Telegram Web Link
⚡️Yoshlarni kasbga va chet tillariga o‘qitish tizimi takomillashtiriladi

“Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori (213-son, 17.04.2024-y.) qabul qilindi.

🔰Unga ko‘ra, Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi (Markaz) tashkil etiladi.

✔️ Professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni kasb (mutaxassislik) va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi Xorijda ishlash istagi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

📄 O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi hujjat beriladi.

O‘quv kurslarida kadrlarni tayyorlash bir yilgacha bo‘lgan ta’lim dasturlariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga o‘qitiladi.

Professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda xorijiy davlatga ishga jalb qilinadigan fuqarolar uchun chet tili bo‘yicha kamida B2 darajadagi, "Ausbildung" (dual ta’lim shakli) asosida xorijga ketadigan fuqarolar uchun nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olish talab etiladi.

O‘quv kurslariga jalb qilingan pedagog kadrlarga faoliyat samaradorligidan kelib chiqib, har oy oylik maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama to‘lanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bir nechta nodavlat universitetlar ochilishi kutilmoqda

Manbalarimizga ko'ra, 2024/2025 o'quv yilida faoliyat olib borayotgan nodavlat oliygohlar safiga yana bir nechta oliy ta'lim muassasalari qo'shilishi kutilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim krediti bilan bog'liq masalalar bo'yicha banklarning ishonch telefon raqami

● Xalq banki – 1106;
● O‘zmilliybank - 1344;
● TBC Bank – 1150;
● Asakabank – 1152;
● O‘zSQB – 1180;
● Infinbank – 1214;
● Agrobank – 1216;
● Turonbank – 1220;
● Ipoteka-bank – 1233;
● Tenge Bank – 1245;
● Qishloqqurilishbank – 1254;
● Hamkorbank — 1256;
● Davrbank – 1284;
● MKbank – 1285;
● Trastbank – 1287;
● Anorbank – 1290;
● Ziraat Bank – 1293;
● Ipak yo‘li banki – 1296;
● O‘zmilliybank – 1344.

Litsenziyaga ega nodavlat (xususiy) oliygoh talabalari uchun yilning istalgan davrida bank resurslari mavjud bo'lganda ta‘lim krediti ajratiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Abituriyent ²⁴
"Davolash ishi" yo'nalishi qaysi OTMlarda bor va oʻtish ballari qanday?

Ushbu yoʻnalish kunduzgi ta'lim shakli, o'zbek tili boʻyicha 15 ta oliygoh mavjud.

1. Andijon davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 169.10 ball | Kontrakt - 153.10 ball

2. Buxoro davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 167.30 ball | Kontrakt - 146.60 ball

3. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
📊 Grant - 167.50 ball | Kontrakt - 147.50 ball

4. Guliston davlat universiteti
📊 Grant - 153.80 ball | Kontrakt - 140.30 ball

5. Jizzax davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 161.20 ball | Kontrakt - 146.40 ball

6. Namangan davlat universiteti
📊 Grant - 164.90 ball | Kontrakt - 145.70 ball

7. Navoiy davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 154.00 ball | Kontrakt - 142.40 ball

8. Qarshi davlat universiteti
📊 Grant - 163.70 | Kontrakt - 141.90 ball

9. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
📊 Grant - 151.10 ball | Kontrakt - 138.80 ball

10. Toshkent davlat stomatologiya instituti
📊 Grant - 172.10 ball | Kontrakt - 154.10 ball

11. Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti
📊 Grant - 175.40 ball | Kontrakt - 159.10 ball

12. Toshken tibbiyot akademiyasi
📊 Grant - 180.50 ball | Kontrakt - 161.30 ball

13. Toshken tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
📊 Grant - 157.10 ball | Kontrakt - 143.50 ball

14. Toshken tibbiyot akademiyasi Urgancha filiali
📊
Grant - 162.10 ball | Kontrakt - 139.10 ball

15. Samarqand davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 169.50 ball | Kontrakt - 156.70 ball

Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

Maktabgacha ta'lim: www.tg-me.com/nodavlattalim/1222
Boshlangich taʼlim: https://www.tg-me.com/abitur24/21
Yurisprudensiya: https://www.tg-me.com/abitur24/22

Safimizga qo'shiling👇
https://www.tg-me.com/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://www.tg-me.com/+Xa6LRjERxwo4Njdi
​​#Xushxabar

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan:

Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)“ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga:

“Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

❗️Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Imtiyozli taʼlim krediti ajratayotgan banklar ro'yxati

Bugungi kunda faqatgina Orient Finance bank va Biznesni rivojlantirish banki tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda.

BRB (1254)
Orient Finans bank (4004)

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2024-yil yanvar-mart oylarida ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 3 mln 434,9 ming so‘mni tashkil qildi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 4,9 mln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19,8% ga oʻsgan. Eng koʻp maosh oluvchi soha “bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati boʻlib qolmoqda – ushbu yoʻnalishda oʻrta oylik ish haqi 13,2 mln soʻmni tashkil qilgan.

Taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanligini ko‘rishimiz mumkin. (3,4-3,2 mln soʻm).

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy OTMning sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun berilgan diplomi tan olinmaydi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda "xususiy OTMning sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun berilgan diplomi tan olinmaydi" mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Aslida masala noto'g'ri talqin qilingan bo'lib, mavzu yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

🔰 Ma'lumki, 2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi, jumladan;

boshlang‘ich ta’lim;
tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
musiqa ta’limi;
jismoniy madaniyat;
texnologik ta’lim yo'nalishlarga 5 yillik pedstajsiz o'qishga qabul qilish mumkin emas.

Yuqorida sanab o'tilgan beshta bakalavriat ta'lim yo'nalishlaridan boshqa barcha yo'nalishlarga istalgan abituriyent o'qishga topshirishi mumkin va bu bo'yicha huquqiy cheklov mavjud emas.

Ta'kidlash joizki, Respublikamizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan 80 dan ortiq nodavlat OTMlarning sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun berilgan diplomlari “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasiga muvofiq, Respublikada hududida davlat OTMlari diplomi bilan teng darajada qabul qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy Universitetlar diqqatiga ❗️❗️❗️

📜 "Ustoz" loyihasi Nodavlat oliy taʼlim muassasalarini hamkorlikga chaqiradi.

😀"Ustoz" loyihasi 2023 yildan buyon o'quvchilarni bandligini ta'minlash, oliy ta'limga yo'naltirish hamda xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o'qitish kabi qator yo‘nalishlarni jadallik bilan oldinga surib kelmoqda.

Hamkorlikdan maqsad: Bitiruvchi hamda bandligi taminlanmay qolgan yoshlarni oliy ta'lim yo'naltirish va bandligini ta'minlashga qaratilgan.

"Ustoz" loyihasi faoliyatini ko'plab vazirlik va tashkilotlar shu vaqtga qadar qo'llab quvvatlamoqda.

🆕Hamkorlik: "Ustoz" loyihasi O’zbekiston bo'ylab 216 ta hududida  Nodavlat oliy taʼlim muassasalariga imtihon va suhbat tashkil etilmoqda shu jumladan hamkorlik qilishni istagan Xususiy Oliygohlarni aloqaga chiqishini so'ryadi.

☎️Aloqa uchun :+998995227776
⌨️:@kodirovshsh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qo'shma ta'lim dasturidan nodavlat oliygohga o'qishni ko'chirish mumkin

Qo'shma ta'lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar o'qishini nodavlat oliygohlariga ko'chirishi mumkin. Bu bo'yicha cheklov yo'q, quyidagi qarorda ham faqatgina davlat oliygohiga ko'chirish mumkin emasligi keltirilgan.

📌 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.07.2021 yildagi 421-sonli qarorining 4-bob, 28-bandida qo'shma ta'lim dasturida tahsil olayotgan talabalar "...boshqa O'zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim tashkilotiga ko'chirishiga ruxsat etilmaydi" deyilgan.

⚠️ Shunday ekan, nodavlat oliygoh rasmiylari bemalol qo'shma ta'lim dasturi talabalarini o'qishga qabul qilishingiz (o'qishini ko'chirishingiz) mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️5 yil staji bor oʻrta maxsus darajadagi xotin-qizlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan.

Shunga koʻra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi boʻyicha besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yana bir xususiy oliygoh yopilgan bo'lishi mumkin!

Xabaringiz bor, "Toshkent texnologiyalar universiteti TTU" MCHJ litsenziyasini bekor qilish bo'yicha sud jarayonlari bo'lib o'tayotgan edi. TTU talabasining bizga yozishicha ularga "O'z o'qishlaringizni boshqa OTMlarga ko'chirishinglar mumkin, biz yopildik" deya ma'lumot berilgan.

Sud qarori bilan tanishganimizdan so'ng tafsilotlarga to'xtalib o'tamiz.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin.

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C6le0x8Mt7q/?igsh=MWd6cDZzZzE0djRqdw==

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat

Yana o'sha AKFA mojarosi

Central Asian University (sobiq Akfa) yurisprudensiya yo'nalishiga litsenziya olmay turib abituriyentlarni qabul qilgan. Bechora ota-onalar bo'lsa farzandlarini ikkinchi kurs deb o'ylashmoqda. Bunga universitet vakillar yetarlicha ishontira olishgan ko'rinadi.

Aslida masala qanday? – Litsenziyada mavjud bo'lmagan yo'nalishda tahsil berish qonunchilikni qo'pol buzilishi hisoblanadi va aynan shunday holatlar litsenziyani bekor qilinishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasining Taʼlim to‘g‘risidagi Qonunning 29-moddasiga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya olingan kundan eʼtiboran taʼlim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.

Hozirda o'zini ikkinchi kurs deb o'ylayotgan fuqarolar aslida abituriyent hisoblanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TTU talabalari endi nima qiladi?

Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi uzil-kesil bekor qilingani, bu haqda OTM ma’muriyatining o‘zi talabalariga ma’lum qilgani haqida xabarlar ortidan Xushnudbek quyidagilarni yozmoqda.

1. Ayni hozir, ya’ni may oyida davlat OTMlariga ko‘chirish imkoni yo‘q. Nodavlat OTMdan davlatga faqat avgust oyida bo‘ladigan testlar orqaligina ko‘chirish mumkin. TTU talabalari uchun biror istisno qilinmaydi;

2. Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali, katta ehtimol bilan, joriy yilda ham o‘zgarmasa kerak. O‘tgan yilgidek qolishi kutilmoqda. TTU talabalari uchun istisno tarzda ballni kamaytirish rejalashtirilmayapti, bundan umid qilmasa ham bo‘ladi;

3. Hozirgi vaziyatda TTU talabalari o‘qishini boshqa nodavlat OTMlardan biriga ko‘chirish mumkin, bunda eng avvalo talabaning roziligi, bundan tashqari narigi nodavlat OTM roziligi kerak bo‘ladi;

4. Yurisprudensiya yo‘nalishidagilar o‘qishini xuddi shunday yo‘nalishi bor yagona nodavlat OTM — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga ko‘chirishlari mumkin, bunda yuqoridagi 3-bandda aytilgan shartlar bajarilishi kerak;

5. Agar yurisprudensiya yo‘nalishidagi talabalar uchun joy yetarli emasligi uchun Akademiya tomonidan talabalarni qabul qilish rad etilsa, unda vaziyatdan kelib chiqib, qaror qabul qilinadi. Hozir bu qanday qaror bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi;

6. Har qanday vaziyatda ham Oliy ta’lim vazirligi bironta talaba ko‘chada qolmasligini ta’kidlagan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/01 05:50:34
Back to Top
HTML Embed Code: