Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy o'rnatilgan reklama bannerlari bartaraf qilindi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi inspektorlari tomonidan Navoiy shahar bo'ylab fuqarolar tomonidan yer maydonlari hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib reklama bannerlari o'rnatib olish holatlari aniqlangan.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Navoiy shahar inspektorlari tomonidan fuqarolarga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqarolar o'z hisoblaridan ushbu noqonuniy qurilmalarni bartaraf etishdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

Eslatma: Ushbu holat "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli qonunga muvofiq emas!


#yer_nazorati #Navoiy_shahar

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy kiyim – bu shunchaki libos emas, bu tarix, bu g‘urur!


🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari jamoasida har haftaning juma kuni "Milliy kiyimlar kuni" sifatida nishonlanmoqda.

👍 Shu kuni xodimlar ishga o‘zbek xalqiga xos rang-barang, nafis va zamonaviy milliy liboslarda tashrif buyurishmoqda. Bu tashabbus milliy qadriyatlarni qadrlash, o‘zlikni anglash va milliy merosni targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

#navkadastr #milliy_liboslar_kuni

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
❗️ 50 foizlik chegirmaga haqli shaxslar bor

Eslatib o‘tamiz, Yagona portal (my.gov.uz) va DXM orqali davlat xizmatlaridan foydalanilganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan va I-II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma joriy etilgan.

📱 Muhim jihati, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi!

🔔 Yagona portalda (my.gov.uz) ariza yuborish jarayonining "To‘lovga imtiyoz" bandida tegishli bo‘limni tanlash orqali ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.

ℹ️ Faqat! Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

🗓 Xabaringiz bor, 2024-yilning 8-noyabridan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

🇺🇿 Ushbu qonun asosida Navoiy viloyatining barcha tuman, shaharlarida ham xatlov ishlari olib borilmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi.

⭐️Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Karmana tumani "Jaloyir" MFY hududida 36 kv.metr yer maydoni fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan.

📑 Aniqlangan holat yuzasidan Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

#yer_nazorati #Karmana_tumani

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

⚖️Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg'ilash ma'muriy javobgarlikka sabab bo'lishi belgilandi.

🗓 Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to'lanmaganda – muddati o'tgan qarzdorlik uning mavjudligi to'g'risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga bo'lgan huquq bekor qilinishi belgilandi.

▶️ Bundan tashqari, sug'oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug'orilmaydigan yerlar toifasiga o'tkazish bo'yicha aniq talablar belgilanmoqda,

📃Soliq kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, yer osti suv manbalaridan suv o'lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

⛔️Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo'jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo'lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonun (O'RQ-1062-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.


🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/07/09 20:34:54
Back to Top
HTML Embed Code: