Telegram Web Link
Forwarded from Avlod Media
Endi o‘qishga kirish ancha osonlashdi!

Maxsus @mandatjavobbot sizga eng mos yo‘nalishni tanlashda yordam beradi. Buning uchun telegram orqali mandatjavobbot deb qidirib, ushbu botga kirasiz va start tugmasini bosganingizdan so'ng o'zingizga kerakli bo'limni tanlaysiz.

📲 Botda nimalar bor?

O‘tgan yilgi o‘tish ballari;
2025-yil fanlar majmuasi;
Barcha yo‘nalish va OTMlar ro‘yxati;


Eng asosiysi: siz kiritgan ballga mos universitetlar ro‘yxati!

Misol uchun:
68 ball bilan qaysi OTMga GRANTga kira olasiz?
57 ball bilan qaysi yo‘nalishga KONTRAKT asosida kira olasiz?
Eng oson, balli past yo‘nalishlar qaysilar?

👉 Barchasini @mandatjavobbot orqali bilib oling.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Instagram | Telegram | YouTube | Rasmiy sayt
Huquqlari buzilgan talabalar murojati!

Muhtaram masʼullar!
Biz – yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, bugungi kungacha universitet tomonidan muntazam ravishda yolg‘on maʼlumotlar berilgani tufayli, bu taʼlim muassasasi xodimlariga ishonchimizni yo‘qotganmiz.
Sizdan iltimos qilamiz: Biz, talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishingizni so‘raymiz. Bizga siz tomoningizdan amaliy yordam berilishidan umidvormiz.


Litsenziya talablari qo‘pol ravishda buzilmoqda, lekin mas’ul vazirlik buni ko‘rmaslikka olayapti.


Aslida, bu kabi holatlar - aynan litsenziyani bekor qilishga asos bo‘luvchi sabablardan biridir. Ammo bizning "buyuk" vazirligimiz talabalar huquqini himoya qilish o‘rniga tadbirlar bilan ovora.

Sudga berishni qoyillatadigan Oliy ta'lim vazirligi bu safar ochiq oydin qonun buzilishi oldida sukut saqlamoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi xususiy oliygohlarda qabul yilda ikki marta o'tkazilishi mumkin

"Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Loyihaga ko'ra, Endilikda nodavlat ta'lim tashkilotlari qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15-oktyabrgacha hamda 15-fevralgacha amalga oshirish mumkin bo'ladi.

Bundan tashqari, qarorda qabul parametrlarini Vazirlik bilan kelishish ham nazarda tutilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy oliygohlarning ayrim talabalariga davlat namunasidagi diplom berilmasligi mumkin

"Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Loyihaga ko'ra, Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Axmadjanov.uz
Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatida jiddiy o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda

🔰 "Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi. Loyihaga ko'ra;

🔹 2025-yil 1-apreldan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – nodavlat ta’lim tashkilotini tashkil qilishga ruxsat berish “Litsenziya” axborot tizimi orqali 1-ilovada ko‘rsatilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
👉 Bunda nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yishda zarur bo‘lgan ustav miqdori, bino-inshoot va jihozlarga qo‘yiladigan umumiy talablar belgilanadi;

Ikkinchi bosqich – nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan muayyan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yishga maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilgandan so‘ng ruxsat beriladi.
👉 Bunda kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari (dasturlari) belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.


🔹 Kechki va masofaviy ta’lim shakllariga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi;

🔹 Kechki va masofaviy hamda uzaytirilgan ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul parametrlari kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlarining 50 foizidan oshirilmasligi belgilanadi;

🔹 Ta’lim shaklidan qat’i nazar, talabgorga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv binolari, talabalar turar joyi va o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa bino va inshootlarning mavjud bo‘lishi.
👉 Bunda nodavlat ta’lim tashkilotiga faoliyatining dastlabki 5 yilida bino va inshootlardan ijara huquqi asosida foydalanishga ruxsat beriladi.
👉 Amaldagi litsenziya asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu qo‘shimcha litsenziya talabi kuchga kirgan vaqtdan boshlab 5 yil ichida mulk huquqi asosida zarur bino va inshootlarga ega bo‘lishi talab etiladi.


🔹 Qabul parametrlarini Vazirlik bilan kelishish hamda qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15-oktyabrgacha hamda 15-fevralgacha amalga oshirish;

🔹 Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

👉 @Axmadjanovuz
⚡️​​my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

💻 my.gov.uz/uz/servitse/1017 — Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/255 — Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/855 — Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini onlayn olish tartibi;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/640 — Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/325 — Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/949 — "Ishga marhamat" monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari kurslarida oʻqish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/187 — Vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobga qoʻyish;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/308 — Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/126 — Soliqdan qarzi mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/357 — Elektron raqamli imzo olish;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/853 — Avtotransportni onlayn sugʻurtalash;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/412 — Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/491 — Oʻz oʻzini band qilgan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/263 — Hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisida maʼlumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/378 — Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/418 — Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

💻 my.gov.uz/uz/servitse/587 — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/servitse/654 — Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish;

💻 my.gov.uz/oz/servitse/938 — Kredit tarixi oʻrganilganligi boʻyicha ogohlantiruvchi «SMS-xabarnoma» olish.

💻 Oilakredit.uz — oilaviy tadbirkorlik boʻyicha kredit olish uchun ariza berish boʻyicha;

💻 ipoteka-bozori.uz — yangi tartibdagi ipoteka kreditlari;

💻 Subsidiya.mf.uz — subsidiya rasmiylashtirish boʻyicha;

💻 smart-market.uz —  yirik ishlab chiqaruvchi, ulgurji savdo, yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlar uchun oʻz mahsulot hamda xizmatlarini erkin sotish hamda kredit oluvchilar uchun mahsulot yetkazib beruvchi firmani erkin tanlash imkoniyati mavjud.

💻 Infokredit.uz yoki my.gov.uz — kredit tarixini bilish uchun;

💻 bank-kredit.uz  —"20 tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida kreditga ariza berish;

💻 portal.infokredit.uz — Yuridik shaxslar kredit tarixi haqidagi maʼlumotni olishi uchun.

📱my.gov.uz ilovasini yuklab olish: Google Play yoki App Store

☎️ Banklarning telefon raqami 👈

👆Yuqorida koʻrsatilgan xizmatlardan foydalanish uchun «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi.

🎥 ONE ID tizimidan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video-yo‘riqnoma

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Qabul tugashiga 4 kun qoldi

Bugun, 21-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 453 ming 700 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili  — 398 216 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 45 690 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 8 500 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 294 nafar.


📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻‍♂️ erkaklar — 205 304 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 248 396 nafar


✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️25-iyundan oliy va o’rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Taʼlim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2025-2026 o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy taʼlim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish sanalarini eʼlon qiladi:


Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti,
Mir Arab oliy madrasasi,
Hadis ilmi maktabi,
Imom Termiziy nomidagi islom instituti va barcha o‘rta maxsus islom taʼlim muassasalariga 2025-yil 25-iyundan 20-iyulgacha davom etadi.

🗂 Oliy diniy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishni istagan abituriyentlar qabul hayʼatiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
o‘rta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);


Xorijiy davlatlardagi diniy taʼlim muassasalarini tamomlagan va mamlakatimizda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan diplomga ega bo‘lgan abituriyentlar (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) ham hujjat topshirishlari mumkin.

🗂 O‘rta maxsus islom taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar qabul hayʼatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
maʼlumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
chet tilini bilishi to‘g‘risidagi hujjat asl nusxasi (maʼlumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun).


⚠️ Maʼlumot o‘rnida: Oliy va o‘rta maxsus diniy taʼlim muassasalarining test sinovlarida ishtirok etishi uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Joriy yilda o‘qishni tamomlab, o‘rta maxsus islom taʼlim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlardan esa to‘lov undirilmaydi.

🖥 2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni
@qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Axmadjanov.uz
Abituriyentlar soni kamayishda davom etmoqda

2025-yilgi qabul jarayonining so'nggi 5 kunlikdagi ariza topshirganlar soni 2024-yilga nisbatan sezilarli kamaygan. Quyidagi raqamlar bunga yaqqol misoldir:

🔹 21-iyun holatiga:
︎2025-yil — 453 700 nafar
︎2024-yil — 528 055 nafar

🔹 20-iyun holatiga:

▪️2025-yil — 385 909 nafar
▪️2024-yil — 446 879 nafar

🔹 19-iyun holatiga:
▪️2025-yil — 319 781 nafar
▪️2024-yil — 365 439 nafar

🔹 18-iyun holatiga:

▪️2025-yil — 255 409 nafar
▪️2024-yil — 288 407 nafar

🔹 17-iyun holatiga:
▪️2025-yil — 200 953 nafar
▪️2024-yil — 245 606 nafar

🧮 5 kunlik farq: −74 355 nafar

❗️Bu pasayish xususiy oliy ta'lim muassasalariga ham sezilarli ta’sir ko'rsatmoqda.

👉 @Axmadjanovuz
#Qabul2025

⚡️Qabul tugashiga 3 kun qoldi

Bugun, 22-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 506 778 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili  — 444 719 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 50 903 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 9 743 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 413 nafar.
📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻‍♂️ erkaklar — 230 414 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 276 364 nafar


✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak? 

To‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 500 so‘m to‘lashi kerak. To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

✔️ O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2024/2025-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

Testga nimalar olib kirish mumkin?
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
abituriyent ruxsatnomasi;
kepka yoki panama;
oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
pul;
dastroʻmol;
kalit.


Quyidagilar mumkin emas:
telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
shpargalka, kalkulyator; va h.k.
ruchka (ichkarida beriladi);
suv (ichkarida beriladi);
qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
tibbiy niqob (kirish joyida yangi beriladi);
mashina pulti (kirish postida qoldiriladi).


✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat! Abituriyentlar uchun muhim eslatma! 

2025-yil 25-iyun soat 23:59 – Oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning SO‘NGGI SANASI! 

So‘nggi kunlarga qoldirmang! Har yili qabul oxirida abituriyentlar oqimi ortadi, tizim sekinlashadi va shoshilinch xatolar yuzaga kelishi mumkin. 

🔹 ERTA RO‘YXATDAN O‘TING! 
🔹 Test to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshiring! 
🔹 Fanlar majmuasi, ta’lim tili va test hududini diqqat bilan tanlang! 

ℹ️ 25-iyun 23:59 gacha shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Ammo qabul tugagach, barcha ma’lumotlar qat’iy hisoblanadi! 

Eslatma: 
✔️ Shaxsiy kabinetingizda ma’lumotlaringizni tekshiring. 
✔️To‘lov amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiling. 
✔️So‘nggi kunlarda tizimga kirish qiyin bo‘lishi mumkin – hozirroq harakat qiling! 

🌐Ro‘yxatdan o‘tish uchun: my.uzbmb.uz 

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Qabul tugashiga 2 kun qoldi

Bugun, 23-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 547 248 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili  — 480 447 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 54 607 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 10 665 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 529 nafar.


📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻‍♂️ erkaklar — 250 967 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 296 281 nafar


✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Imtihonga formada borish shartmi?

Yo‘q, shart emas!


Abituriyent va o'qishni ko'chirish imtihonlariga formada borish majburiy emas, balki tavsiyaviy xarakterga ega. Har holda jamoat joyi, shuni hisobga olgan holda kiyinishni tavsiya etiladi.

🧕🏻Eslatma: Avvalgi yillarda ayol-qizlarimiz ro‘mol, xijob bilan bemalo testda bemalol qatnashishgan, bu bo'yicha ham hech qanday cheklov mavjud emas.

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'tgan hafta davomida eng ko'p izoh qoldirib faol bo'lgan obunachilar rag'batlantirildi

Xabaringiz bor, "Nodavlat oliy ta'lim muassasalari" telegram kanalidagi postlar muhokamasida faol bo'lgan yoshlar har hafta rag'batlantirilishini e'lon qilgan edik. Har yakshanba kuni haftada davomida faol bo'lgan obunachilarimizni statistika yordamida aniqlab moddiy rag'batlantirilmoqda.

1-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2829&comment=696060
2-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2856&comment=707621
3-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2884&comment=726378
4-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2939&comment=739054
5-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2972&comment=748922
6-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/2995&comment=758438
7-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/3014&comment=767075
8-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/3049&comment=779091
9-hafta: https://www.tg-me.com/nodavlattalim/3085&comment=794828
10-hafta:

Siz ham izohlarda faol bo'ling! Keyingisi siz bo'lishingiz mumkin!

Telba-teskari yozilgan izohlar hisobga olinmaydi.
Faqat kanaldagi post izohlariga yozilgan koment hisoblanadi.
😀 Eng ko'p kontakt qo'shgan obunachilar ham g'olib deb topiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuziladi?

Mutaxassislik blok testlari qanday mavzulardan tuzilishi bo‘yicha bo‘yicha 2021-2022 o‘quv yilida eʼlon qilingan maʼlumotlarni taqdim etamiz:

1️⃣ Ona tili va adabiyot
- Ona tili - 60 %;
- Adabiyot - 40 %.


2️⃣ Matematika:

- Sonlar va ular ustida amallar - 25 %;
- Funksiya va algebraik ifodalar - 35 %;
- Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%;
- Geometriya - 30%.


3️⃣ Tarix:
- Siyosiy tarix - 50-60%;
- Ijtimoiy-iqtisodiy tarix - 10-20 %;
- Madaniy hayot - 10-15 %;
- Amaliy topshiriqlar - 20-25 %.


4️⃣ Fizika:
- Mexanika - 35 %;
- Molekulyar fizika va termodinamika (mantiqiy va laboratoriya ishlariga oid topshiriqlar) - 25 %;
- Elektromagnitizm - 30 %;
- Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) - 10%.


Barcha abituriyentlarga tarqating!

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Qabul tugashiga 1 kun qoldi

Bugun, 24-iyun 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 607 586 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 533 514 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 60 374 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 12 048 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 650 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 281 330 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 326 256 nafar

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️To’lov qilishni unutmang!

Ertaga qabulning oxirgi kuni bo’lgani uchun testga kirishda to’lanadigan to’lovni ham ertadan kechiktirmay qilish kerak.

Qabul tugagungacha to’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi!

Imkon qadar to’lovni ham oxirgi daqiqalarga qoldirmang. Serverga yuklama ortishi munosabati bilan tizim ishlamay qolishi mumkin va bu sizga kutilmagan muammolarni yuzaga keltiradi.

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 23:44:50
Back to Top
HTML Embed Code: