr

Risk qilganimizdan keyin sabr qilish esimizdan chiqib qolar ekan. Sabr etapidan yaxshi o'tib olsak keyingi riskka navbat keladi va o'yin davom etaveradi.

Risklarni to'g'ri baholab, harakat qilish (risk management) esa mag'lubiyat faktorini kamaytiradi.

@nasullaevblog
🔥12👍32
O'ziga bo'lgan ishonch ⚔️ KIBR

29-iyuldagi UFC kechasidan keyin Islam Makhachev 2 yildan beri egallab turgan yetakchilik o'rnini Ilia Tuporiya olib qo'ydi

Shundan keyin meni UFC, uning reytingi va TOP jangchilarning strategiyasini o'rganishga bo'lgan qiziqishim juda ortdi va bugungi postda meni hayolimdan chiqmaydigan darajada kuchli ta'sir qilgan *insight* bilan bo'lishaman.

Ilia yosh jangchi, 27 yoshda. 17 jang - 17 g'alaba

Uning intervyusida aytgan bir gapi o'z harakatlarimni qayta ko'rib chiqishimga sabab bo'ldi:

"Odamlar mendagi o'zimga bo'lgan ishonchni KIBR bilan adashtirib qo'yishadi. Lekin ular men bilan bir zalda bir hafta ham shug'ullana olishmagan bo'lardi. Agar mendek tayyorlanadigan sportchi bo'lsa, men ham undan qo'rqqan bo'lardim..."

Shundan keyin o'ylab qoldim, o'ziga bo'lgan ishonch aslida nima va u qayerdan keladi?

Men topgan javob 2 ta bo’ldi:

1. Atrofingizdagilarning sizga bo’lgan reaksiyasi. Ular sizga ishonch bildirib, qo’llab quvvatlashi yoki aksincha sizga qarshilik qilishi o’zingizga bo’lgan ishonchni mustahkamlash uchun xizmat qiladi
2. O’zingizni natijalaringiz. Confidence comes from the evidence - Ishonch isbotdan keladi. O’zizga ishonishingizga asosli sabab bormi? O’zi nimadirni qoyillatdizmi? Taslim bo’lmadizmi? …

Iliada ham xuddi shunday. Uning ishonchini kibrdan ajratuvchi faktor u sabablari qay darajada kuchli ekanini biladi. Bu darajada shug’ullanayotgan jangchi boshqacha natijaga mos emasligini biladi.

Kibr esa sabablar, harakatlar asosida emas, balki hamma natija MEN bo’lganim uchun bo’layapti deb o’ylashdan keladi. O’shanda manmanlik boshlanib, harakatlar susayadi, natija ham sizni ko’p kuttirmaydi.

Shu fikrlar asosida o’z harakatlarimni qaytadan ko’rib chiqdim. Oktagonda mag’lub bo’lmaslik uchun “mashqlarda har kuni mag’lub bo’lish kerak”.

P.s.: Albatta natijalarimiz Allohdan, bunga shubha yo’q. Faqatgina sabablarga suyanish oqibatidan tarixda og’ir vaziyatga tushganlarni bilamiz. Post esa bu haqida emas. Adashtirib yubormasligizni xohlardim.

@nasullaevblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥7🤝2
2025/10/31 03:52:43
Back to Top
HTML Embed Code: