Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov natijalari samarasini bermoqda!


✔️ Viloyat bo'yicha tizimli ravishda olib borilgan xatlov ishlari natijasida jami 35 ta holatda fuqarolarning yer uchastkalari va ularga qurilgan bino va inshootlariga bo'lgan huquqlari e’tirof etildi.

Ushbu jarayon fuqarolarga o‘z mulklari va yer uchastkalari bo'yicha to'liq huquqiy aniqlik, foydalanish imkoniyatlarini oshirish hamda egalik huquqini rasmiylashtirish imkonini berdi. Natijada odamlar o‘zlarini tegishli mulk egasi sifatida his etib, undan erkin foydalanish, savdo, garov yoki meros sifatida qoldirish kabi imkoniyatlarga ega bo'lishmoqda.

📃 Xususan Konimex tumanida fuqarolarga yer uchastkalari va ularga qurilgan bino va inshootlariga bo'lgan huquqlari e’tirof etilganligi munosabati bilan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib davlat ro'yxatidan o'tkazildi hamda o'z egalariga topshirildi.

⚡️ Bularning barchasi adolatni ta'minlash, tizim shaffofligini oshirish va fuqarolarning mulkiy huquqlarini to'liq ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi.

#Navkadastr #xatlov2025

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartiriladimi ?
Anonymous Quiz
38%
ha, o'zgaradi
62%
yo'q, o'zgarmaydi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Namangan va Navoiy viloyatlarida | Oʻzbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ishlar natijalari tanishing:

📊 Namangan viloyati:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 41 029 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 29 733 ta
shundan:
▪️ Turar joy obyektlari – 29 517 ta
▪️ Noturar joy obyektlari – 216 ta
🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 16 636 ta
🔹 Muhokamada – 13 939 ta

📊 Navoiy viloyati:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 14 888 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 11 312 ta
shundan:
▪️ Turar joy obyektlari – 11 178 ta
▪️ Noturar joy obyektlari – 134 ta
🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 6 052 ta
🔹 Muhokamada – 5 181 ta

📌 Ushbu ko‘rsatkichlar fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

🕐 Hisobot 2025-yil 11-iyul holatida.

#Kadastr_agentligi #Etirof #937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Ayolga ehtirom” – e’tibor va qadriyatlar tadbiri


🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti rahbarlari va viloyatning tegishli tashkilotlari hamkorligida kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar uchun “Ayolga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🟢 Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularga yaratilayotgan sharoitlar, kasbiy faoliyatdagi yutuqlari va dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🟢 Tadbir mehmonlari ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

#Navkadastr #Ayolga_ehtirom

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Teatr kuni” – Ma’naviyat va san’atga e’tibor


🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan xodimlarning badiiy tafakkuri, ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitish maqsadida “Teatr kuni” joriy etildi.

🎭 Ushbu tashabbus doirasida soha xodimlari teatr tomoshalarida ishtirok etib, san’at va madaniyat olamiga sayohat qilishdi. Teatrga tashrif xodimlarda ijobiy kayfiyat, estetik zavq va ruhiy tetiklik ulashdi.

#Navkadastr #Teatr_kuni

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/07/11 23:11:59
Back to Top
HTML Embed Code: