Telegram Web Link
Forwarded from Bektosh Khatamov
Бахт пулда эмас.

Фредерик Бегбедер ўзининг “99 франк” номли асарида шундай ёзади:

“Инсон бахт пулда эмаслигини тушуниб етиши учун аввал у иккаласини ҳам татиб кўриши керак — бахтни ҳам, пулни ҳам”.

@bektoshkhatamov
2111
Gaz ⚔️ Tormoz

Men ko'rgan barcha millioner insonlar "Boshlashdan qo'rqmaganlar" ekan, o'ylab qarasam

Eng qiziq joyi, men ko'rgan barcha multi-millioner (o'ta muvaffaqiyatli) insonlar esa "Qachon to'xtashni biladiganlar" ekan.

Mashinada ham bekorga 2 ta pedal bo'lmaydi: Gaz va Tormoz

Gaz sizni maqsadingizga tezroq olib borsa

Tormoz sizni omon borishingizni ta'minlaydi

Muvaffaqiyatli insonlar - nafaqat qachon boshlashni, balki qachon to'xtashni ham bilganlardir.

🧠 Risk qilish bilan axmoqlik orasidagi nozik chegarani adashtirib qo'ymaslik kerak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23🔥7❤‍🔥43👍2
Bir marta yashaymiz

Bir gap, lekin har xil tushuncha

A: Bir marta yashaymiz, hayotdan lazzatlanib qolish kerak
B: Bir marta yashaymiz, imkoniyatdan to'g'ri foydalanishimiz kerak

A: Bir marta yashaymiz, o'ynab-kul, xohlaganingni qilish kerak
B: Bir marta yashaymiz, obro'imizni saqlashimiz kerak

A: Bir marta yashaymiz, o'zimizga eng yaxshilarini ravo ko'rishimiz kerak
B: Bir marta yashaymiz, nafsimiz va ehtiyojimizni adashtirmasligimiz kerak

...

"Bir martalik hayot"ga kelish tariximizni unutmasligimiz, harakatlarimizning maqsadini eslashimizga yordam beradi

P.s.: Yaqin suhbatdoshim bilan bo'lgan fikr almashinuvidagi xulosa. Bu postni yozish orqali shu darajadagi yashayapman deb da'vo qilmoqchi emasman.
13🔥92
Thinker ⚔️ Doer

Steve Jobs Appledan haydalgan vaqtda aytgan gapi bor:

"Men kompaniyadan ketganimdan keyin birinchi bo'lib qilgan ishim o'tirib o'ylash bo'lgan"

Va aynan shu "o'ylash" davrida u 2 yirik kompaniyaga asos soladi:

1. NeXT, Inc - 1985-yil asos soladi. 1996-yil Apple'ning o'ziga 429,000,000$ ga sotadi.

2. Pixar Animations Studio - 1986-yilda jami 10,000,000$ ga sotib oladi va 2006-yil Disneyga 7.4Milliard$ ga sotadi. ROI 739X

Shunchaki "o'tirib o'ylash" bizga qancha foyda keltirishiga misol

Qiziq paradoks bor:

O'ylaydiganlar qo'rqoq bo'ladi, Qo'rqmaslar esa axmoq. Shu uchun boylarning qo'lida universitetni bitirgan mutaxassislar ishlaydi - degan, meni g'ashimga tegadi gap bor

Bu gap man uchun moddiy tomonlama boy, lekin manaviy qashshoqlarning gapi

Ideal kombinatsiya: Qiladigan ishlarimizni boshlashdan oldin o'tirib, puxta o'ylab chiqilgan rejaning bo'lishi deb hisoblayman

Xulosa:

Overthinking qilish, doimiy o'rganaverish - 1

To'liq riskka asoslangan harakat natijasi - 10

Avval o'ylab, o'rganib, keyin harakatga o'tish - 100

@nasullaevblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥184👍2🏆21👎1
Men uchun salomatligim prioritetda bo'lganida bu natijaga erisholmagan bo'lar edim... - MrBeast

Normal natija uchun normal harakatlar o'zini oqlaydi, lekin...

...imkonsiz natijalar uchun "axmoqona" darajadagi risklarni olish kerak bo'ladi.

Beast allaqachon millionerlikni yengib o'tgan, shunga qaramasdan bir yilda 200 kun vaqti chet el safarlarida o'tar ekan

Uni harakatga undovchi narsa - maqsad - 1Milliard obunachi

Harakatlarimiz darajasi maqsadimiz katta kichikligidan

Maqsadimiz darajasi esa atrofimizdagilarning talablari katta kichikligidan

P.s.: menda ham eng katta o'sish aynan shu prinsip asosida yurganimda bo'lgan

@nasullaevblog
🔥922🏆2
🤯 Sizda ham shunday bo'ladimi?

Hayotizda bir qiyin vaziyatlar bo'ladi, javob topishga qiynalasiz va hamma joydan xudo sizga javobni yetkazayotganini his qilasiz

Hozirgina xuddi shunday bo'ldi menda

Ustoz Aziz Rahimovning "Parallel Muhit" kanallarida "Vaqt oliy hakam" mavzusida bir post chiqdi

Post ichidagi fikrlar oxirgi yildagi xulosalarim 1:1 ga mos kelishi mayli, lekin quyidagi jumla hozirgi kundagi voqealar bilan 100% bir xil kelishini qanday tushunish mumkin😅

"Shu odamdan uzoqroq yur" deb ogohlantirishimiz mumkin. Bizga ishonmay unga ishonishadi. Uzoq emas, yaqin yurishadi. "Menga ishonmas ekansan", "Xafa bo'ldim" deyishimiz mumkin. Ogohlantirishimizni qulog'i bilan emas, tanasi bilan eshitishiga qo'yib berishimiz mumkin.


Qiziq, kuzatamiz😁

@nasullaevblog
10👍2😁1
Professional ⚔️ noprofessionalning farqi

Noprofessional sartarosh: Sochizni qanday olib qo'yay?

Professional sartarosh: Nima maqsadda sochizni to'g'irlatmoqchisiz?

NoProfessional ekspertlar asosan ishning texnik qismiga e'tibor qilishadi

Professional esa natijaviy qismiga

Mijoz maqsad qilgan natijasini o'zi bilsa, professional unga o'sha natijaga moslangan ishni qilib beradi

Endi masalani ikkinchi tomoni bor, o'zbek biznesmenlari jamoaga professionallarni olib ularga texnik topshiriq berishadi

"Davay, falondaqa post chiqaramiz..."

Xo'p, bundan maqsad nima?

Ya'ni, jamoaga professional olish bir ish, uni to'g'ri ishlatish boshqa ish

ChatGPT misoli yanada tushunarli bo'ladi: Agar unga to'g'ri promt bermasangiz siz kutgan natijani olmaysiz

Xullas, professionalni aniqlashni o'rgandingiz, endi uni ishlatish uchun topshiriq emas, maqsad yoki muammo bering, nima qilishni ular yaxshi bilishadi😉

@nasullaevblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
113👏1😁1
Amallarimiz kimligimizni isbotlaydi

Amallar gaplar bilan emas, hayot bilan bosib o'tiladigan oson bo'lmagan jarayondir

Yaqinlarimga atroflaridagi juda ko'plab insonlarning ichki olami, xarakteri, ulardan chiqishi mumkin bo'lgan ishlar haqida bergan maslahatlarim odatda 90% ga to'g'ri chiqadi

Qanday qilib?

90% odam qilmaydigan ish orqali, ya'ni...

...o'sha odamning gaplari emas, amallariga qarash orqali

Biz o'zimiz haqimizda nimadirlar aytishimizga hech qancha vaqt va energiya ketmaydi

Lekin natijalarimiz amallarimizning darajasini ko'rsatib qo'yadi

Gaplar holatni bezab ko'rsatadi xolos

Hammasi shunday oson bo'lsa, nega odamlar boshqalarni gapiga ishonish orqali aldanib qolishadi?

Hozirgacha kuzatganim bo'yicha 2 sababga ko'ra:

1. Sodda bo'lish va xatolardan xulosa qilmaslik (Man ham juda ko'p aldanganman, yaxshiyamki xulosa chiqarganman)

2. O'zlari ham amalga ko'ra emas, gaplariga asoslanib harakatlanishadi

Maktab vaqtidan beri o'zim hurmat qiladigan bir odatim bor:

Actions speak louder

O'zim haqimda gaplarim emas, natijalarim gapirishiga harakat qilaman

Oxirgi vaqtlarda esa media tendensiyasi hisobidan mediada aktivman, bu majburlikdan, ichki xohishdan emas.

Bir inson haqida bilmoqchi bo'lganimda gapidan ko'ra amallariga e'tibor qilganimda ular haqida to'g'ri xulosa chiqarganman

@nasullaevblog
9❤‍🔥41
Dam olish ham ish

Esimni taniganimdan beri dam olishni ayb ishdek ko'rardim

Doimiy hardworker bo'lganman

Avvalo tarbiyamdan, keyin esa maqsadlarim sababli bu odatga aylangan

Lekin universitetga kirganimdan keyin uydagilardan "Juda ko'p ishlayapsan, dam ovol" degan gapni odatdagidan ko'p eshita boshladim

Boshida jiddiy qaramagandim, lekin yosh o'tishi bilan organizm o'zi bildirib qo'yarkan (O'zimni qariyadek his qildim bu gapdan keyin, ha mayli...)

Organizmni signallari yetarli bo'lmadi, mindsetni to'g'rilash kerak edi

Chunki biror ishga majbur bo'lib yondashish bilan ichki xohish bilan yondashish orasida farq bor

O'ziz xohlab yondashish uchun esa u ishni, jarayonni mohiyatini tushunishingiz kerak, mindset o'zgarishi kerak

Manda shu o'zgarish o'tgan yili ustoz Aziz aka Rahimov bilan bo'lgan suhbatdan keyin bo'ldi

"Dam olishga ham ishga qaragandek qarash kerak. Qanchalik yaxshi resurs holatida bo'lsangiz ish sifati ham shuncha bo'ladi. Aslida dam olishingiz ham - ish. Bu xuddi prujina siqilishiga o'xshaydi, u qancha kuchli siqilsa, shuncha baland sakraydi. Yetarlicha siqilishga ega bo'lmagan prujina keraklicha baland sakray olmaydi..."

Shundan keyin bu odatni ham yaxshi shakllantirdim.

To'g'ri dam olish natijasida:

- Ilhom keladi
- Ishtiyoq ortadi
- Diqqat kuchayadi
- Qilayotgan ishga nisbatan ichki ishonch mustahkamlanadi, odam optimist bo'ladi
Va hkz.

Yangi hafta oldidan hammaga omad 👋

@nasullaevblog
🔥1311❤‍🔥3👍32
Bir marta qilib ko’rsam, hech narsa bo’lmaydi

Yoshlikda qiziqqonlik hisobidan ko’plab taqiqlangan ishlarni bir marta sinab ko’rish qiziq bo’ladi

Yashirmayman, ba’zilarini o’zim ham qilib ko’rganman

Chunki, bir argumentimga qarshi argument topolmagan edim:

“Bir marta qilib ko’rsam, hech narsa qilmaydi”

Bu argument noto’g’ri emas, lekin yetarlicha kuchli ham emas

Va hozirgina yaxshi argument topdim va kanalda bo’lishishni xohladim

“Suvchechak yaralarini yirtsangiz o'zidan butun umrlik chandiq qoldiradi. Kasallik nafaqat o'z vaqtida bemorni qiynaydi, tuzalib ketgandan keyin ham xalaqit beradi. Giyohvand moddalar, yomon odatlar ham shunday. Aqliy qobiliyatlarni, potensial imkoniyatlarni tuzatib bo'lmas darajada pasaytirib yuboradi.”


Counter Strike o’yinida freeze-time degan narsa bor

Yangi o’yin uchun o’yin oldi tayyorlanishga qo’shib beriladigan cheklangan (5-10-15… sekund) vaqt

Freeze-time’da kim yaxshi qurollanib, o’yin rejasini tuzib ulgursa, muvaffaqiyat shansi shuncha yuqori bo’ladi

Yoshlik ham aslida katta hayot oldidan tayyorlanish uchun berilgan freeze-time

U vaqtni “qurollanishga” emas, kayf-safo va yengil narsalarga sarflaganlar “o’yin”ni yutqazish ehtimolini oshirgani qoladi

@nasullaevblog
16👍5
Buyuk Britaniya qirolicha vafot etganiga 3 yil bo'ldi

U dunyodagi 99% odamdan ko'ra boyroq, uzoqroq va unikal hayotga ega edi

Lekin biz hozir uni umuman eslamaymiz ham

Qanchalik yuqori darajaga chiqmaylik, bizning manzilimiz aniq

Hammasi tugaganda biz nimalarga erishganimiz va odamlarning fikrlari ahamiyatsiz bo'lib qoladi

Eng ahamiyatli bo'ladigani esa biz bu hayotda o'zimiz xohlagan ishlarni qiloldikmi?

(c) Hormozi
_____________________

Xulosam:

Harakatlarimizning tub motivini ongli tarzda bilib amalga oshirishimiz hayotimizning har bir lahzasini his qilishimizni ta'minlaydi.

To'g'ri qarorlar qilish uchun esa yoshlik davrimizni to'g'ri qadriyatlar, odatlar, insonlar davrasi qurishga sarflashimiz kerak
25👍10🔥4👎1
Sinov

Qiyinchilik keladi, yechimi sifatida kimgadir ishingiz tushadi

Ishingizni bitirib bergan odam bilan kelajakda sinalasiz

Qanday yo’l tutishingiz sizni aslingizni ko’rsatadi

Boshqa odamga qiyinchilik keladi, yechimiga sababchi qilib siz tanlanasiz

Vaqt o’tadi va siz sabab ishi bitgan inson sizga o’z minnatdorchiligini bildirish vaqti keladi

O’sha vaqtdagi harakati uning kimligini ochib beradi

Sinovlarda yorug’ yuz bilan o’tish nasib qilsin🤲🏼

@nasullaevblog
39🔥148👍1🏆1
Chuqur ma'noga ega gap

"Sen menga o'zingni kuchli qilib ko'rsatayapsan

Men esa senga o'zimni zaif qilib ko'rsatayapman

Haqiqat shundaki, ikkalamiz ham yolg'onchimiz"

@nasullaevblog
29🤔6❤‍🔥3👏21
Shaxsiyat VS Funksionallik

Ma’lum ishni zo’r qiladigan (funksionallik) odamning shaxsiyati kuchsiz bo’lishi uni katta natijalardan to’sadi

Shaxsiyati kuchli odam esa istalgan ishni zo’r qiloladi

Kuchli Shaxsiyat shakllantirishga ta’sir qiladi:

1. Tarbiya
2. Mas’uliyat
3. Emotsiyalarni (xohishlar, qo’rquvlarni) boshqarish / ustun kelish
4. Odatlar qurish

Kuchli Kasb egasini xohlagancha “ishlab chiqarish” mumkin.

“Ishlab chiqaruvchilar” esa Kuchli shaxsiyatga ega insonlar bo’ladi

P.s.: Aslida kuchli shaxsiyatlilar emas, puldor tadbirkorlar ko’p bo’lgani uchun ham kim uchundir Shaxsiy brend qilishni to’xtatdim.

Biznesmen ham aslida ekspert, uni ham o’z ilmi bor, qiyin emas. Ba’zi ishlarni to’g’ri qilsangiz tez boyib ketasiz. Afsuski shaxsiyat bunday oson qurilmaydi.

@nasullaevblog
15🔥102👍2
Biror natijaga ishonchsizlik

Xuddi shu natijaning amalga oshirilishi bilan tugaydi

IELTS 9.0 imkonsiz edi toki Begzod aka bu natijaga erishguncha

Har doim imkonsiz deb o'ylangan natijalar amalga oshirilishi bilan o'sha natija ichidagi record'lar qayta va qayta buzilishni boshlaydi

Bugun sotuv menejerimiz ham man bergan topshiriq real ekaniga shubha qilib turgandi...

...toki o'zim talab qilgan ishni imkoni borligini o'zim amalga oshirib ko'rsatgunimgacha

Maqsadiz / topshirig'iz bor, lekin uni imkoni borligiga shubha qilayapsizmi?

Bu natijani qilgan odamni o'ziz uchun toping, miyadagi blok yechiladi

@nasullaevblog
199
Biz 2 ta’sirga ko’ra harakatga o’tar ekanmiz

1. Ichki ta’sir - xohish, maqsad

2. Tashqi ta’sir - ehtiyoj, majburiyat, mas’uliyat

Tashqi ta’sir hayotimizga natija beradi, lekin rutinaga solishi hisobidan hayot rangsiz bo’lib qoladi

Ichki ta’sir esa harakatlarimiz kuchini yaxshilab, hayotimizga rang ham qo’shadi

Tashqi ta’sir manimcha hech qachon tugamaydi

O’zi yoqtirmagan ishga borayotgan inson hayoti rangli bo’lishi uchun emas, majburiy ehtiyojlari yopilishi uchun ishlaydi - bu must have

Ichki ta’sir majburiy bo'lmagani uchun quyidagi sabablarga ko’ra xohish esa o’lib qolishi mumkin

1. Ishonchsizlik - aslida o’ziga bo’lgan ishonch hayot yo’lizdagi isbotlardan keladi. “30 yil hech nimaga erishmagan endi erishadimi” deb boshqalardan oldin odam o’zi o'ziga aytadi.

Yechim: Hayotda nimagadir erisha olishingizni kichik natijalar bilan bo’lsa ham avvalo o’ziz uchun isbotlashga harakat qiling

2. Taqqoslash - bu hasadni uyg’otadi. Hasad esa harakatsizlikka olib keladi. Chunki, hasad qilgan odam hech qachon o’zidan ayb izlamaydi. Ayb izlasa u hasad bo’lmaydi. Bill Gatesni gapini ko’p eslayman: “O’ziga bo’lgan ishonchni o’ldirishning eng oson yo’li - o’zingizni boshqalar bilan taqqoslash”

Yechim: Ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashing. O’z hayot va xohishlaringizda yashang. Yoshligizda sizni qo'shnini bolasi bilan taqqoslab aytilgan gaplarni unuting.

3. Salomatlik. Kasal bo’lganimizda garmonal holatimiz o’zgarishi hisobidan o’zimizga o’xshamay fikrlaymiz. Negativ bo’lib qolamiz yoki qo’rqoq. Nima bo’lsa ham yaxshi emas. Shu uchun kasal bo’lganda asosiy diqqatni tezroq tuzalishga qaratish kerak.

Yechim: Sport bilan shug’ullanish va uyqu-ovqatlanish rejimini to’g’irlash. (Yosh o’tgandan keyin bilinarkanda endi😅)

O’zi bular umuman nimaga kerak?

Naval Ravikantning zo’r gapi bor:

“IQ darajasini 2 narsa ko’rsatadi:

1. Inson xohlagan narsasiga erishishi

2. To’g’ri narsani xohlashni bilishi.”

Bu post Maqsad va xohishlarimizga erishish yo'lidagi sabablarimizni mustahkamlash uchun kerak bo’ladi.

Obuna bo'ling 👉 @nasullaevblog
18👍6🔥6👏1
🧠 Haqiqiy donolik — Alloh bergan imkoniyatdan foydalanib, harakatda bo‘lish.

@nasullaevblog
19👍85🔥4👎1
Bekorchilik yoki maqsadsizlikning belgilaridan biri - kimgadir yoqishga urinish (yoki bu haqida ko'p o'ylash)

Agar siz yetarlicha kuchli va muhim ish bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz boshqalarning siz haqida nima deb o'ylashlari sizga qiziq bo'lmay qoladi

Qiziq bo'lgani bilan sizning ularning fikrlariga ta'sir qilish haqida o'ylashingiz yakuniy natijani o'zgartirmaydi

Shunchaki aniq maqsadni qo'yib, hammaga qiziq bo'ladigan darajadagi qiziq va kuchli ishlarni qilishingizni o'zi kifoya

Biror narsaga erishishning eng oson yo'li - o'sha narsaga arzish.

Play the game well, the score takes care of itself
_______

Agar shu post 50 ta 🔥 yig'sa (jangimni ko'rsataman desam-a😂), maqsaddan chalg'imasdan harakatlanish va energiyani tiklashga yordam berayotgan odatlarim haqida post yozaman.
🔥7025👍165❤‍🔥3
Abdullo Nasullayev
Bekorchilik yoki maqsadsizlikning belgilaridan biri - kimgadir yoqishga urinish (yoki bu haqida ko'p o'ylash) Agar siz yetarlicha kuchli va muhim ish bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz boshqalarning siz haqida nima deb o'ylashlari sizga qiziq bo'lmay qoladi…
[📌Va'da qilingan post]

2025-yil yoz fasli o'z o'zimni qayta kashf qilish, qayta uyg'onish davri bo'ldi

Sababi, Maqsaddan chalg'imasdan harakatlanish va energiyani tiklashga yordam beradigan odatlarimni qayta qurdim

(Yuqoridagi ma'lumotlarni 13-iyulda yozib tayyorlaganman)

Oradan 3 oy o'tgandan keyin bu ro'yxatga yana quyidagilar qo'shildi:

1. Yakunlangan topshiriq. Bizni stressga soluvchi narsalar orasida "yakunlanmagan topshiriqlar"ning hissasi sezilarli. Chunki miyamiz erishgan natijalarimiz, yopilgan topshiriqlarimizdan ko'ra ko'proq, erishilmaganlar va amalga oshirilmaganlarini ko'proq eslab qoladi. Bu esa vaqt davomida energiyangizni so'radi. Bu uchun 2 instrument ishlataman:

I. Notionda o'zim ishlab chiqqan Notion task list. 6 oydan beri har kunlik topshiriqlarimni nazorat qilib kelayapman
II. Shunchaki daftarda kunlik tasklarni yozaman va bajarib bo'lsam ustida urib, belgilab qo'yaman.

Bu ikkala instrument "Men boshlagan ishimni oxiriga yetkazaman" degan ishonchni shakllantirishga yordam beradi. O'zimiz haqimizdagi tasavvurlarimiz esa o'zimizni aldashga qo'ymaydi.

2. Sovuq dush. Oxirgi vaqtlar eng ko'p yoqayotgan odat. Birinchi martada oson bo'lmadi, lekin ikkinchi martadagi effektdan keyin bu odatni yanada davomli qilayapman. Muzdek suvda 30-60 soniya turayapman, hozircha. Natijada, avtomatik tarzda kayfiyat va energiyam yaxshilanib ketyapti

3. Stressli muammolar bilan shug'ullanish. Agar o'zingiz sevgan ishingiz bilan sizga yaqin bo'lgan insonlar davrasida shug'ullansangiz muammolar ham energiya berar ekan. Bu siz bilan raqobat qilib bo'lmaydigan darajaga olib chiqadi. Boshqalar muammolardan siqilayotgan bir vaqtda siz kuchga to'lsangiz qanaqangi monster bo'lishingizni tasavvur qilib ko'ring.

Hozircha shular. Agar foydali va yangilik bo'lgan bo'lsa, yoki avval bilgan bo'lsangizu hali harakatga o'tmagan bo'lsangiz, bu post siz uchun hayotingizga hozirdan tadbiq qilishingiz uchun topshiriq bo'lsin.

@nasullaevblog
105🔥3🏆2
Savol: Nima deb o'ylaysiz, kuchli strateg liderlar tug'ma shunday kuchlimi yoki hayot davomida yetishadimi?
Anonymous Poll
22%
Tug'ma
78%
Sayqallangan
3
2025/11/01 05:26:37
Back to Top
HTML Embed Code: