Telegram Web Link
"Yashash, tabiatning eng kichik harakatlarini ham sezib yashash, hayotning buzilmas qonuniyat bilan birga oqishini kuzatib yashash, hammadan yaxshi, kuchli yashayotganingni, bir lahzaga bir umrni sigʻdira olishingni bilib yashash...

Ayniqsa bularning barchasini baham ko'ra oladigan insoning borligini o'ylab, uni kutib yashash..."

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Odam faqat kitoblar bilangina yashab olmaydi.
- Men yashardim!

Takroran ko’rsam ham zerikmaydigan, bezimaydigan filmlarim juda kam. Shulardan biri “Kichik xonimlar”. Har gal koʻrganimda yangicha hislar tuydiradi. Video arxivimdan topildi va ana shu davrlarni qoʻmsatib yubordi. Kelajakda esa ayni yashab turgan lahzalarimni ham qoʻmsab qolishim mumkin.

@nigohlarda
Masalan, qancha ulg’ayganing sari shuncha yuraging salomatligi haqida qaygʻura boshlaysan. Kardio mashqlari kunlik odatlaringga aylanadi.

Koʻproq kitoblar oʻqish uchun, uzoqroq yashab qolging keladi.

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davom et!
Videoda eng sevgan kadrlarimni jamladim.

@nigohlarda
“Pride and Prejudice”.
Yoʻl-yoʻlakay oʻqilayotgan asar.

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyoshning chiqish lahzalariga ulgurmoq ilinjida tungi shirin uyqungdan voz kechganingni, 300 km masofa bosib oʻtganingni tabiatga hech ham ahamiyati yo’q. Istasa quyoshli, istasa bulutli. Nasib masalasi shunday, anglay olsak tabiatning har holati go’zal.

Dengizdan salom!

@nigohlarda
need a new book!

@nigohlarda
Yangi manzil. Kitob doʻkonlariga sayohat qilish kamina uchun allaqachon terapiyaga aylanib ulgurgan. Yangi kitoblar harid qilmasang ham ko’zlaring quvnaydi, qalbing yayraydi. Umidlanasan.

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yashamoq” Yuy Xua

Asar tasavvurimda shunday kadrlar bilan gavdalangan edi.

@nigohlarda
“Istalgan yo’nalishda ayollar qarama- qarshi jins vakilidan o’rnak olishlari mumkin-u, ammo erkaklar bunday qila olishmas ekan. Qarang-a!

Ayollar erkaklar haqidagi kitoblarni sotib olisharkan-u, erkaklar ayollar haqida yozilgan yoki ayollar yozgan asarni o’qishni istashmas( yoki juda kamdan-kam hollarda istashadi) ekan.”

Kitobdan iqtibos.
Feministik ruhda ilk marta kitob oʻqishim, koʻramiz oxirigacha yetib bora olarmikinman.

@nigohlarda
2025/07/13 15:17:29
Back to Top
HTML Embed Code: