Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Karmana tumani "Varq" MFY hududida fuqarolar tomonidan tuman zaxira yerlaridan jami 400 kv.metr yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib shundan 60 kv.metriga qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Karmana tumani inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroga nisbatan MJTKning 60-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi hamda ushbu noqonuniy qurilmalarni bartaraf etmagan taqdirda sudning hal qiluv qaroriga asosan majburiy tartibda bartaraf etilishi to'g'risida ogohlantirish berildi.

Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqarolar o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

Eslatma: Ushbu holat "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli qonunga muvofiq emas!

#yer_nazorati #Karmana_tumani

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️ Diqqat, kadastr bo‘yicha savolingiz bormi?

Yer bilan bog‘liq masalalar, auksionga maydonlar qo‘yish, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda javobini kutayotgan savollar sizni qiynayaptimi?

🎙 U holda 25-iyun kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting.

⚖️ Onlayn audiomuloqotimizda "O'zbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni ijrosini ta'minlash jarayonlari, amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga doir qonunchilikka kiritilgan o'zgarishlar" to'g'risida ma'lumotlar beriladi.

✔️ Savollaringizga 🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari mutaxassislari javob beradilar.

#diqqat #Audio_muloqot

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

📃 Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi (yuklanishi) - bitimlar, qonun hujjatlari yoki vakolatli organ tomonidan o‘rnatiladigan, mazkur ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov ishlari jadallik bilan olib borilmoqda

🟢 Muntazam xabar berib kelayotganimizdek, 💫 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 937-sonli Qonuniga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalar kesimida xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📍 Navbahor tumanida ham kadastr muhandislari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda har bir xonadonda belgilangan tartibda o‘lchov ishlarini olib bormoqda.

✔️ Shu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan aholiga Qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

#Navkadastr #xatlov2025

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (28 minutes)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Onlayn audio muloqot – dolzarb mavzular muhokamada


🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni ijrosini ta’minlash jarayonlari, amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga doir qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar” mavzusida Telegram messenjeri orqali onlayn audio muloqot bo‘lib o‘tdi.

🕐 Muloqot davomida qonun ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar, xatlov natijalari, fuqarolarning mulk huquqlarini e’tirof etish bilan bog‘liq tartiblar, shuningdek, sohadagi yangiliklar muhokama qilindi hamda fuqarolar va tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga mutaxasislar tomonidan asosli javoblar berishdi.

#Navkadastr #onlayn_audio_muloqot

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi qaysi tashkilot tomonidan eʼtirof etiladi ?
Anonymous Quiz
8%
Adliya organlari
6%
Viloyat hokimligi
39%
Kadastr agentligi
47%
Xalq deputatlari viloyat kengashi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
😀😃😄😆😊

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#Navkadastr #bilishingiz_muhim

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/28 02:00:28
Back to Top
HTML Embed Code: