Telegram Web Link
#kadastr_atamalari

📃 Ipoteka - mulkni garov kreditoriga egalik qilish uchun topshirmasdan, majburiyatni ta’minlash sharti bilan ko‘chmas mulk obyektini (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga bo‘lgan huquqni garovga qo‘yish.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, egalik huquqi kimning nomiga eʼtirof etiladi ?
Anonymous Quiz
20%
Amalda yashab kelayotgan shaxs nomiga
36%
Turmush o'rtog'i nomiga
7%
Farzandlari nomiga
37%
Vafot etgan shaxs nomiga
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim #937

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ 50 foizlik chegirmaga haqli shaxslar bor

Eslatib o‘tamiz, Yagona portal (my.gov.uz) va DXM orqali davlat xizmatlaridan foydalanilganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan va I-II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma joriy etilgan.

📱 Muhim jihati, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi!

🔔 Yagona portalda (my.gov.uz) ariza yuborish jarayonining "To‘lovga imtiyoz" bandida tegishli bo‘limni tanlash orqali ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.

ℹ️ Faqat! Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumotlar

📃 Yer uchastkalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan ushbu qonunning ustuvor yo‘nalishlari haqida infografika orqali tanishing!

➡️ O‘RQ-1061-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

🏘 Inshoot - har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📝Xatlov ishlari jadallik bilan olib borilmoqda

Muntazam xabar berib borayotganimizdek, 💫Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tuman-shahar filiallari xodimlari tomonidan O'RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalar kesimida xonadonlarni xatlovdan o'tkazish ishlari qizg'in tarzda olib borilmoqda.

Xususan, Karmana tumanida ham kadastr muhandislari o'ziga biriktirilgan hududdagi har bir xonadonda belgilangan tartibda o'lchov ishlarini amalga oshirmoqdalar. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan fuqarolarga qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berilmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Mukofot jamg‘armasi $1 000 000 bo‘lgan “President Tech Award” tanlovi boshlandi!

“President Tech Award” tanlovi bu sizning bilim va tajribangizni namoyish etish, qolaversa, innovatsion IT yechimlar va loyihalaringizni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatdir.

Tanlov yo‘nalishlari:
⭐️ Sun’iy intellekt texnologiyalari;
⭐️ Ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
⭐️ Axborot va kiber xavfsizlik texnologiyalari;
⭐️ Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
⭐️ Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari;
⭐️ Maxsus yo‘nalish – Hakaton.

Tanlovda qatnashing, o‘z startapingizni taqdim etib, moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: https://awards.gov.uz/login

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov miqdori Nukus shahri va viloyatlar markazlarida qancha etib belgilangan ?
Anonymous Quiz
22%
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida
36%
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida
16%
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida
26%
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov natijalari samarasini bermoqda!


✔️ Viloyat bo'yicha tizimli ravishda olib borilgan xatlov ishlari natijasida jami 35 ta holatda fuqarolarning yer uchastkalari va ularga qurilgan bino va inshootlariga bo'lgan huquqlari e’tirof etildi.

Ushbu jarayon fuqarolarga o‘z mulklari va yer uchastkalari bo'yicha to'liq huquqiy aniqlik, foydalanish imkoniyatlarini oshirish hamda egalik huquqini rasmiylashtirish imkonini berdi. Natijada odamlar o‘zlarini tegishli mulk egasi sifatida his etib, undan erkin foydalanish, savdo, garov yoki meros sifatida qoldirish kabi imkoniyatlarga ega bo'lishmoqda.

📃 Xususan Zarafshon shahrida fuqarolarga yer uchastkalari va ularga qurilgan bino va inshootlariga bo'lgan huquqlari e’tirof etilganligi munosabati bilan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib davlat ro'yxatidan o'tkazildi hamda o'z egalariga topshirildi.

⚡️ Bularning barchasi adolatni ta'minlash, tizim shaffofligini oshirish va fuqarolarning mulkiy huquqlarini to'liq ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi.

#Navkadastr #xatlov2025

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

Huquq egasi - ko‘chmas mulk obyektining belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida unga bo‘lgan huquqqa ega yuridik va jismoniy shaxs.

📃 Servitut - begona yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️ Navoiy viloyatida mavjud E-auksion onlayn platformasiga sadoga chiqarilgan ko‘chma savdo do‘konlari uchun bo‘sh yer uchastkalari.

🟢 Konimex tumani 169 ta (ko'rish)

🟢 Qiziltepa tumani 212 ta (ko'rish)

🟢 Navbahor tumani 94 ta (ko'rish)

🟢 Karmana tumani 177 ta (ko'rish)

🟢 Nurota tumani 184 ta (ko'rish)

🟢 Tomdi tumani 67 ta (ko'rish)

🟢 Uchquduq tumani 197 ta (ko'rish)

🟢 Xatirchi tumani 127 ta (ko'rish)

🟢 Navoiy shahar 2 ta (ko'rish)

🟢 G'ozg'on shahar 118 ta (ko'rish)

Eslatma: Ushbu yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 485-sonli qaroriga asosan joylashish sxemalari har uch yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.

#Navkadastr #ko_chma_savdo

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 15:31:54
Back to Top
HTML Embed Code: