Telegram Web Link
Huquqiy bilim ❗️

Ko'chmas mulkimga kadastr pasporti olish uchun my.gov.uz sayti orqali ariza tashladim va elektron shaklda kadastr pasporti oldim. Ammo kadastr pasportida men haqimda ma'lumotlar yo'q edi. Kadastr pasportim haqiqiymi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli qaroriga asosan ko'chmas mulk obyektiga elektron kadastr pasporti shakllanganda mulkdor va huquqni belgilovchi hujjatlar haqida ma'lumotlar aks ettirilmaydi. Mulkdor va huquqni belgilovchi hujjatlar haqida ma'lumotlar davlat ro'yxatidan o'tkazilgan reestr ko'chirmasida aks ettiriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerga oid huquqbuzarliklarni bartaraf qilish mexanizmlari takomillashtirildi

2024-yilning 15-noyabrida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 997-sonli Qonun qabul qilindi.

📃 Ushbu Qonun yer uchastkalaridan samarali foydalanishni ta’minlash, ularni o‘zboshimchalik bilan egallash va imoratlar qurish holatlarini kamaytirish, yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga nisbatan ta’sir choralarining mutanosibligi va yetarliligini ta’minlashga qaratilgan.

📊 Mazkur infografika orqali qonunning ahamiyatli jihatlari hamda davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar olishingiz mumkin.

◼️Asos: 15.11.2024-yildagi O'RQ-997-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

🗓 Xabaringiz bor, 2024-yilning 8-noyabridan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

🇺🇿 Ushbu qonun asosida Navoiy viloyatining barcha tuman, shaharlarida ham xatlov ishlari olib borilmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

📶 JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR XODIMLARINING O'QUV KURSI OAV NIGOHIDA

⭕️ Avval xabar berganimizdek, ⭐️ Kadastr agentligi tizimida Jamoatchilik bilan aloqalarni yurituvchi xodimlar uchun amaliy va nazariy mashg‘ulotlardan iborat malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.

⭕️ Bu haqida 🥰"Milliy" telekanalining millar dasturida lavha efirga uzatildi.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy kiyim – bu shunchaki libos emas, bu tarix, bu g‘urur!


🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari jamoasida har haftaning juma kuni "Milliy kiyimlar kuni" sifatida nishonlanmoqda.

👍 Shu kuni xodimlar ishga o‘zbek xalqiga xos rang-barang, nafis va zamonaviy milliy liboslarda tashrif buyurishmoqda. Bu tashabbus milliy qadriyatlarni qadrlash, o‘zlikni anglash va milliy merosni targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

#navkadastr #milliy_liboslar_kuni

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi tizimidagi Jamoatchilik bilan aloqalar xodimlari uchun maxsus o'quv-seminari mashg'ulotlari jarayoni.

#Kadastr_agentligi #malaka_oshirish_2025

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Aziz va mehribon bolajonlar! 🌸

Bugun – 1-iyun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Bu kun sizlar kabi mehribon, quvnoq, orzu-havaslarga to‘la, beg‘ubor qalb egalariga bag‘ishlanadi. Sizlarning har bir kulg'ingiz, orzularingiz, beg‘ubor tabassumingiz dunyoni yanada yorqin va chiroyli qiladi.

Aziz bolalar, har doim sog‘-salomat, baxtli bo‘ling, bilim o‘rganing, ko‘p o‘qing va yurtimizga, ota-onangizga g‘urur bo‘ling! Siz – ertangi kunimiz, kelajagimiz va eng katta boyligimizsiz!

Sizlarga baxtli bolalik, yorqin orzular va eng ezgu tilaklarni tilaymiz!
🎈🌟🌼

Bayramingiz muborak, bolajonlar!


Hurmat bilan 🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari jamoasi

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yhatidan o'tkazish.


Bu qanday ishlaydi

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

2️⃣ Markaz servitutni ro'yxatdan o'tkazadi, tegishli reyestrdan ko'chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi

3️⃣ Markaz 🧑‍💻 QR-kod (shtrixli kod) qo'yilgan Reyestrdan ko'chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo'natadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O'zi kelib murojaat qilganda Reyestrdan ko'chirmani ariza beruvchiga beradi. Real vaqt rejimida

🫂 Xizmatdan foydalanuvchilar
Jismoniy va yuridik shaxslar

💲 Xizmat narxi
Yig'im

Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 421875 so'm (1.125 BHM)

Xizmatni ko'rsatish muddati
1 ish kuni mobaynida

📃 Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 535-son qarori.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish vaqtida qanday hollarda to'lov uchun xabarnoma keladi.

Javob ✔️
Yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish ushbu Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, Kadastr agentligi tomonidan tegishli shaxslarning telefon raqamiga ushbu Qonunning 23-moddasida belgilangan bir martalik to‘lovni yigirma ish kuni ichida to‘lash to‘g‘risidagi xabarnoma avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda yuboriladi.

🛑 Tegishli shaxslar tomonidan bir martalik to‘lov belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda, ularning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish to‘g‘risidagi ishlar to‘xtatib turiladi.🤩

🤩 Tegishli shaxslar tomonidan bir martalik to‘lov to‘langan taqdirda, elektron yig‘majild, ma’lumotlar va hujjatlar ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq tayyorlangan ijobiy xulosalar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga navbatdagi sessiyada (majlisda) ko‘rib chiqish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda yuboriladi.

#Qonun #huquqiy_bilim #19_modda

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar ❗️

◾️Aholining kadastr sohasida muammolarini bartaraf qilish va qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabul o'tkaziladi.

📍 Manzil: Nurota tumani Chuya MFY binosida

🕔 Sayyor qabul 3-iyun kuni soat 16:00 da bo'lib o'tadi.

Sayyor qabul 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan o'tkaziladi.

☎️ Aloqa: +998 79 224 27 38

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 09:45:48
Back to Top
HTML Embed Code: