Telegram Web Link
🤩🤩
Bugungi manzilimiz “Cheonan shinsegae kyobomungo” kitob do’koni boʻldi. Kitoblar xilma-xilligi, dizayni va xaridorlarning ko’pligi koʻzni quvontirdi.

Ingliz tilidagi kitoblarning kamligi esa xafa qildi:)

@nigohlarda
Kitobga “Oddiy, tushunarli va loʻnda”, deya baho berishibdi. Mutlaqo qoʻshilaman.

Muallif (Ilon Maskning onasi) bir ayol sifatida hayoti davomida nimalarni boshdan kechirgani, qanday hislarni yashab oʻtganligi haqida hikoya qiladi. Har bir vaziyatdan chiqargan xulosalari haqida alohida toʻxtalib oʻtgan, oʻquvchini zeriktirmaydi.

Kelgusida asqotishi mumkin boʻlgan iqtiboslarini belgilab oʻqidim, keyingi postda ulashaman. #tavsiya

@nigohlarda
​​• Odamlar tashqi goʻzalligingizdan koʻra shaxsiyatingizni koʻproq qadrlagani yaxshi.

• Barcha narsani bilish shart emas, lekin hech boʻlmaganda, bitta mavzuni yaxshi tushunishingiz kerak.

• Oʻzingizga yoqadigan ishlarda mohir boʻlishga intiling.

• Hayotingizda qiyin davr boʻlsa ham, atrofdagilarga bu haqida diydiyo qilib yurmang.

• Hayotingizga taalluqli qarorlaringiz begonalarning fikrlariga asoslanmasligi kerak.

• Hayotni oson deb koʻrsatish notoʻgʻri, chunki hayot oson emas. U shafqatsiz va murosasiz boʻlishi mumkin. Sizda shunday boʻlsa, oʻzingizni iloji boricha tezroq qutqaring.

• Salomatlik, biznes va hayotni birpasda oʻzgartira olmaysiz. Sizga qattiq mehnat, nekbinlik, halollik, aql va reja kerak.

Bir oʻqishda oddiy tavsiyalardek, ammo anglagan oʻquvchi jumlalar ortida nimalar borligini his eta olishiga ishonaman.

@nigohlarda
Faqat oʻqidim, anduhimni kitoblarga sochdim. Kitob qahramonlarining dardlari uchun yig’ladim. Oʻz dardimni tushuntirishga kuchim yetmadi.

Vaholanki, yozish qoʻlidan keladigan kishilardek dardimni qogʻozga toʻkishni shunchalik xohladimki…
Lekin qoʻlimdan kelmadi. Faqat oʻqidim.

@nigohlarda
Hech bir imtihon seni xafa qilish uchun hayotingga kirib kelmaydi.
Ular senga Allohning eshiklarini taqillatishni oʻrgatadi. #anglash

@nigohlarda
📍Yangi manzil.
Seoul shahrida joylashgan Starfield kutubxonasi. 2017-yilda qurilgan, 50 ming kitobdan iborat. Kitobjavonlarining uzunligi esa 13 metr.

Tashrif buyurganlar orasida mutolaa qilayotganlar soni juda kam. Deyarli barcha ijtimoy tarmoq uchun rasm/videolar dardida…

@nigohlarda
Koʻngli koʻp narsalarni tusaydi. Lekin eng tusagani orom, tinchlik boʻlsa, sokinlik boʻlsa. Birov koʻnglini ogʻritmasa…

@nigohlarda
Kayfiyatini kitoblar, she’rlar, musiqa yoki bir finjon qahva bilan ko’tarib oladigan ayolni hech kim mag’lub qila olmaydi. Hattoki dunyo ham u bilan mag’lubiyatga uchraydi.

(Qayerdadir oʻqigandim)

@nigohlarda
Inson qancha til bilmasin, qancha dunyo kezmasin, baribir oʻz ona tiliga muhtojdir.

Robbisiga mana shu ona tili orqali yuzlanadi, qalbining eng tubidan chiqayotgan soʻzlari ham shubhasiz ona tilida bo’ladi. Yig’lasa ham ona tilida, quvonganda ham ona tilida quvonadi. Kimsa bilan baham koʻrilmaydigan hislarining tili ham aynan ona tili bilandir.

Oʻzbekistondaligimda koʻproq chet tillarida yozilgan kitoblar oʻqishga harakat qilardim. Hozir esa oʻzbekcha kitoblarning humori tutadi. Talabaligim yodimga tushadi, “Otamdan qolgan dalalar” yodimga tushadi, “Yulduzli tunlar”, “Tushda kechgan umrlar” yodimga tushadi. Sog’inaman, qoʻmsayman, qayta-qayta varaqlab yana shu asarlarga toʻygim keladi. Inson baribir oʻzligidan kecha olmaydi…

Kamina mana shu post orqali oʻzbek tilidagi kitoblarini qizg’onmay, men bilan baham ko’rayotgan kitobsevar opa-singillarimga rahmat aytib qolaman.

Sezganingizdek, kuchli vatan sog’inchi ila yozilgan post.

@nigohlarda
2025/07/14 06:47:09
Back to Top
HTML Embed Code: