Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

🗓 Xabaringiz bor, 2024-yilning 8-noyabridan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

🇺🇿 Ushbu qonun asosida Navoiy viloyatining barcha tuman, shaharlarida ham xatlov ishlari olib borilmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️ Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Karmana tumani "MAlik" MFY hududida 400 kv.metr yer maydoni fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan.

📑 Aniqlangan holat yuzasidan Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

#yer_nazorati #Karmana_tumani

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️Dehqon xo‘jaligi yeriga bino va inshoot qurish taqiqlanadi

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

📃Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi.

⚠️Yengil konstruksiyali issiqxonalarni va boshqa imoratlarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

❗️Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

📄Huquqiy asos: O‘RQ–680, 01.04.2021 y.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 Xatlov natijalarini “E’tirof” AATda kuzatib boring!

➡️ Ushbu dastur orqali tasdiqlangan reja-jadval bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilgan mahallalar, e’longa chiqarilgan har bir obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularga tegishli davlat idoralari tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy xulosalar bilan onlayn tanishish imkoniyati mavjud.

Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy qadriyatlar – faxrimiz!


🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari Navoiy viloyat boshqarmalari hamda tuman(shahar) bo'lim va fillial xodimlari milliy qadriyatlarimizni hurmat qilish va e’zozlash maqsadida ish faoliyatini milliy liboslarda boshlashdi.

👍 Xodimlarimizning milliy liboslarda ishga kelishi nafaqat mehnat jamoasida o‘ziga xos bayramona kayfiyat yaratdi, balki milliy o‘zlikni anglash, urf-odat va an’analarimizni qadrlash borasida ham muhim ahamiyat kasb etdi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📄Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

💠yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

💠binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

💠binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

💠binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

💠ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

💠qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

📃Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartirishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi.

😄Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Asos: 👔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida👔gi 803-sonli Qonun.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️
JUDA MUHIM. VIDEONI SAQLAB QO'YING!

🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Farrux Kobilov video murojaat bilan chiqdi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonuni doirasida mahallalarda xatlov o'tkazilmoqda.

Xatlov jarayonida kadastr xodimlarining noqonuniy harakati haqida ma'lumotga ega bo'lsangiz quyidagi raqamlarga qo'ng‘iroq qilishingiz mumkin:

📞+998792242738
📞+998939504515

"Sizlardan xatlov jarayoniga turli vositachilarni aralashtirmaslik, kadastr xodimlariga “tezlashtiring, imkonini qilib bering” degan turli vajlar bilan moddiy manfaatdorlikni taklif qilmaslik so‘raladi!" -deyiladi video murojaatda.

➡️ Batafsil videoda

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
22-aprel-Xalqaro yer kuni

🌍 Yer — bu bizga berilgan eng katta ne’mat. Uning bag‘rida biz yashaymiz, oziqlanamiz, nafas olamiz. Bugun bizning yagona uyimiz – Yer sayyorasini asrash, tabiat bilan uyg‘un yashash haqida yana bir bor o‘ylash kuni.

Yer bizniki emas – uni farzandlarimizdan qarzga olganmiz. Uni asrash – burchimiz!

#Xalqaro_yer_kuni

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi. Tadbirda kadastr sohasida mavjud bo'sh ish o'rinlar taklif qilinib ish jarayonida nimalar bilan shug'ullanishlari haqida tushuncha berildi.

#Karyera_kuni #tadbirlar

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🌟Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

➡️ Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;

➡️ Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;

➡️ Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

➡️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);

➡️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

➡️ Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
2025/07/12 14:25:29
Back to Top
HTML Embed Code: