Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Reja-jadvalga kiritilmagan mahallalarda xatlovlar qachon amalga oshiriladi ?

Javob:
- Ayni paytda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan reja-jadval asosida olib borilayotgan bo‘lib, mazkur yillarda rejaga kiritilmagan mahallalar keyingi yillarga mo‘ljallangan reja-jadvalga kiritiladi. Hech bir mahalla xatlovdan chetta qolmaydi !

🔖Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

🏡 Yordamchi-xo‘jalik imoratlari - ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan qo‘shimcha imoratlar (omborxonalar, bostirmalar, yo‘laklar va shu kabilar), uy hayvonlari va parrandalarini boqish uchun mo‘ljallangan imoratlar, omborxona, garajlar, yozgi oshxonalar, tandirxonalar, yerto‘lalar, hammomlar, hovlidagi hojatxonalar, dushxonalar, issiqxonalar, hovuzlar, saunalar, qozonxonalar va odamlarning vaqtincha turishi bilan bog‘liq turli ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlar.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_auksion

🗺 Navoiy viloyatida mavjud E-auksion.uz onlayn platformasiga savdoga chiqarilgan bo‘sh yer uchastkalari

🟢 Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 1 618 ta (ko'rish)

🟢 Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 1 ta (ko'rish)

🟢 Yoshlar sanoat zonalari uchun 10 ta (ko'rish)

🟢 Kichik sanoat zonalari uchun 50 ta (ko'rish)

🟢 Erkin iqtisodiy zonalari uchun 79 ta (ko'rish)

🟢 Turistik zona uchun 28 ta (ko'rish)

🟢 Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun 23 ta (ko'rish)

🟢 Nodavlat umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 5 ta (ko'rish)

🟢 Mikromarkazlar uchun 64 ta (ko'rish)

🟢 Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yerlar 58 ta (ko'rish)

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer hisobini yuritishda sifat va aniqlik – ustuvor vazifa!

💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi tomonidan hududiy filiallarda faoliyat yuritayotgan yer hisobiga mas’ul mutaxassislar uchun navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi – yer hisobini yuritishda yagona yondashuv, aniqlik va sifatni ta’minlash, shuningdek, mavjud tartib va texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishdan iborat bo‘ldi.

💠Tadbir davomida:
▫️ yer hisobini yuritishning amaldagi tartibi;
▫️ yer fondi toifalarini aniqlash mezonlari;
▫️ UZKAD axborot tizimi bilan samarali ishlash yo‘riqnomalari keng muhokama qilindi.

Bunday o‘quv seminarlar mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va sohadagi yangiliklarni tezkor joriy qilish imkonini beradi.

#Navkadastr #oquv_seminari

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega

💠 Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

💠 Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❗️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Asos: 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda
#huquq #bilasizmi

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OGOHLIKKA CHORLOV!

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda kadastr muhandisi mahalliy fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoniga egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga pul talab qilgani va tezkor tadbirda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

🌟Kadastr agentligi bunday holat yuz bermasligi uchun yurtdoshlarimizga bir necha marotaba ogohlantiruvchi murojaat bilan chiqqan.

Bugun yana bir bor barcha yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz.

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan «uddaburonlar» ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiramiz!

Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin «E’TIROF» dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

#Kadastr_agentligi #Murojaat

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🌎🌎🌎🌎

❗️Yer qonunchiligi ustidan qat’iy nazorat davom etmoqda

🫥 Karmana va Xatirchi tumanlarida joylashgan sug‘oriladigan ekin maydonlarida yer qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlanib, inspektorlar tomonidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi. Mazkur holatlarga huquqiy baho berish maqsadida hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi.

📹 Batafsil yuqoridagi video orqali bilib olishingiz mumkin

#Navkadastr #yer_nazorati

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

🟢so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi.

🟢ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi.

🟢ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda.

🟢vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

❗️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/28 20:38:26
Back to Top
HTML Embed Code: