Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
◾️ Usı jıldıń 9-iyun kúninen baslap Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutında 2024-2025-oqıw jılı juwmaqları boyınsha bakalavriat tálim baǵdarları pitkeriwshi studentleriniń pitkeriw qánigelik jumısların qorǵaw ilajları bolıp ótpekte.
Mektepke shekemgi tálim fakultetin bıyılǵı oqıw jılında ulıwma 206 student pitkerip shıǵıwı kútilip atırǵan bolıp, olardan 169 student mámleketlik attestaciyalıq imtixanlardı tapsırdı.
↪️ – Mektepke shekemgi tálim baǵdarı boyınsha 37 student pitkeriw qánigelik jumısın qorǵawǵa jiberildi. Bıyılǵı jılı institutımız rektoratı menen birgelikte pitkeriw qánigelik jumıslarınıń sapasın arttırıw maqsetinde tiyisli jumıslardı ámelge asırdıq. Qorǵaw ilajları 13-iyunǵa shekem belgilengen keste tiykarında joqarı shólkemleskenlik penen dawam etedi, – deydi fakultet dekanı Muhabbat Allambergenova.
*********
◾️ Joriy yilning 9-iyun kunidan boshlab Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2024-2025-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Maktabgacha ta’lim fakultetini joriy o‘quv yilida jami 206 nafar talaba bitirib chiqishi kutilayotgan bo‘lib, ulardan 169 nafar talaba davlat attestatsiya imtihonlarini topshirdi.
↪️ – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 37 nafar talaba bitiruv malakaviy ishini himoya qilishga yuborildi. Joriy yilda institutimiz rektorati bilan hamkorlikda bitiruv malakaviy ishlari sifatini oshirish maqsadida tegishli ishlarni amalga oshirdik. Himoya tadbirlari 13-iyungacha belgilangan jadval asosida yuqori tashkilotchilik bilan davom etadi, – deydi fakultet dekani Muhabbat Allambergenova.
https://youtu.be/BVoFn_UT-zE
Bizdi baqlap barıń
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1👏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Paytaxtımız Nókis qalasında 12-iyun kúni saat 19:00 de «Ǵárezsizlik» maydanında «Jaslar aylıǵı»na start beriledi.✅ 30-iyun – Jaslar kúni múnásibeti menen ótkerilip atırǵan shou keshemizge bársheni mirát etemiz!
🎉Gala-koncertte ózbek hám qaraqalpaq estradasınıń jarqın wákilleri ózleriniń xit qosıqları menen siziń kewil keypiyatıńızdı joqarı dárejege kóteredi.
🤩Kreativ atmosfera sizdi kútpekte.
*********
⚡️ Poytaxtimiz Nukus shahrida 12-iyun kuni soat 19:00 da “Mustaqillik” maydonida “Yoshlar oyligi”ga start beriladi.✅ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan shou kechamizga barchani taklif etamiz!
🎉Gala-konsertda o‘zbek va qoraqalpoq estradasining yorqin vakillari o‘zlarining xit qo‘shiqlari bilan sizning kayfiyatingizni yuqori darajaga ko‘taradi.
🤩Kreativ muhit sizni kutmoqda.
Bizdi baqlap barıń
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1🥰1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Welcome_to_NSPI
◾️ Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı: Nurlı keleshekke qaray biz benen…
*********
◾️ Nukus davlat pedagogika instituti: Nurli kelajak sari biz bilan...
📹 Videorolik Ilhambek Tolıbaev tárepinen tayarlandı.
©️ NMPI baspasóz xızmeti.
▪️ YouTube arqalı tamasha etiń 👇
https://youtu.be/OtGDf6UJYd4
📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
🏛Óziniń 90 jıldan aslam dańqlı tariyxı, bilimlendiriw tarawında óz qádiriyatları hám principlerine iye bolǵan joqarı oqıw ornı – Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı keleshek iyeleri bolǵan jaslarımızdı oqıwǵa shaqıradı.✅ Qaraqalpaqstandaǵı tuńǵısh ilim-bilim dárgayı – bul siziń rawajlanıwıńız, tájiriybeli ustazlardan dúnyalıq bilimlerdi ózlestiriwińiz, óz qábiletlerińizdi júzege shıǵarıwıńız hám jańa doslar arttırıwıńız ushın ájayıp ortalıq.🟪 Keliń, biz benen birge óz maqsetlerińizge erisiń!
*********
🏛O‘zining 90 yildan ortiq shonli tarixi, ta’lim sohasida o‘z qadriyatlari va tamoyillariga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kelajak egalari bo‘lgan yoshlarimizni o‘qishga chorlaydi.✅ Qoraqalpog‘istondagi birinchi ilm-fan maskani – bu sizning rivojlanishingiz, tajribali ustozlardan dunyoviy bilimlarni o‘zlashtirishingiz, o‘z iste’dodlaringizni yuzaga chiqarishingiz va yangi do‘stlar orttirishingiz uchun ajoyib muhitdir.🟪 Keling, biz bilan birga o‘z maqsadlaringizga erishing!
https://youtu.be/OtGDf6UJYd4
Bizdi baqlap barıń
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2🥰1🎉1🤩1
Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi ministriniń orınbasarı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutına keldi
Miymanlardı institut rektorı Quvondiq Qodirov, prorektorlar, tiyisli bólim baslıqları kútip aldı.
Ministr orınbasarı institutta jaslardıń bilim alıwı, qábiletlerin júzege shıǵarıwı, ilimiy-izertlew jumısları menen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlarǵa joqarı baha berdi.
©️ NMPI baspasóz xızmeti.
*********
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi
Mehmonlarni institut rektori Quvondiq Qodirov, prorektorlar, tegishli bo‘lim boshliqlari kutib oldi.
Vazir o‘rinbosari institutda yoshlarning ta’lim olishi, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi.
©️ NukusDPI matbuot xizmati.
📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
◾️ Búgin, 12-iyun kúni Ózbekstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi ministriniń orınbasarı – Nizamiy atındaǵı Ózbekstan milliy pedagogikalıq universitetiniń rektorı Ezozxon Karimova Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutına keldi.
Miymanlardı institut rektorı Quvondiq Qodirov, prorektorlar, tiyisli bólim baslıqları kútip aldı.
↪️ Ministr orınbasarı dáslep institutta qaraqalpaq ádebiyatınıń kórnekli wákili Ájiniyaz Qosıbay ulınıń 200 jıllıǵı múnásibeti menen Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń tiyisli qararı tiykarında shólkemlestirilgen Ájiniyaz muzeyinde boldı. Bul jerdegi eksponatlar menen tanısıp, muzeydiń estelikler kitabına óz tileklerin jazıp qaldırdı.
Bunnan soń Ezozxon Karimova ótken jılı instituttıń 90 jıllıǵı qarsańında paydalanıwǵa tapsırılǵan eki mıń orınǵa mólsherlengen jańa oqıw imaratındaǵı málimleme-resurs orayı, IT-inkubaciya orayı, laboratoriyalardaǵı sharayatlardı kózden ótkerdi. Tiyisli oqıw ádebiyatları menen támiyinlew boyınsha ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı, sonday-aq, pitkeriwshi kurs studentleriniń pitkeriw qánigelik jumısların qorǵaw ilajlarına qatnasıp, olarǵa aldaǵı ilimiy-pedagogikalıq jumıslarında tabıslar tiledi.
Ministr orınbasarı institutta jaslardıń bilim alıwı, qábiletlerin júzege shıǵarıwı, ilimiy-izertlew jumısları menen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlarǵa joqarı baha berdi.
*********
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi
◾️ Bugun, 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori E’zozxon Karimova Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni institut rektori Quvondiq Qodirov, prorektorlar, tegishli bo‘lim boshliqlari kutib oldi.
↪️ Vazir o‘rinbosari dastlab institutda qoraqalpoq adabiyotining atoqli vakili Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining 200 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyida bo‘ldi. Bu yerdagi eksponatlar bilan tanishib, muzeyning esdaliklar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.
Shundan so‘ng E’zozxon Karimova o‘tgan yili institutning 90 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan ikki ming o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosidagi axborot-resurs markazi, IT-inkubatsiya markazi, laboratoriyalardagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Tegishli o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, shuningdek, bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish tadbirlarida ishtirok etib, ularga kelgusi ilmiy-pedagogik ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Vazir o‘rinbosari institutda yoshlarning ta’lim olishi, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi.
Bizdi baqlap barıń
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1🥰1👏1
Ministr orınbasarı menen ushırasıwda jetik pedagog kadrlar tayarlaw máseleleri dodalandı
Institutta jaslardıń bilim alıwı hám qábiletlerin júzege shıǵarıwı ushın jaratılǵan sharayatlardı kózden ótkergennen soń ministr orınbasarı instituttıń tiyisli juwapker basshıları menen ushırasıw ótkerdi.
Ushırasıw dawamında institutta ilimiy-pedagogikalıq baǵdarda ámelge asırılıp atırǵan jumıslar haqqında maǵlıwmatlar berildi.
Ministr orınbasarı Ezozxon Karimova pedagog kadrlar tayarlaw sistemasın sapalıq jaqtan jańa basqıshqa kóteriw hám tarawǵa investiciyalar jáne grantlardı keńnen tartıw boyınsha juwapkerlerge tiyisli tapsırmalar berdi.
©️ NMPI baspasóz xızmeti.
*********
Vazir o‘rinbosari bilan uchrashuvda yetuk pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi
Institutda yoshlarning bilim olishi va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgach, vazir o‘rinbosari institutning tegishli mutasaddi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida institutda ilmiy-pedagogik yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Vazir o‘rinbosari E’zozxon Karimova pedagog kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda sohaga investitsiyalar va grantlarni keng jalb etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
©️ NukusDPI matbuot xizmati.
📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
◾️ Aldın xabar bergenimizdey, búgin, 12-iyun kúni Ózbekstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi ministriniń orınbasarı – Nizamiy atındaǵı Ózbekstan milliy pedagogikalıq universitetiniń rektorı Ezozxon Karimova Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutına keldi.
Institutta jaslardıń bilim alıwı hám qábiletlerin júzege shıǵarıwı ushın jaratılǵan sharayatlardı kózden ótkergennen soń ministr orınbasarı instituttıń tiyisli juwapker basshıları menen ushırasıw ótkerdi.
↪️ Ushırasıwda Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń «Pedagog kadrlar tayarlaw sistemasın bunnan bılay da jetilistiriw ilajları haqqında»ǵı Pármanı hám onnan kelip shıǵıp tarawda ámelge asırılatuǵın jumıslar keń túrde dodalandı.
Atap aytqanda, tarawda izbe-izlik hám úzliksizlikti támiyinlew, ilim, bilimlendiriw hám ámeliyattıń birligin kúsheytiw, sonday-aq, xalıqaralıq tájiriybe tiykarında oqıw baǵdarlamaların modernizaciyalawdıń áhmiyeti tuwralı pikir almasıldı.
Ushırasıw dawamında institutta ilimiy-pedagogikalıq baǵdarda ámelge asırılıp atırǵan jumıslar haqqında maǵlıwmatlar berildi.
Ministr orınbasarı Ezozxon Karimova pedagog kadrlar tayarlaw sistemasın sapalıq jaqtan jańa basqıshqa kóteriw hám tarawǵa investiciyalar jáne grantlardı keńnen tartıw boyınsha juwapkerlerge tiyisli tapsırmalar berdi.
*********
Vazir o‘rinbosari bilan uchrashuvda yetuk pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi
◾️ Avval xabar berganimizdek, bugun, 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori E’zozxon Karimova Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Institutda yoshlarning bilim olishi va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgach, vazir o‘rinbosari institutning tegishli mutasaddi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
↪️ Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va undan kelib chiqib sohada amalga oshiriladigan ishlar keng muhokama qilindi.
Xususan, sohada uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, ilm-fan, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish, shuningdek, xalqaro tajriba asosida o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

👍1🥰1🤩1🕊1