Forwarded from Ziyodulla Abdullaev | Blog (NEGAbot)
Oddiy buyumning, ibratli tarixi
Bizda hozir asosan suvarak, chumoli va boshqa shu kabi hasharotlarni o'ldirish uchun ishlatiladigan oddiy dust, o'z vaqtida millionlab insonlarni hayotini saqlab qolganini va uni ixtiro qilgan insonga Nobel mukofoti berilganini bilarmidingiz?
Bir kuni qiziqib shu uyda turgan dust o'zi nima ekan, zarari yoqmikan deb internetdan izlab ko'rdim. Natijada, o'zim kutmagan holda bir dunyo "wow" ma'lumotlarga duch keldim.
Dust yoki ilmiy nomi DDH (Dichlorodiphenyltrichloroethane) birinchi marta 1874-yil avstriyalik talaba Othmar Zeidler tomonidan sintez qilingan. Ammo oradan naq 65 yil o'tgandan keyingina, bu modda aslida hasharotlarni o'ldirishda juda-juda samarali ekanligi shvetsiyalik olim Paul Müller tomonidan aniqlandi. Shunda ham bu kashfiyot katta ehtimol bilan tasodifiy bo'lgan.
II-jahon urushi yillarida va undan keyin ham DDH moddasi bilan odamga hasharotlar orqali tarqaladigan bezgak, tif, dizenteriya kabi o'ta xavfli kasalliklar oldi olingan. Ushbu modda ham arzon va ham juda samarali bo'lgani uchun (hatto hozirgacha eng samarali vositalardan biri sanaladi) Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti kambag'al davlatlarda malariyani yo'q qilish dasturida aynan shu moddani qo'llagan. Va 1965-yilda malariya makoni bo'lmish Hindistonda birorta ham odam ushbu kasallikdan vafot etmagan. Vaholanki 1948-yilda Hindistonda malariya kasalligi tufayli 3 milliondan ortiq odam vafot etgandi. Dunyo bo'ylab bu kabi misollar yana bir qancha topiladi. Xatto eslasagiz "Ufq" romanidagi Katta Farg'ona kanali qazish davrida ham ko'plab insonlar bezgakga chalinishadi va sovet hukumati chivinlarga qarshi dori sepadi. Katta ehtimol bilan, o'sha davrlarda O'zbekiston hududida ham kanallar qazishda, sholi maydonlarida chivinlardan qutulish uchun DDH moddasi katta miqdorlarda qo'llanilgan.
Paul Muller 1948-yilda millionlab insonlarni hayotini saqlab qolgan kashfiyoti uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hammasi yaxshi edi, ammo 1962-yilda amerikalik tadqiqotchi Rachel Carson "Sokin bahor" deb nomlangan kitobini chop etadi. U o'zi yashaydigan hududida DDH moddasi ishlatilishi ko'payganidan beri, qushlar kamayib qolganini payqab qoladi va DDH moddasi barcha yirikroq umurtqali jonzotlarga zarar yetqazayotganini isbotlab beradi. Jamoatchilik tezda bu muamoga e'tibor qaratadi va natijada 1972-yildan boshlab ushbu moddani qo'llash Amerikada va birin ketin boshqa davlatlarda taqiqlana boshlaydi. Hozirda bu moddani qo'llash butun dunyoda rasman taqiqlangan (ammo amalda men negadir O'zbekistonda uni bemalol sotib ololaman😅)
Muammo shundaki DDH moddasi parchalanishi juda qiyin, yog'da eruvchi modda bo'lgani uchun, u organizmlarning yog' qatlamlari va boshqa to'qimalarida yeg'ilib boraveradi. Organizmga tushganidan keyin chiqib ketishi juda qiyin. Suv havzalari yonida chivinlarga qarshi qo'llanilgan modda baliqlar, baqalar, va shu kabi mayda jonzodlar ichiga kiradi. Bu jonzodlarni o'vlab, ular bilan oziqlanadigan yirtqich hayvonlarda esa bu modda undan ham ko'p bo'ladi. Chunki ular ozuqa zanjirini eng tapasida turishadi, maydaroq organizmlarda yeg'ilgan barcha DDH moddasi oxiri borib ularni ichiga tushadi. Qushlarni kamayib ketishiga, bu modda ularning tuxumlarining po'stlog'ini yupqalashtirib yuborishi tufayliligi aniqlangan. Natijada qushlar, ayniqsa yirtqich qushlari, nasl qoldirishda qiynalishgan. Bu modda odamlarda ham to'planishi mumkinligi va odamlarning ham reproduktiv salomatligiga zarar yetqazishi mumkinligi aytiladi!
Xullas bir buyumning shunday chigal va qiziqarli tarixi.
@the_abdullaev