Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

🔰 Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.

Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun:

➡️ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

➡️ 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini tolab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

🖊 Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi.

✔️ @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qabul yakunlanishiga 6 kun qoldi

Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

Abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

✔️ @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'tgan yilgi transkript bilan hujjat topshirish mumkin

O'qishni ko'chirish uchun transkript ololmayotgan talabalar bir yil avvalgi transkript bilan ham hujjat topshirishlari mumkin.

Imtihonlardan o'tib, oliygoh aloqa xatini berganidan so'ng yangi transkriptni to'g'irlab kelish uchun sizda butun sentabr oyi vaqt bo'ladi. Kurs masalasi keyin muammo bo'lmaydi.

Yana bir masala ushbu holatda bir yil avvalgi transkript aynan hozir o'qiyotgan oliygohga tegishli bo'lishi lozim. Ya'ni ushbu layfhak 2 va undan yuqori kursdagilar uchun amal qiladi.

✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugundan 1-sinfga hujjatlarni qabul qilish boshlandi

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Eslatma! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.


📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Qabul tugashiga 5 kun qoldi

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2025-yil 20-iyun 10:00 holatiga)

📱 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 385 909 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 338 869 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 38 844 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 7 066 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 130 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 174 532 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 211 377 nafar

✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yo'nalish tanlashga shoshilmang!

Har yili minglab abituriyentlar bilimiga va to'plagan balliga mos yo'nalish tanlamagani uchun o'qishga kira olmaydi.

📉 Avval o'tgan yilgi o'tish ballari bilan tanishib tahlil qiling. Buning uchun maxsus telegram-bot (@mandatjavobbot)dan foydalaning.

"Davolash ishi" yo'nalishi qaysi OTMlarda bor va o'tgan yilgi oʻtish ballari qanday?

1. Andijon davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 174.1 ball | Kontrakt - 159.0 ball

2. Buxoro davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 173.2 ball | Kontrakt - 157.1 ball

3. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
📊 Grant - 167.3 ball | Kontrakt - 153.5 ball

4. Guliston davlat universiteti
📊 Grant - 161.4 ball | Kontrakt - 147.3 ball

5. Jizzax davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 161.1 ball | Kontrakt - 154.8 ball

6. Namangan davlat universiteti
📊 Grant - 162.6 ball | Kontrakt - 145.7 ball

7. Navoiy davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 162.2 ball | Kontrakt - 151.2 ball

8. Qarshi davlat universiteti
📊 Grant - 161.2 ball | Kontrakt - 146.5 ball

9. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
📊 Grant - 160.4 ball | Kontrakt - 143.7 ball

10. Toshkent davlat stomatologiya instituti
📊 Grant - 177.1 ball | Kontrakt - 162.3 ball

11. Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti
📊 Grant - 179.3 ball | Kontrakt - 164.8 ball

12. Toshken tibbiyot akademiyasi
📊 Grant - 183.7 ball | Kontrakt - 168.9 ball

13. Toshken tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
📊 Grant - 160.6 ball | Kontrakt - 151.0 ball

14. Toshken tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
📊 Grant - 160.4 ball | Kontrakt - 147.6 ball

15. Toshken tibbiyot akademiyasi Urgancha filiali
📊
Grant - 162.4 ball | Kontrakt - 149.6 ball

16. Samarqand davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 176.2 ball | Kontrakt - 164.4 ball

Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

🎓 Maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'tish ballari: https://www.tg-me.com/abitur24/623

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Avlod Media
Endi o‘qishga kirish ancha osonlashdi!

Maxsus @mandatjavobbot sizga eng mos yo‘nalishni tanlashda yordam beradi. Buning uchun telegram orqali mandatjavobbot deb qidirib, ushbu botga kirasiz va start tugmasini bosganingizdan so'ng o'zingizga kerakli bo'limni tanlaysiz.

📲 Botda nimalar bor?

O‘tgan yilgi o‘tish ballari;
2025-yil fanlar majmuasi;
Barcha yo‘nalish va OTMlar ro‘yxati;


Eng asosiysi: siz kiritgan ballga mos universitetlar ro‘yxati!

Misol uchun:
68 ball bilan qaysi OTMga GRANTga kira olasiz?
57 ball bilan qaysi yo‘nalishga KONTRAKT asosida kira olasiz?
Eng oson, balli past yo‘nalishlar qaysilar?

👉 Barchasini @mandatjavobbot orqali bilib oling.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Instagram | Telegram | YouTube | Rasmiy sayt
⚡️Endi xususiy oliygohlarda qabul yilda ikki marta o'tkazilishi mumkin

"Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Loyihaga ko'ra, Endilikda nodavlat ta'lim tashkilotlari qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15-oktyabrgacha hamda 15-fevralgacha amalga oshirish mumkin bo'ladi.

Bundan tashqari, qarorda qabul parametrlarini Vazirlik bilan kelishish ham nazarda tutilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy oliygohlarning ayrim talabalariga davlat namunasidagi diplom berilmasligi mumkin

"Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Loyihaga ko'ra, Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Axmadjanov.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️​​my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

💻 my.gov.uz/uz/servitse/1017 — Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/255 — Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/855 — Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini onlayn olish tartibi;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/640 — Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/325 — Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/949 — "Ishga marhamat" monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari kurslarida oʻqish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/187 — Vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobga qoʻyish;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/308 — Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/126 — Soliqdan qarzi mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/357 — Elektron raqamli imzo olish;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/853 — Avtotransportni onlayn sugʻurtalash;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/412 — Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/491 — Oʻz oʻzini band qilgan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/263 — Hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/378 — Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/418 — Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

💻 my.gov.uz/uz/servitse/587 — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/654 — Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/938 — Kredit tarixi oʻrganilganligi boʻyicha ogohlantiruvchi «SMS-xabarnoma» olish.

💻 Oilakredit.uz — oilaviy tadbirkorlik boʻyicha kredit olish uchun ariza berish boʻyicha;

💻 ipoteka-bozori.uz — yangi tartibdagi ipoteka kreditlari;

💻 Subsidiya.mf.uz — subsidiya rasmiylashtirish boʻyicha;

💻 smart-market.uz —  yirik ishlab chiqaruvchi, ulgurji savdo, yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlar uchun oʻz mahsulot hamda xizmatlarini erkin sotish hamda kredit oluvchilar uchun mahsulot yetkazib beruvchi firmani erkin tanlash imkoniyati mavjud.

💻 Infokredit.uz yoki my.gov.uz — kredit tarixini bilish uchun;

💻 bank-kredit.uz  —"20 tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida kreditga ariza berish;

💻 portal.infokredit.uz — Yuridik shaxslar kredit tarixi haqidagi maʼlumotni olishi uchun.

📱my.gov.uz ilovasini yuklab olish: Google Play yoki App Store

☎️ Banklarning telefon raqami 👈

👆Yuqorida koʻrsatilgan xizmatlardan foydalanish uchun «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi.

🎥 ONE ID tizimidan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video-yo‘riqnoma

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Axmadjanov.uz
Abituriyentlar soni kamayishda davom etmoqda

2025-yilgi qabul jarayonining so'nggi 5 kunlikdagi ariza topshirganlar soni 2024-yilga nisbatan sezilarli kamaygan. Quyidagi raqamlar bunga yaqqol misoldir:

🔹 21-iyun holatiga:
︎2025-yil — 453 700 nafar
︎2024-yil — 528 055 nafar

🔹 20-iyun holatiga:

▪️2025-yil — 385 909 nafar
▪️2024-yil — 446 879 nafar

🔹 19-iyun holatiga:
▪️2025-yil — 319 781 nafar
▪️2024-yil — 365 439 nafar

🔹 18-iyun holatiga:

▪️2025-yil — 255 409 nafar
▪️2024-yil — 288 407 nafar

🔹 17-iyun holatiga:
▪️2025-yil — 200 953 nafar
▪️2024-yil — 245 606 nafar

🧮 5 kunlik farq: −74 355 nafar

❗️Bu pasayish xususiy oliy ta'lim muassasalariga ham sezilarli ta’sir ko'rsatmoqda.

👉 @Axmadjanovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 10:24:42
Back to Top
HTML Embed Code: