Telegram Web Link
#huquqiy_ma_lumot

📝 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣ ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun -5 ish kunigacha.

2️⃣ yakka tartibdagi turar joy uchun - 8 ish kunigacha.

🏢 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha:

1️⃣umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 8 ish kunigacha.

2️⃣umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha.

3️⃣umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha -15 ish kunigacha.

4️⃣umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha.

5️⃣umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha - 26 ish kunigacha.

6️⃣umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq - 35 ish kunigacha.

7️⃣ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha - 5 ish kunigacha.

💳 Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), yangi kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida beriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

📄Garov xati - ko‘chmas mulk obyekti garovga qo‘yilganligi to‘g‘risida yuridik yoki jismoniy shaxsga bank tomonidan beriladigan qarz guvohnomasi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 1-iyul.
Qonunchilikda nimalar o‘zgardi?


➡️ 2028-yil 1-yanvargacha kichik va o'rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e'lon qilinadi.

➡️ Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

➡️ 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga imtiyozlar beriladi.

➡️ Pensiya va nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari 10 foizga oshiriladi.

➡️ Yangi tashkil etiladigan ta'lim tashkilotlari faoliyati 2 bosqichda yo'lga qo'yiladi.

➡️ Respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, tajriba-sinov tariqasida sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi.

➡️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” hamda "Kambag'al oilalar reyestri"ga kiritilgan shaxslarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to'langan QQS summasi 1 ish kunida qaytariladi.

➡️ Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi.

➡️ “Ekofaol fuqaro” platformasiga o'zi ekkan daraxti to'g'risida ma'lumotlar kiritgan kambag'al oilalar a'zolariga o'rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilimingizni sinab ko'ring ❗️

Kadastr hujjati yo'qolgan taqdirda uni tiklash uchun qayerga murojaat qilish zarur
Anonymous Quiz
10%
Kadastr idorasiga
76%
Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz portali orqali
14%
Hududiy arxiv bo'limlariga
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr sohasidagi fidokorona mehnat e’tirof etildi


🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Nurota tumani bo‘limi boshlig‘i Safarov Ramazon mehnat faoliyatini yakunlab, munosib nafaqaga kuzatildi.

💐 Uzoq yillar davomida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan, halollik va mas'uliyat bilan xizmat qilganligi, fidokorona mehnati viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan alohida e’tirof etilib, unga tashakkurnoma topshirildi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida ustoz kadrlarga hurmat, tajribali rahbarlarga ehtirom ko‘rsatish ezgu an’anaga aylangani ta’kidlandi.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Ramazon Safarovga sog‘lik, farovon hayot va oilaviy baxt tilab qoladi!

#Navkadastr

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tursuntoshev Habibullo Abdurashit o'g'li – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Nurota tumani bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

🫥 Tayinlovga qadar, 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Bino va inshootlar Davlat kadastrini yuritish bo'limi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi jamoasi H.Tursuntoshevni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Navkadastr #tayinlov

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Karmana tumani "Qahramon" MFY hududida fuqarolar tomonidan tuman zaxira yerlaridan jami 300 kv.metr yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib shundan 240 kv.metriga qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Karmana tumani inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroga noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish to'g'risida ogohlantirish berildi.

Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqarolar o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

Eslatma: Ushbu holat "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli qonunga muvofiq emas!

#yer_nazorati #Karmana_tumani

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ва Озарбайжон Президентлари Хонкенди шаҳридаги тикувчилик фабрикасини бориб кўрдилар.

Президенты Узбекистана и Азербайджана ознакомились с деятельностью швейной фабрики в городе Ханкенди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#kadastr_atamalari

Rekonstruksiya qilish - binolardan foydalanish sharoitlarini o‘zgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) o‘zgartirish bilan bog‘liq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar hamda ko‘p kvartirali uydagi joyni qayta rejalashtirish majmui.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy kiyim – bu shunchaki libos emas, bu tarix, bu g‘urur!


🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari jamoasida har haftaning juma kuni "Milliy kiyimlar kuni" sifatida nishonlanmoqda.

👍 Shu kuni xodimlar ishga o‘zbek xalqiga xos rang-barang, nafis va zamonaviy milliy liboslarda tashrif buyurishmoqda. Bu tashabbus milliy qadriyatlarni qadrlash, o‘zlikni anglash va milliy merosni targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

#navkadastr #milliy_liboslar_kuni

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 09:37:19
Back to Top
HTML Embed Code: