Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy kiyim – bu shunchaki libos emas, bu tarix, bu g‘urur!


🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari jamoasida har haftaning juma kuni "Milliy kiyimlar kuni" sifatida nishonlanmoqda.

👍 Shu kuni xodimlar ishga o‘zbek xalqiga xos rang-barang, nafis va zamonaviy milliy liboslarda tashrif buyurishmoqda. Bu tashabbus milliy qadriyatlarni qadrlash, o‘zlikni anglash va milliy merosni targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

#navkadastr #milliy_liboslar_kuni

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bu ma'lumotlarni sizlarga yetkazganim uchun ayrim "uddaburonlar" meni yomon ko'rib qolishi aniq.
Tirikchilik (firibgarchilik)ni beliga tepgan bo'laman)))

Asosiysi aholiga foydasi tegsin, odamlar aldanib qolmasin😎

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 ⭐️Kadastr agentligining axborot tizimlarida texnik nosozlik aniqlanib, xususan Notarius axborot tizimi va majburiy ijro axborot tizimlari bilan integratsiya orasida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda mutaxassislarimiz tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#Kadastr_agentligi #e_lon #texnik_ishlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

937-sonli qonun ijrosi doirasida Navoiy viloyatida xatlov ishlari olib borilmoqda!

💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda keng qamrovli xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️ Xatlov natijalari asosida fuqarolarning yer va mulk huquqlari aniqlashtirilib, huquqiy asosda e’tirof etilishi uchun zarur ma’lumotlar ochiq shaklda e’lon qilinmoqda.

#Navkadastr #xatlov2025

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 📑📑📑📑

Sizning fikringiz — biz uchun muhim!

🌟 Kadastr agentligi aholining fikr-mulohaza va takliflarini tinglash, xizmatlar sifati bo‘yicha xolis baho olish maqsadida soha yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

🗣 Siz ham ushbu savol-javobda ishtirok etib, o‘z fikringizni bildiring! Bu orqali biz kadastr xizmatlarini yanada shaffof, qulay va tezkor qilishga intilamiz.

➡️ Quyidagi havola orqali ishtirok eting:
🔗 https://gov.uz/oz/kadastr/survey

Sizning har bir fikringiz — biz uchun muhim va qadrli!

#Kadastr_agentligi #sorovnoma

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT


⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video-post yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

◼️Xatlov haqidagi berilayotgan ma’lumotlar haqiqatdan ham qonun talablari bo‘yicha bo‘lib, ammo qayd etish kerakki, O‘RQ-937 Qonuning 14 va 15-moddalariga asosan xozirda xatlov ishlari faqat Davlat kadastrlari palatasi hududiy filiаllari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi va qonuning birinchi bosqichi bo‘lgan ushbu xatlov ishlari mutlaqo bepul bo‘lib, xech qayerga ariza bilan murojaat etilmaydi.

➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha – sobiq xodim M. E.ning mazkur muddat ichidagi xizmat faoliyati davrida suratga olingan bo‘lib, hozirda u lavozimda ishlamaydi (mehnat shartnomasi bekor qilingan) va videoda ko‘rsatilgan xizmat guvohnomasi (beydjik) o‘z huquqiy kuchini yo‘qotgan.

➡️ Mazkur video M. E. tomonidan ishdan bo‘shaganidan so‘ng ommaga e’lon qilingan. Unda ko‘rsatilgan telefon raqamlari M.E.ning shaxsiy raqamlari bo‘lib, Davlat kadastrlari palatasiga aloqador emasligini ma'lum qilamiz.

✔️ Sizda kadastr bo‘yicha har qanday savollar tug‘ilgan taqdirda 1097 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

To‘g‘ri va tasdiqlangan ma’lumotlar faqat rasmiy davlat tashkilotlari hamda ularning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi


🟠Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🟠Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🟠Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🟠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🌏 “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 11-modda.


#Navkadastr #huquqiy_ma_lumot

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kadastr - Qozog'istonda

🇰🇿 Qozog'iston kadastr tizimi yerni, shuningdek, boshqa ko'chmas mulkni ro'yxatga olish va baholash bo'yicha chora-tadbirlar majmuidir. U davlat yer kadastrini, tabiiy resurslar kadastrini va yagona davlat ko‘chmas mulk kadastrini yuritishni o‘z ichiga oladi.

➡️ Tizim yer resurslari va koʻchmas mulk obyektlarini samarali boshqarish, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shaffofligi va ochiqligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

🫥 Qozog‘istonning kadastr tizimi rivojlanib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar raqamlashtirilmoqda.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Shaxsiy turar joy mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish tartibi

🌟 Sizning nomingizda shaxsiy turar joy mavjud yoki yo‘qligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotnoma kerakmi? Endi bu xizmatni onlayn olish juda oson!

🔹Xizmat tavsifi:
🌟Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🛠 Xizmat qanday ishlaydi?
🌟Ariza beruvchi YIDXP’da (my.gov.uz) ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi.

Natijani olish usuli:
🌟An’anaviy (qog‘ozda) yoki
🌟Elektron shaklda (PDF + QR-kod bilan)

Xizmat ko‘rsatilish muddati:
🌟Ariza yuborilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida

💠 Talab qilinadigan hujjatlar:
🌟Hech qanday hujjat talab etilmaydi

👤 Xizmatdan foydalanuvchilar:
🌟Jismoniy shaxslar

📞 Bog‘lanish:
🌟Ishonch telefoni – 1097, +998 (71) 207-00-03

📃 Huquqiy asos:
🌟O‘zbekiston Respublikasi VMning 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori

#Navkadastr #huquqiy_ma_lumot

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😂😁〽️🔸

🇺🇿 937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatida 14 mingdan ortiq xonadonlar xatlovdan o’tkazildi

🔗 Batafsil: UzA maqolasida o’qing

#Navkadastr #OAV_biz_haqimizda

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📑📑📑📑

Sizga umuman tegishli bo'lmagan ko'chmas mulk nomingizda paydo bo'lib qolsa nima qilish kerakligini bilasizmi?

Xatolikni bartaraf etish uchun quyidagi harakatlardan birini amalga oshiring:

1️⃣Kadastr agentligining 1097 qisqa raqami orqali ariza qoldiring;

2️⃣ my.gov.uz orqali Ko'chmas mulkni tahrirlashga ariza bering
https://my.gov.uz/uz/service/796


3️⃣ O'zingiz yashaydigan tuman yoki shahardagi kadastr idorasiga ariza bilan murojaat qiling.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi texnologiyalar — samarali ish jarayoni!


💫 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan soha xodimlari uchun zamonaviy ish sharoitlarini yaratish maqsadida 28 ta yangi kompyuterlar xarid qilindi va foydalanishga topshirildi.

🔵Ushbu texnikalar soha xodimlariga qulay va tezkor ishlash imkonini yaratadi
🔵 Raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishda muhim vosita bo‘ladi
🔵 Axborot xavfsizligi va ish sifati yangi bosqichga ko‘tariladi

💫 Kadastr tizimida zamonaviy texnologiyalar asosidagi ish faoliyatini rivojlantirish – asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

#Navkadastr #moddiy_texnika

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr & Radio - yangi loyiha!


🚗 Endi yo‘lda keta turib ham radioda kadastr haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

📶 Davlat kadastrlari palatasi hamda Temp FM 88.4 to‘lqinlari orqali hamkorlikda yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqda.

⚡️ Tez kunda, Yangi dastur orqali siz kadastr bo‘yicha barcha savollaringizga radioto‘lqinlari orqali mutaxassislarimiz bergan javoblarni, hamda yo'nalishga oid asosiy ma'lumotlarni olishingiz mumkin bo‘ladi.

🤔 Bizni kuzatib boring, radioni tinglang!

#DavKadastrPalata #radio #kadastr #TempFM

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

✍️ Bilishingiz muhim

⁉️ "Fuqarolar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan bo‘sh yer uchastkasini tanlab, uni auksionga qo‘yishni so‘rashlari mumkinmi? Bunday holatda yer savdosini tashkil etish qanday tartibda amalga oshiriladi?

➡️ Murojaatga aniq javob videoda.👆

#Navkadastr #bilishingiz_muhim

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi 1 kishi hisobiga necha kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi ?
Anonymous Quiz
32%
10 kvadrat metrdan
42%
16 kvadrat metrdan
15%
18 kvadrat metrdan
11%
15 kvadrat metrdan
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV |Noqonuniy egallangan yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarilmoqda

⚖️ O‘rganishlar natijasida joriy yilning olti oyi davomida 922 ta holatda 47,2 gektar yer maydonlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy egallab olingani aniqlangan.

🌟 Batafsil UzA maqolasida o'qing

#Navkadastr #OAV_biz_haqimizda

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

📃 Ixtisoslashishini o‘zgartirish - bino va inshootlarni yoki alohida xonalarni, shu jumladan, qurilishi yakunlanmaganlarini ularning dastlabki loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya qilingan va rekonstruksiya qilinmagan o‘zgarishi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 04:20:10
Back to Top
HTML Embed Code: