Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

📆 2025-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmonida keltirib o‘tilgan.

Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.


Yangi tizimga ko‘ra:

◾️shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obektlari bo‘yicha tuziladi;

◾️xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi;

◾️qurilish ishlari kamida 30 foizga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi;

◾️2025-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llanadi;

◾️2026-yil 1-yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi;

◾️qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida «Shaffof qurilish» axborot tizimi joriy etiladi;

◾️ulushli shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi.

#Navkadastr #Eskrou_tizimi

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilimingizni sinab ko'ring ❗️

Kadastr hujjati yo'qolgan taqdirda uni tiklash uchun qayerga murojaat qilish zarur
Anonymous Quiz
11%
Kadastr idorasiga
12%
Hududiy arxiv bo'limlariga
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr sohasidagi fidokorona mehnat e’tirof etildi


🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Nurota tumani bo‘limi boshlig‘i Safarov Ramazon mehnat faoliyatini yakunlab, munosib nafaqaga kuzatildi.

💐 Uzoq yillar davomida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan, halollik va mas'uliyat bilan xizmat qilganligi, fidokorona mehnati viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan alohida e’tirof etilib, unga tashakkurnoma topshirildi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida ustoz kadrlarga hurmat, tajribali rahbarlarga ehtirom ko‘rsatish ezgu an’anaga aylangani ta’kidlandi.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Ramazon Safarovga sog‘lik, farovon hayot va oilaviy baxt tilab qoladi!

#Navkadastr

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tursuntoshev Habibullo Abdurashit o'g'li – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Nurota tumani bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

🫥 Tayinlovga qadar, 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Bino va inshootlar Davlat kadastrini yuritish bo'limi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi jamoasi H.Tursuntoshevni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Navkadastr #tayinlov

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🗣️ YANGI QONUN BO'YICHA ENG KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA – JAVOBLAR!

Muhim savollar❗️
SAVOL: 937-sonli Qonun bo‘yicha xatlov qilinar ekan. Shu bo‘yicha qayerga ariza beriladi?
SAVOL: Belgilangan me’yordan ortiqcha yerlar olib qo‘yiladimi?
SAVOL: 2026-yilning xatlov reja-grafigi qachon chiqadi?
SAVOL: Uyimni zudlik bilan sotmoqchiman. Ertaroq xatlov qilishni imkoni bormi?
SAVOL: Bizni mahallaga Kadastrdan xatlovga keldik deb pul olishdi. Lekin na o‘lchov qilishdi va na hujjatimizni qilib berishdi. Ular kimlar?
SAVOL: Bizni mahallamizga xatlovga kelishganda uyda emasdik. Endi nima qilsam bo‘ladi, mening uyim qolib ketmaydimi?
SAVOL: 10 sotix bo‘sh yerni o‘rab qo‘yganman. Qonun doirasida hujjat qilib olsam bo‘ladimi?
SAVOL: E’tirof saytida ko‘rdim menga 2 ta tashkilot rad javobi beribdi. Nima qilsam bo‘ladi?


🖥 Xabaringiz bor yurtimizda “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bu borada yurtdoshlarimizdan savollar ham kelib tushmoqda. Ularning eng asosiylariga Kadastr agentligi Axborot xizmati rahbari — Ne’mat Atamuratov javob berib o‘tdi.

➡️ Batafsil videoda

#Navkadastr #Qonun_937

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Karmana tumani "Qahramon" MFY hududida fuqarolar tomonidan tuman zaxira yerlaridan jami 300 kv.metr yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib shundan 240 kv.metriga qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Karmana tumani inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroga noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish to'g'risida ogohlantirish berildi.

Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqarolar o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

Eslatma: Ushbu holat "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli qonunga muvofiq emas!

#yer_nazorati #Karmana_tumani

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ва Озарбайжон Президентлари Хонкенди шаҳридаги тикувчилик фабрикасини бориб кўрдилар.

Президенты Узбекистана и Азербайджана ознакомились с деятельностью швейной фабрики в городе Ханкенди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#kadastr_atamalari

Rekonstruksiya qilish - binolardan foydalanish sharoitlarini o‘zgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) o‘zgartirish bilan bog‘liq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar hamda ko‘p kvartirali uydagi joyni qayta rejalashtirish majmui.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy kiyim – bu shunchaki libos emas, bu tarix, bu g‘urur!


🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari jamoasida har haftaning juma kuni "Milliy kiyimlar kuni" sifatida nishonlanmoqda.

👍 Shu kuni xodimlar ishga o‘zbek xalqiga xos rang-barang, nafis va zamonaviy milliy liboslarda tashrif buyurishmoqda. Bu tashabbus milliy qadriyatlarni qadrlash, o‘zlikni anglash va milliy merosni targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

#navkadastr #milliy_liboslar_kuni

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bu ma'lumotlarni sizlarga yetkazganim uchun ayrim "uddaburonlar" meni yomon ko'rib qolishi aniq.
Tirikchilik (firibgarchilik)ni beliga tepgan bo'laman)))

Asosiysi aholiga foydasi tegsin, odamlar aldanib qolmasin😎

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
2025/07/12 02:50:52
Back to Top
HTML Embed Code: