Telegram Web Link
⚡️5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun ariza berish 31-maygacha (shu kuni ham) davom etadi

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 31-mayiga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.

❗️ESLATMA: 2023 hamda 2024-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

❗️2022-yilda berilgan tavsiyanomalar muddati tugadi, ular yangi tavsiyanoma olishi kerak.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuni nishonlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, Zulhijja oyining birinchi kuni bugun — 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri keldi.

Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, juma kuni nishonlanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RasmiyBayonot

⚡️“Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ faoliyati bo’yicha rasmiy bayonot

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ nomi ostida faoliyat yuritayotgan muassasalari haqida turli xabarlar e’lon qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha:

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Koʻhna qalʼa MFY, Tinchlik koʻchasi 29-uy manzilida faoliyat yuritayotgan “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ da professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziyasi mavjud emas hamda kasbiy ta’lim berish va tahsil olgan o‘quvchilarga diplom taqdim etish huquqiga ega emas.

Eslatma: Fuqarolar litsenziyaga ega nodavlat texnikumlar ro‘yxatini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy sayti yoki Adliya vazirligining sayti orqali tekshirib ko‘rishlari mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

Endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.

Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.

Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qurbon hayiti munosabati bilan 6-7-iyun dam olish kunlari deb e'lon qilindi

Prezident qarori bilan 7-iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Demak, talabalar uchun ham 6-7-iyun kunlari dam olish kuni bo'lib, 5-iyun payshanba haftaning so'nggi o'qish kuni hisoblanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Qabul jarayonlari boshlandi

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga qabul jarayonlari har yili iyun-sentabr oylarida bo'lib o'tishi belgilangan. Shunga muvofiq, nodavlat oliygohlarda qabul jarayonlari rasman boshlandi.

Davlat OTMlarida qabul quyidagi sanalarda boshlanadi:

Bakalavr uchun qabul (5-iyundan – 25-iyunga qadar)
👉 my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-iyuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish
(15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz  — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz  — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Биз ўзимизга нимани раво кўрсак, сизларга ҳам шуни раво кўрамиз.

Телеграмда сифатли контент топиш сомон ичида игна излашдек мушкул. Биз эса сиз учун бу ишни осонлаштирдик — энг сара блогларни жамладик!

Бир-бирини такрорламайдиган, хабарлари билан чарчатмайдиган ва фойдали маълумот берувчи блоглар рўйхати сиз учун тайёр.

Биз энг яхшиларини сизга илиндик — сиз эса яқинларингизга улашинг!👇👇👇

👉 https://www.tg-me.com/addlist/uavg5tjM_vJiYzgy 👈
⚡️O'tgan hafta davomida eng ko'p izoh qoldirib faol bo'lgan obunachilar rag'batlantirildi

Xabaringiz bor, "Nodavlat oliy ta'lim muassasalari" telegram kanalidagi postlar muhokamasida faol bo'lgan yoshlar har hafta rag'batlantirilishini e'lon qilgan edik. Har yakshanba kuni haftada davomida faol bo'lgan obunachilarimizni statistika yordamida aniqlab moddiy rag'batlantirilmoqda.

1-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2829&comment=696060
2-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2856&comment=707621
3-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2884&comment=726378
4-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2939&comment=739054
5-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2972&comment=748922
6-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2995&comment=758438
7-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/3014&comment=767075

Siz ham izohlarda faol bo'ling! Keyingisi siz bo'lishingiz mumkin!

Telba-teskari yozilgan izohlar hisobga olinmaydi.
Faqat kanaldagi post izohlariga yozilgan koment hisoblanadi.
😀 Eng ko'p kontakt qo'shgan obunachilar ham g'olib deb topiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-yilgi qabuldagi asosiy yangiliklar!

Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar


Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?

JAVOB: Joriy 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim tashkilotlari (davlat va nodavlat)da sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi.

Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar taqdiri nima bo‘ladi?

JAVOB: Ular amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinmoqda?

JAVOB: Sirtqi o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.

Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?

JAVOB: Muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi ta’lim shakli natijalarining 50 %idan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?

JAVOB: Bu yangi ta’lim shakli bo‘lib, ish bilan band aholi uchun haftaning ma’lum kunlarida taqdim etiladigan o‘qish turi hisoblanadi. Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitishga tegishli nizom va tartiblar ishlab chiqilgandan so‘ng ruxsat beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qaysi toifadagi talabalardan o'qishni tugatguncha granti olib qo'yilmaydi?

Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi talabalar. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar (I va II guruh, yoki bolalikdan nogironligi borlar)
Ijtimoiy yetimlar (ota-onasi yo‘q yoki ota-ona qaramog‘isiz qolganlar)
"Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" ro‘yxatlarida bo‘lganlar
Kambag‘al oila farzandlari, yordamga muhtoj oila farzandlari
Oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan talabalar (masalan, yolg‘iz onaning farzandi, ko‘p farzandli oiladan, ishsizlar oilasidan)


📌 Ushbu talabalar agar davlat granti asosida o‘qishga kirgan bo‘lsa, hatto baholari pasayib ketsa ham yoki akademik qarzdor bo‘lsa ham, grant to‘liq o‘qishni tugatgunga qadar saqlanib qoladi.

Bu ularni o‘qishdan chetlatmaslik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun joriy etilgan.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

Prezident tomonidan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmon imzolandi. Oshirish inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament Quyi palatasida so‘zga chiqib, ushbu farmon yaqin soatlarda rasman e’lon qilinishini ma’lum qildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
⚡️Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi Prezident tomonidan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmon imzolandi. Oshirish inflyatsiya darajasidan past…
⚡️Rasman: pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan 10% oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.

1. Yoshga doir eng kam pensiya 918 ming soʻm, nogironlik pensiyasi 1 million 12 ming soʻmni tashkil etadi;

2. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

— 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 soʻm,
— 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun – 275 000 soʻm,
— oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 165 000 soʻm;
— oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha - 110 000 soʻm;

3. Kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 soʻm etib belgilandi.

❗️2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi. Yaʼni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming soʻmdan 1 mln 271 ming soʻmga oshirildi.

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar Davlat budjeti hamda Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Bundan tashqari, xususiy sektorda ishlovchi fuqarolarimizning ham toʻlov qobiliyatlarini ragʻbatlantirish uchun ish beruvchilarga ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorlarda toʻlash tavsiya etilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o'qishni ko'chirishda o'tish ballari

Xorijdan va nodavlat oliygohlardan davlat OTMlariga o'qishni ko'chirish avgust oyida test asosida bo'lib o'tadi.

Mana shu test jarayonlarida o'qishni ko'chirish uchun har bir ta'lim yo'nalishlari uchun o'tish ballari alohida tasdiqlangan. Ushbu rasmda ta'lim sohalar kesimida "perevod" qilish uchun qancha o'tish bali to'plash kerakligi ko'rsatilgan.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qabul boshlanishiga 1 kun qoldi

Prezident farmoniga ko‘ra, o‘tgan yildan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2-mutaxassislikka qabul qachon bo'ladi?

Amaldagi tartibga ko'ra, 2-mutaxassislikka qabul 10-iyuldan 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.


Bunda nomzodlar onlayn platforma orqali:
— oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
— diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
— hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_2025

⚡️2025/2026-o'quv yili magistraturaga qabul qilishda talabgorlardan talab qilinadigan xorijiy til sertifikatlar roʻyxati yangilanishi kutilmoqda.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori ko'tarildi

Oliy ta'limga kirish imtihonlari va o'qishni ko'chirish test sinovlarida qatnashish uchun bu yil abituriyent va "perevodchilar" 206 000 so‘m to‘lov qiladilar.

💵 O'tgan yili test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori 187 500 ming so‘m edi, bu yil bu miqdor 206 000 so'mni tashkil etmoqda.

Amaldagi tartibga ko'ra, test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM ning 50% miqdori to'lov amalga oshiriladi. O'tgan yili BHM miqdori 370 ming so'mni tashkil etgan. Bu yil BHM miqdori 412 ming so'mga ko'tarilgani sababli test sinovlarida qatnashish 206 000 so'mni tashkil etmoqda.



🔰Quyidagi abituriyentlar to'lovdan ozod etilgan:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Ertadan qabul boshlanadi!

📆 5-iyun kunidan boshlab, davlat oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlar onlayn roʻyxatdan oʻtishni boshlaydilar.

Qabul jarayoni 5-iyundan – 25-iyungacha davom etadi. my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Eslatma:
🔹 Bu bosqichda faqat fanlar majmuasi tanlanadi;
🔹 Universitet yoki yoʻnalish hozircha tanlanmaydi;
🔹 Abituriyent qaysi fanlardan test topshirishini belgilaydi.

Test natijalari eʼlon qilinganidan soʻng, har bir abituriyent oʻz balliga qarab, qaysi oliygoh va qaysi yoʻnalishni tanlashni mustaqil hal qiladi.

Fanlar majmuasi bu yerda:
https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2535

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baholash agentligining birinchi asosiy ish kuniga "404 baho"

Bugundan Prezident farmoniga binoan qabul jarayonlari boshlanishi kerak. Biroq, agentlik xabarsiz qolganga o‘xshaydi. Kimdir uyg‘otib yuboradimi?

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️2025/2026-yilidan magistraturaga qabul jarayonlari
my.edu.uz platformasi orqali amalga oshirilar ekan.

Hujjatlar qabul 1-iyundan 30-iyulgacha davom etadi.

P/S. Eslatma uchun rahmat.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 05:39:06
Back to Top
HTML Embed Code: