Telegram Web Link
Ko'pchilik XQS (Xalqaro kosmik stansiyasi) da gravitatsiya yo'qligi uchun kosmonavtlar vaznsizlikda uchib yurishadi deb o'ylashadi. Ammo bu biroz notoʻgʻri fikr.

Aslida XQSda gravitatsiya Yerdagidan atigi 10% ga kamroq. Kosmonavtlarning uchib yurishi sababi esa vaznsizlik holatida.
Vaznsizlik va nol gravitatsiyaning orasida farqi bor. Vaznsizlik holatiga faqat kosmosda emas Yerdagi istalgan joyda ham erishish mumkin. Buning uchun shunchaki tepadan pastga qarab erkin qulash kifoya. Misol uchun, pastki qavatlarga tushayotgan lift ichidagi g'alati yengillik hisini eslang. (Yoki samolyot qulayotgandagi yengillik😄). Mana shu vaznsizlik bo'ladi.

Endi tassavur qiling biror qutini olib uni osmonga qaratib, shunchalik kuchli otdingizki, endi u qaytib yerga tushishi uchun Yerning atrofida bir necha marta aylanib chiqishi kerak. Shuncha vaqt davomida quti ichida vaznsizlik hukumron bo'ladi chunki u baribir tepadan yerga qarab qulayapti va bir kun kelib yerga tushadi. XQS ham aslida huddi raketa tomonidan o'tilgan, ichida odamlar yashaydigan qutiga o'xshaydi. U ham aslida doimo Yerga qarab qulaydi, ammo katta tezligi sabab bu juda uzoq davom etadi. Shuning uchun XQSda gravitatsiya yo'q deyish umuman notoʻgʻri. Kosmonavtlarning muallaq uchib yurishi sababi faqatgina vaznsizlikda.

Videoda, kamera o'rnatilgan oddiy quti yuqoriga otilganda, uning ichida hosil bo'lgan vaznsizlikni ko'rishimiz mumkin.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aslida kosmonavtlarga o'xshab vaznsizlikda parvoz qilish uchun biroz katta pul va samolyot yetarli. Bunday samolyotlar Zero Gravity samolyotlari deb ataladi. Vaznsizlik holatiga erishish uchun siz o'tirgan samolyot ma'lum balandlikga erishgandan keyin motorlarini o'chirib, pastga sho'ng'iydi. 25 sekundlardan keyin motor yoqilib, bu manevr yana 15-20 martta qaytariladi.

Menimcha hozir ishsiz qolgan aviakompaniyalar shunday yoʻllar bilan pul ishlab turishsa yomon bo'lmas edi)))
@nega_unday
#obunachidan_savol

Atom elektr stansiyalari (AES) lar qanday ishlaydi?

Avvalo elektr energiyasi qayerdan paydo bo'lishini bilib olish kerak. Aslida, bu unchalik qiyin emas, shunchaki mis sim g'altakni olib, uni magnitlar orasida aylatirish kifoya. Bu jarayonni qulayroq amalga oshirish uchun turbina degan qurilma yasalgan. Faqat muammo, shu turbinani tinmay aylantiradigan kuchni topishda. Masalan, shamol elektrostansiyalarida turbinani shamol charxpalaklari aylantiradi, GESlarda esa kuchli suv oqimi bu ishni bajaradi. Eng koʻp ishlatiladigan, IES (issiqlik elektr stansiya)larda bo'lsa, ko'mir yoki gaz hisobiga suvni qizdirib, ana undan keyin, hosil boʻlgan bug'ni haligi trubina parraklarini aylantirishga yo'naltirishadi.

AESlar ham ishlash prinsipi bo'yicha koʻproq IESlarga o'xshaydi. Ammo, bu yerda suvni bug'lantirish uchun komir yoki gaz emas, Uran-235 atomi ishlatiladi. Bu noturgʻun atomni neytronlar bilan bombardimon qilganda katta miqdorda issiqlik energiyasi chiqadi. Bu issiqlikdan suv qaynab, bug' trubinani aylantiradi va elektr energiyasi simlar orqali odamlarga tarqatiladi.
Qaysidir maʼnoda AESni, sekinlashtirilgan va insonlar nazorati ostidagi atom bombasi deyish mumkin.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Sargasso dengizi Yer sharidagi yagona qirg'oqsiz dengiz sanaladi.

Ha, dengiz rostdan ham okean suvining qoq o'rtasida joylashgan va quruqlikda hech qanday qirg'oqlari yo'q. Qirgʻoqlar o'rniga uning to'rt tarafini Atlantika okeanining eng muhim 4 ta suv oqimlari yuvib turadi. Dengizchilar uni o'ziga hos moviy, tiniq suvlari va sargasso deb ataladigan suv o'tlari ko'pligidan tanib olishgan. Ha, dengiz aynan shu suv o'tlari sharafiga shunday nomlangan. Oqimlar dengizda o'ziga xos ulkan uyurma hosil qilgani uchun, hozir u yerda suv o'tlaridan tashqari, chiqindi plastik buyumlar ham to'planib bormoqda.

P. S
Mashhur Bermuda uchburchagining bir qismi aynan shu dengizda joylashgan.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Forwarded from Uch zamon
ЛОНГРАЙТЕР КИМ ВА У НЕГА УЗУН ЁЗАДИ?

Долзарб муаммолар ҳақида ёзадиган ва кўпчилик ўқийдиган инсонлар орасида "лонграйтерлар"и, яъни инглиз тилидан таржима қилганда "Узунматнёзарлар"и бор. Бунга мисол қилиб "Асанов формати" канали муаллифи Элдор Асановни, "Ҳужайра.уз" канали муаллифи Бахтиёр Шералиевни, "Микрофон Ашуровда" канали муаллифи Рустам Ашуровни ва каминани келтириш мумкин.

Лонграйтерларнинг матнлари қанчалик долзарб бўлмасин баъзан фақатгина матн узун бўлганлиги учунгина уни ўқимайдиган ва ҳатто "Шу гапни айтиш учун шунча ёзиш шартмиди" деб нолийдиганлар ҳам топилади. Буни лонграйтерларнинг ўзлари ҳам биладилар, аммо улар барибир узун матнларни ёзаверадилар ёки ёзишга мажбур бўлаверадилар.

Шундан келиб чиқиб савол : Лонграйтер ким ва нега у узун матнлар ёзади?

Мен барча лонграйтерлар учун жавоб бериш ниятим йўқ. Фақат ўзим учун жавоб бераман.

Париж сиёсий фанлар институтида ўқиганимизда бир вазифа бериларди. 150-200 варақли китобни ёки 500 варақли зерикарли ҳисоботни ўқиб, уни анализ-синтез қилиб, қисқача мазмунини 10 қаторда ёзишимиз керак эди. Машқнинг масъулияти шунда эдики, матнни ўқиган одам китобни ёки ҳисоботни тўлиқ ўқигандай бўлиши керак эди.

Аммо 10 қатрога сиғдирган матнни ўқийдиган одамнинг билим, тажриба ва салоҳияти 10 қаторга сиғдирилган матнни ўқигач, миясида таҳлил қилиб уни бошқатдан 150-200 варақ китобга ёки 500 варақли ҳисоботга айлантира олиши керак. Агар ўқувчи бу ишни қила олмаса, унга матнни қисқартириб бериш худди унга ҳеч нарса бермаслик билан баробардир.

Оддий халқ илмий китоб ва мақолаларни ўқимайди. Чунки улар шунчалар узун, шунчалар зерикарли ва "ҳаволалар" сабабли шунчалар ўқишга ноқулайдир. Оқибатда жамиятларда олимлар ва олим эмасларнинг ўртасида жарлик юзага келади.

Илм кишиларининг орасида қарашлари халқчилроқ ва характери ижодкорроқлари бўлади. Улар долзарб ва илмий жиҳатдан мураккаб бўлган мавзуларни 1000 марта соддалаштириб, таҳлил қилиб, илмий-публицистик мақолалар шаклида оддий халқнинг оғзига "чайнаб" солиб берадилар. Улар бу ишни одатда илҳом келганда қиладилар ва илҳом келмаса ёза олмайдилар. Чунки бу уларнинг илмий эмас, кўпроқ ижодкорлик қирралари махсули ҳисобланади.

Улар илмий-публицистик мақолани ёзганларида долзарб мавзуга оид бир неча китоблар ва илмий мақолалардаги илмларни анализ-синтез қилиб, максимум даражада қисқартириб, оддий халқнинг тилига "таржима қилиб" кейин чоп этадилар. Шу сабабдан, уларнинг матнлари 3-5 варақ бўлиб кетади. Ана шу инсонлар "лонграйтерлар" бўладилар.

Долзарб мавзулар шундайки, уларнинг аниқ ва жўн жавоблари бўлмайди. Улар юзасидан томлаб китоблар ёзилади, тадқиқотлар қилинади ва шунда ҳам тайинли жавоблар топилмайди. Шундай бўлгач, илмий-публицистик мақола муаллифи, яъни лонграйтер имкон қадар холис қолганча барча илмий позицияларни ва аргументларни келтиришга ҳаракат қилади. Чунки айтилмай қолган позиция ёки аргумент учун шундай позициядаги инсонлар мақолани нотўғри деб, муаллифни нохолис деб ўйлашлари мумкин. Маъқул деб топса, ўзининг шахсий позициясини ҳам билдириши мумкин. Қарабсизки, лонграйтер "оғзини очмасидан" туриб 1000 марта қисқартирилган ва ҳеч нарса қолиб кетмаслигига, қўшимча саволлар пайдо бўлиб қолмаслигига интилиб ёзилган мақола камида 3 варақ бўлиб қолади.

Лонграйтерлар олимлар ва халқнинг ўртасида кўприк вазифасини бажаришдай масълулиятли ишни касб қилган ижодкор илм кишилари ҳисобланадилар. Шу сабабдан, лонграйтерларни тўғри тушуниш, иложи бўлса уларга текинга сут бериб 😬😜... узр, уларнинг матнларини эринмасдан ўқиб бориш керак!

ПС. Уффф, матн яна узун бўлиб кетди! Ишқилиб охиригача ўқиган бўлсангизлар бўлди ! 😜

"Уч замон"га ҳали аъзо бўлмаганлар учун ҳавола👉https://www.tg-me.com/uchzamon
#megaqurilmalar
Yulduz dvigateli

Agar qirilib ketmasdan rivojlanishda davom etaversak, bir kun kelib, uzoq koinot safariga raketada borish o'rniga, u yerlarga o'z Quyoshimizni ko'chirib oborsak bo'ladi. Buning uchun Quyoshga dvigatel o'rnatish kerak bo`ladi. Buni yo'llari koʻp lekin, hozir aynan ikkitasi haqida toʻxtalib oʻtamiz:

1. Shkadov dvigateli. G'oya, Quyosh oldiga ulkan ko'zgu qo'yib, ko'zgudan qaytgan nurlar hisobiga oldinga harakatlanish. Ko'zgu bu yerda xuddi kemaning yelkaniga o'xshagan vazifani bajaradi (batafsilroq). Quyosh gravitatsiyasi tufayli Yer va boshqa sayyoralar ham uning ortidan ketaveradi. Bu yoʻl bilan Quyoshni 20 km/sekund gacha tezlashtirsa boʻladi.

2. Kaplan dvigateli. Bunisi rostdan ham haqiqiy reaktiv dvigatellarga o'xshab ketadi. Faqat Kaplan dvigatelida oddiy yoqilgʻi o'rniga, Quyoshdan "so'rib olinadigan" vodorod va geliy ishlatiladi. Dvigatelga qo'shimcha sifatida yana Dayson sferasi ham ishlatilishi kerak. Bunday ulkan mashina, Quyoshni 200 km/s gacha tezlashtirishi mumkin.

Yulduz dvigatellari, Quyoshga yaqinlashayotgan qora tuynukalar yoki yaqin atrofda portlagan yirik yulduzlar havfidan qochib qolish uchun kerak bo'lishi mumkin. Ammo, dvigatellar qanchalik tez boʻlgani bilan, ulkan koinotda sezilarli yo'lni bosib o'tish uchun millionlab yillar kerak bo'ladi. Shuning uchun bunday megaqurilmalarni o'z turi kelajagi haqida millionlab yillar oldindan qaygʻuradigan qudratli sivilizatsiyalargina qurishi mumkin.

Manbaa: Kurzgesagt

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
So'rovnoma:
Yuqoridagi video sizda qanday hislarni vujudga keltirmoqda?
(Bittadan oshiq variant belgilash mumkin)
Anonymous Poll
14%
Do'stonalik
18%
Samimiylik
36%
Neytral
54%
Yoqimsizlik
29%
Qo'rquv
12%
Nafrat
"Yovuz vodiy" effekti

Tashqi ko'rinishi insonlarga juda o'xshash, ammo jonsizligi baribir bilinib turadigan buyumlarga nisbatan yoqimsizlik va qo'rquv tuygʻusiga "yovuz vodiy" effekti deyiladi. Yuqoridagi so'rovnomada ham bu tasdiqlanganini ko'rishimiz mumkin.

Kuzatuvlar natijasida ma'lum bo'lganki, robotlar yoki multfilm qahramonlari ko'rinishi haqiqiy odamlarga qanchalik o'xshasa ular shunchalik bizga yoqib boradi. AMMO, ularning "odamsimonligi" ma'lum bir darajaga yetganidan keyin birdan ko'pchilik ularni xunuk va qo'rqinchli deb hisoblay boshlashadi. Buni grafikda aks ettirsak, odamsimon narsalarga boʻlgan munosabat chizigʻi birdan tushib ketishini ko'rishimiz mumkin. Ana shu chuqurlikga "yovuz vodiy" deb nom berilgan.

Hozircha buning sababi aniq o'rnatilmagan. Taxminlarga koʻra haqiqiy odamlarga juda o'xshaydigan, ammo jonsizligi bilinib turadigan narsalar bizning miyamiz tomonidan avtomatik tarzda g'alati, kasalmand odamlar yoki o'lik jasadlar sifatida qabul qilinadi. Bunday buyumlar yana kamiga qimirlab tursa, xuddi tirilib chiqgan o'likni ko'rgandek bo'lamiz. Ko'p uchraydigan, qo'girchoqlar va manikenlardan qo'rqish fobiyasi ham odatda "yovuz vodiy" effekti bilan tushuntiriladi.

Ana endi, nega multfilmlardagi hayvonlar odamlarga o'xshab chizilishini, undagi odamlar esa aksincha haqiqiy insonlardan a-ancha farq qilishini tushundingiz deb o'ylayman.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Ixtirochisining so'zlariga ko'ra "minimalistik inson" qiyofasiga ega Telenoid R1 roboti va "Yovuz vodiy" effekti sizga virtual quchoqlar jo'natib, shirin tushlar tilamoqda😁
Bilasizmi? Ko`k rangli ko'zlar ham aslida oddiy jigarrang moddalardan tashkil topgan.
Barcha ko`zlarning rangini, jigarrang rangli, melonin pigmenti hal qiladi.

Bu yerda hamma gap melonining miqdorida. Jigarrang ko'zli odamlarda uning miqdori eng ko'p bo'ladi. Melonin miqdori irsiyat bilan bogʻliq holda kamayib borgani sari ko'zlarning rangi ocharib boradi. Avval jigarrang, keyin sariq, keyin yashil va eng kam meloninli yoki umuman meloninsiz ko'zlar esa moviy. Bu Tindall effekti bilan tushuntiriladi. Bu effekt haqida keyinchalik to'liqroq gaplashamiz. Asosiysi, Tindall effekti bilan yana, osmonimizning nega aynan moviy rangda ekanligi tushuntiriladi. Shunday ekan, agar kimdir sizga ko'zlaringiz osmon rangidek ekan deb gap otsa, bu gapda ancha chuqurroq ma'no yotgan bo'lishi mumkin)))

P. S
Umuman olganda, bizning tabiatimizda haqiqatdan ham ko'k rangli hujayralarga ega organizmlar juda juda kam uchraydi. Ko'p hollarda ko'k rang shunchaki illyuziya.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Aytib oʻtilganidek, jonli tabiatda haqiqiy ko'k rang juda kamyob. Shunchalik kamyobki, umurtqalilar orasida faqatgina 2 ta jonzotning tanasida haqiqatdan ham ko'k pigmentlari bor. Bular: mandarin baliqlar va psixodelik mandarin baliqlardir. Aslida ular bir oilaga kirishadi va bir biriga juda oʻxshash.

Quruqlikda esa ko'k pigmentlarga ega hozircha birorta ham qush yoki hayvonlar topilmagan. Ular bizning ko'zimizga turli xil "xitrlik" yo'llar (ya'ni optik illyuziyalar) bilan ko'k bo'lib ko'rinishadi. Aslida esa ularning ko'k siyohi umuman yo'q.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kapalak qanotlarining elektron mikroskop ostida ko'rinishi.

Qanotning bunday murakkab tuzilmasi bekorga emas, albatta. Aslida bu tuzilmalarda ko'k pigmentlar yo'q. Ammo, tabiat uni qolganlarga ko'k bo'lib ko'rinishi uchun juda ayyor yo'l tutgan:

Qizil rangga o'xshash, to'lqin uzunligi katta ranglar, qanotning eng kichik, archasimon tuzilmalarida "o'ralashib", o'sha yerlarda qolib ketadi. Eng qisqa toʻlqinlarga ega, ko'k rang esa bu bepayon to'siqlar orasidan osonlikcha o'tib, qaytarilib ketadi. Koʻp bora aytganimizdek, narsalar o'zlaridan qaysi rangni qaytarsalar, ular bizni ko'zimizga o'sha rangda ko'rinadilar.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
Nega inglizcha so'zlar yozilgani kabi o'qilmaydi?

Buning ikkita asosiy sababi bor. Birinchisi, 15–18-asrlar orasida ingliz tilida unli tovushlarning buyuk siljishi (Great Vowel Shift) kuzatilganligi bo'lsa. Ikkinchisi, angliyaliklarning o'z prinsip va urf-odatlarga o'ta sodiqligi bo'lgan.

Ingliz tilida unlilarning buyuk siljishigacha, so'zlar huddi boshqa tillardagi kabi, qanday yozilsa deyarli shunday o'qilgan. Ammo, qandaydir sabablar tufayli 15–16-arslarda, birdaniga, uzun unli tovushlar boshqacha talaffuz qilina boshlagan. Baʼzi taxminlarga koʻra, angliyaliklar ingliz tilini, o'zlarining o'sha vaqtdagi azaliy dushmanlari bo`lmish, fransuzlarning tiliga juda o'xshab ketganidan havotirlanib, unli tovushlarni o'zgartirishga kirishishgan deb hisoblanadi.

Nima boʻlgan taqdirda ham, o'z prinsiplariga sodiqligi bilan tanilgan angliyaliklar, tovushlarni o'zgartirishga o'zgartirib, ularning yozilishini eski holida qoldirishga qaror qilishgan.
Va shu bilan mana necha arslardan beri ingliz tilini endi o'rganayotganlarni qiynoqqa solib kelishmoqda.

Aytish joizki, bunday tillar unchalik ham koʻp emas. Hatto, ingliz tilining sof tashuvchilari ham, ba'zi so'zlarni o'qishda qiynalishadi. Ruslarda esa ingliz tili haqida "Manchester deb yoziladi, Liverpul deb o'qiladi" degan hazil maqol ham bor.

Qiziqarli-ilm fan faqat👇
@nega_unday
#psevdofakt
Atom bobmasi portlagan joyda ham suvaraklar bemalol sayr qilib yuraverishi rostmi?

Suvaraklarning radiatsiyaga chidamliligi rostdan ham odamnikidan 6-15 marta yuqoriroq. Ammo, boshqa hashorotlar bilan solishtirganda uning bu koʻrsatkichi unchalik ham hayratlanarli emas. Masalan, oddiy meva pashshasi (po'choqlar atrofida uchib yuradigan kichkina pashshalar) uchun letal doza 64 000 rad; hashorot paraziti, Habrobracon arilari uchun esa 180 000 radga teng. Odamlarda bu koʻrsatkich atigi 1000 rad atrofida!

Albatta bu natijalar laboratoriya sharoitlarida olingan boʻlib, haqiqiy hayotda ular bir necha kunlab to'xtovsiz nurlanishlarga uchraganlari tufayli baribir halok bo'lishlari mumkin. Xirosimada, ko'rishgan tirik suvaraklar va pashshalar ham 1-2 oylardan keyin halok boʻlgan yoki nasl qoldirolmay qolgan bo'lishi ehtimoli katta.

Xulosa: Nafaqat suvaraklar, balki boshqa koʻplab sodda organizmlar kuchli nurlanishlarga ancha chidamli. Ammo, nurlangan hudud darhol tark etilmasa, hatto hashoratlarning ham yashab qolish imkoniyatlari juda kam.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suvni faqat 10 metr balandlikgacha tortib chiqarsa boʻladi.

Videoda shlangdagi suvni og'iz bilan tortib yuqoriga chiqarishmoqda. Ammo, suvni har qanday kuchli havo nasosi bilan ham 10.3 metrdan yuqoriga tortib chiqarib bo'lmaydi. Sababi 10 metrdan keyin suv tepasidagi havo butunlay tortib olinib, muhit vakuum holiga keladi (ya'ni suvni tortishga endi hech narsa yoʻq). Biz bilamizki, bosim kamaysa suvning qaynash harorati ham pasayadi. Buni qarangki, nol bosim yani vakuumda suv havo haroratida ham qaynab ketaverar ekan. Buni yuqoridagi videoda ham ko'rishimiz mumkin.

Endi, DIQQAT SAVOL:
Agar suvni 10 metrdan yuqoriga tortib chiqarib bo'lmasa, qanday qilib osmonoʻpar binolar va 10 metrdan baland daraxtlar uchiga suv ko'tarilib chiqadi?

Javoblarni izohlarga yoki kanal boti(@savolNEGAbot)ga yozishingiz mumkin!

@nega_unday
Eski telegram versiyadagilar bu yerdan izoh qoldirishlari mumkin👇
Qanday qilib osmonoʻpar binolar suv bilan taʼminlanadi?

Har bir binoning suv taʼminoti tizimidagi nasoslar odatda binoning pastki qavatlarida joylashgan bo'ladi. Ya'ni, nasoslar katta bosim hosil qilib, suvni pastdan yuqoriga ITARIB chiqaradi. Shu tariqa, suvni TORTIB chiqarishdagi 10 metrlik limitni yengib o'tsa boʻladi.

Ammo, 6 qavatdan balandroq binolarda, nasoslar eng yuqori qavatlardagi quvurlarning har bir tarmog'iga suv chiqarib berishga qiynaladi. Shu sababdan nasoslar suvni avval bitta yaxlit quvur orqali bino tomidagi maxsus rezervuarga olib chiqadi. Keyin esa rezervuardagi suv pastga oqizilib, tarmoqlanib, barcha jo'mraklarga yetib boradi. Shu tariqa, muhandislar boshida bizga zararga ishlagan gravitatsiyani, o'z foydalariga ishlatadilar.

Juda baland osmonoʻpar binolarda nasoslar suvni tomga olib chiqishga qiynalib, portlab ketmasligi uchun, rezervuarlar bir nechta oraliq qavatlarga bo'lib o'rnatiladi. Quyidagi videoda aynan shuni ko'rish mumkin.

Qiziqarli ilm-fan faqat👇
@nega_unday
2025/06/30 12:54:32
Back to Top
HTML Embed Code: