Telegram Web Link
Biz oʻzimizga nimani ravo koʻrsak, sizlarga ham shuni ravo koʻramiz.

Telegramda sifatli kontent topish somon ichida igna izlashdek mushkul. Biz esa siz uchun bu ishni osonlashtirdik — eng sara bloglarni jamladik!

Bir-birini takrorlamaydigan, xabarlari bilan charchatmaydigan va foydali maʼlumot beruvchi bloglar roʻyxati siz uchun tayyor.

Biz eng yaxshilarini sizga ilindik — siz esa yaqinlaringizga ulashing!👇👇👇

👉 https://www.tg-me.com/addlist/uavg5tjM_vJiYzgy 👈

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent arxitektura-qurilish universitetida taʼlim tizimi samaradorligi oshiriladi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida taʼlim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-209-son, 01.07.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oʻqitishning dual taʼlim shakli joriy etiladi:

🔸 1-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;

🔸 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida.

📝 2025-yil 1-sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

✔️ Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumtaʼlim maktablari Universitetga biriktiriladi va Universitet:

🔸 har oyda 1 marotaba 7–9-sinf oʻquvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni Universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashgʻulot sifatida oʻqitadi.

2025-yil 1-sentyabrdan “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi.

Ekotizim doirasida har yili talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi 20 ta gʻoya” tanlovi eʼlon qilinib, saralab olinadi;

💸 Shuningdek, amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHMning 35 baravari miqdorida moliyaviy ragʻbatlantiradi.

🔗 2025-yil 1-sentyabrdan davlat oliy taʼlim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yoʻnalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali muvofiqlashtirib boriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qirgʻizistondagi oliygohda mamlakatga umuman bormagan oʻzbekistonlik talabalar borligi aniqlandi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Ishenali Arabayev nomidagi Qirgʻiz davlat universitetida xizmat soxtakorligi holatini aniqladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Tekshiruvlarga koʻra, rasmiy ravishda universitetga qabul qilingan 59 nafar xorijiy talaba amalda Qirgʻizistonga bormagan va oʻqish jarayonida qatnashmagan.

Biroq ushbu shaxslarning hujjatlari universitetda faol talabalar sifatida saqlanib turgan. Holat boʻyicha Jinoyat kodeksining “xizmat soxtakorligi” moddasi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Komissiya tomonidan olib borilgan tekshiruv natijasida quyidagi talabalar universitetdan chetlashtirilgan:

30 nafar Oʻzbekiston fuqarosi;
20 nafar Qozogʻiston fuqarosi;
9 nafar Rossiya fuqarosi.
Qayd etilishicha, tekshiruvlar davom etmoqda. Mazkur qonunbuzarlikka universitetning qaysi oʻqituvchi va maʼmuriy xodimlari aloqador boʻlgani aniqlanmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aytishlaricha, bugun nodavlat taʼlim muassasalari boʻyicha muhim qarorlardan biri eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Unga koʻra nodavlat oliy taʼlim muassasalariga litsenziya berish shartlari oʻzgarmoqda, xususan endilikda nodavlat oliy taʼlim muassasasi 350 000 dollar ekvivalentidagi mablagʻlarni bank hisob raqamlarida depozit shaklida ushlashi lozim va ustav kapitalini kamida 2 million dollar belgilanishi kutilmoqda…

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Axmadjanov.uz
Ayrim blogerlar tomonidan (buyurtma) xususiy oliy ta’lim muassasalarini yomonlash ishlari boshlanib ketibdi. Achinarlisi — ular haqiqatni emas, mavjud bo‘lmagan holatlarni o'ylab topib, bo‘rttirib, yolg‘on asosida salbiy tasavvur uyg‘otishga urinmoqda.

Aniq fakt bilan yozinglar-da, o‘rtoqlar. Dorixona tepasidagi universitet qaysi? Aniq nomlar bormi o‘zi yoki hayollaringdan o‘ylab topdinglarmi?

👉 @Axmadjanovuz
Har kuni minglab MB'lar uvol ketadi. Keraksiz, foydasiz va shunchaki vaqtingizni “yeydigan” xabarlar e’lon qilinadigan kanallar juda ko’p. Ammo faqat foydali ma’lumotlarni ulashadigan manbalar ham kam emas. Ulardan biri — @avlodmedia_uz.

O‘zbekiston bo‘yicha talabalarga ixtisoslashgan yagona yangiliklar saytining telegram kanaliga ulanish sizga faqat foyda olib keladi.

Unda har kuni:
• Abituriyentlar uchun qo’llanmalar
• Oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar
• Rasmiy va norasmiy grantlar
• Faol talabalar uchun tanlovlar
• Yurtimizdagi universitetlar yangiliklari
• Ish va amaliyot imkoniyatlari sodda va tushunarli holatda e’lon qilinadi.

@avlodmedia_uz — kelajak sari harakat qilayotganlar uchun ochiq eshik!
244_2_2_илова_Буйрук_квалификация_19062025_ред.pdf
726.1 KB
⚡️Qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkin

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati Ushbu ro'yxat asosida qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkinligi bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin.

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

❗️BHM – 412 ming so‘m (2025-yil 1-avgustdan). 50xBHM=20 600 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

⚠️ Ushbu imtiyoz xususiy oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ham taalluqlidir!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy OTMlar daromadini qayta ta’limga yo‘naltiradi

Yangi tartibga ko‘ra, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganidan so‘nggi dastlabki 5 yil davomida topgan sof foydaning kamida 80 foizi qayta ta’lim faoliyatiga yo‘naltirilishi shart. Keyingi yillarda esa bu ko‘rsatkich kamida 50 foizni tashkil etishi kerak bo‘ladi.

Ta’lim faqat daromad olish vositasi emas, balki barqaror rivojlanish va sifatni oshirishga xizmat qilishi lozim. Ya’ni foyda, avvalo, o‘qituvchilar salohiyati, infratuzilma, raqamli texnologiyalar, xalqaro hamkorlik va hokazo qulayliklarga yo‘naltirilishi kerak.

Bunday yondashuv orqali ta’limga investitsiya qiluvchilar qo‘llab-quvvatlanmoqda, lekin bunda mas’uliyat ham talab qilinadi. Agar sohaga kirgan har bir subyekt o‘z foydasining katta qismini qayta tizimni rivojlantirishga sarflasa, ta’lim sifati uzoq muddatli kafolatga ega bo‘ladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VMQ-403 Nodavlat ta'lim 30.06.2025.pdf
1.4 MB
⚡️Nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 403-sonli qarori qabul qilindi.


Unga ko‘ra, litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari quyidagilardan iborat:

🔹 talabgor tomonidan tashkil etilayotgan oliy ta’lim tashkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi;

Konsepsiyada quyidagilar ko‘rsatiladi:

▪️ ta’lim tashkilotining nomi;
▪️ maqomi;
▪️ boshqaruv tizimi va kadrlari;
▪️ asosiy ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari;
▪️ qabul parametrlari;
▪️ ta’lim sifatini ta’minlash tizimi va vositalari;
▪️ to‘lov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi;
▪️ ta’lim tashkilotini rivojlantirish bo‘yicha 5 yillik strategik rejasi;
▪️ ta’lim tashkiloti faoliyatiga oid boshqa muhim masalalar.

🔹 talabgor tomonidan nodavlat oliy ta’lim tashkilotining ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan moddiy-texnik baza, dasturiy ta’minotni o‘z ichiga olgan dastlabki ustav fondi (ustav kapitalini) 2 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiradi;
Keyinchalik talabalar sonining ko‘payib borishiga mutanosib ravishda ustav fondi oshirib boriladi;

🔹 Talabgor tomonidan 350 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi;

🔹 Tashkil etilayotgan oliy ta’lim tashkilotining ta’lim jarayoniga mo‘ljallangan bino va inshootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bino universitetning o‘z mulki bo‘lishi shart emas, kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi asosida ish boshlash ham mumkin;

🔹 Oliy ta’lim tashkiloti tashkil etilgan vaqtdan boshlab dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizi, keyingi yillarda esa kamida 50 foizi mazkur ta’lim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiradi.

🗓 Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

Magistratura uchun qabul haligacha ochilmadi

9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 91 ming 594 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Akademik litseylarga ham ariza qabul qilish davom etmoqda. Bugungacha 41 ming 243 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonda nodavlat OTMlar uchun qo‘shimcha talablar joriy etildi

Hukumat qaroriga muvofiq, endi nodavlat OTM ochmoqchi bo‘lgan talabgor:

🔸ta’lim tashkilotining konsepsiyasini taqdim etadi;
🔸$2 mln ekvivalentidagi ustav fondini shakllantiradi;
🔸$350 ming mablag‘ni depozitga joylashtiradi;
🔸kamida 5 ming kv.m ta’lim binosiga ega bo‘lishi (yoki 5 yillik ijara shartnomasiga ega bo‘lishi) lozim;
🔸ilk 5 yilda yillik foydaning 80%, keyingi yillarda kamida 50%ni rivojlantirishga yo‘naltiradi.


Qaror 3 oydan keyin kuchga kiradi. Ushbu muddatgacha lisenziya olganlar 2026 yil 1 yanvargacha faoliyatini yangi talablarga moslashtirishi shart.

@mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyent o'zi tanlagandan boshqa joyda testda qatnasha oladimi?

Yo‘q, abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qaysi viloyatni belgilagan bo‘lsa, ayni shu hududda tashkil etilgan imtihonda qatnashishi mumkin. Boisi, shu abituriyent uchun test materiallari ayni u belgilagan hudud uchun ajratilgan bo‘ladi va uni almashtirish imkoni mavjud emas.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Rasman: Kasbiy (ijodiy) imtihoni bor abituriyentlar uchun ruxsatnomalar chiqdi.

my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz mumkin.

Oddiy yo’nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar ham tayyorlanmoqda.

👍👍👍👍👍👍

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍"TURON UNIVERSITETI" SIZNI TIBBIYOT YO'NALISHLARIGA TAKLIF ETADI.

🔽 Quyida Universitetimizda mavjud Bakalavr yo'nalishlari bilan tanishtiramiz.

✔️Davolash ishi
✔️Pediatriya ishi
✔️Kimyo
✔️Biologiya
✔️Geografiya
✔️Tarix
✔️Iqtisodiyot
✔️Psixologiya
✔️Bank ishi
✔️Buxgalteriya hisobi
✔️Xalqaro munosabatlar

✔️Filologiya va tillarni o'qitish
O'zbek tili  rus tili   ingliz tili
Nemis tili  arab tili turk tili
Fransuz tilixitoy tili koreys tili

🇨🇿 Сhexiyaning Praga kimyo-texnologiya universiteti bilan hamkorlida "Qo'shma ta'lim" doirasidagi yo'nalish
✔️ Iqtisodiyot va menejment (1+3)

🥇 Magistratura mutaxassisligi yo'nalishlari (2024/2025 yildan boshlab)

Tarix
Iqtisodiyot
Pedagogika nazariyasi va tarixi
Biologiya
Adabiyotshunoslik
Lingvistika (o'zbek tili)
Lingvistika (rus tili)
Lingvistika (ingliz tili)
Lingvistika (nemis tili)

🇷🇺 Rossiyaning Belgorod milliy tadqiqotlar universiteti (БелГУ) bilan hamkorlikda "Qo'shma ta'lim" doirasidagi yo'nalishlar

Lingvistika (rus tili)
Lingvistika (ingliz tili)
Lingvistika (nemis tili)

☎️ Murojaat uchun:
📞 +998752200025
📞 +998770400025

📨 ONLINE HUJJAT TOPSHIRISH

📌 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Nasaf ko‘chasi 1/14 uy

📱 LOKATSIYA  | 🖥 LITSENZIYA

🚀TELEGRAM / 📷INSTAGRAM / 🎬YOUTUBE / 🔵FACEBOOK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning lavozim maoshlariga 100 foizgacha oylik ustamalar toʻlanishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga davlat oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori qabul qilindi.


🌐Unga koʻra:

◀️ oliygohlarda xorijiy tillar boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning chet tilida maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun lavozim maoshlariga 100 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustamalar belgilanishi mumkin (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno);

▶️ dotsent lavozimiga bir muddatga qabul qilingan professor-oʻqituvchilarga mos ravishda “Dotsent” boʻlimida nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari to‘lanishi belgilandi;

◀️oliygohda faoliyat yuritayotgan boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan ustamalarning eng yuqori miqdori 400 foizdan oshmasligi belgilandi.

🖇 Shuningdek, talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan, biroq BHMning 3 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi.

☑️Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida jamoat transporti bekatlariga yaqin boʻlgan litsey, texnikum va oliy taʼlim tashkilotlarining boʻsh turgan maydonlari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari o‘qitish uchun tadbirkorlik subyektlariga oʻquv markazlarini tashkil etish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolari orqali tanlov asosida ijaraga beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilimingizni sinab ko‘rmoqchimisiz?
Unda 6-iyul, yakshanba kuni sizni Qarshi Xalqaro Universitetida kutamiz!

📕 Bepul SINOV TEST — bilimlaringizni tekshiring, o‘zingizni sinab ko‘ring!
Start: 09:00

📍Lokatsiya
💳 Pasport/ID kartani olishni unutmang!

Savollar bo‘lsa — qo‘ng‘iroq qil: 55 500 99 44

®️Ro'yxatdan o'tish uchun ariza qoldiring https://forms.gle/f31gQirXeVYC1xry7
🧠 Keling, kim zo‘r — aniqlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat

Nodavlat ta’lim tashkiloti ochishda dastlabki ustav fondi 2 mln dollardan kam bo‘lmasligi, investor 350 ming dollar depozit qo‘yishi, birinchi 5 yilda sof foydasining kamida 80 foizini ta’limga yo‘naltirishi belgilandi. Kun.uz mutaxassislar bilan yangi talablarni tahlil qilishga urindi. Xususiy universitet ta’sischisi Bekzod Jalilovga ko‘ra, bu shartlar tadbirkorlar uchun og‘irlik qilmaydi, ammo ta’lim sifatini yaxshilamaydi ham. Iqtisodchi Otabek Bakirov esa oliy ta’lim bozoridan davlat chiqib ketishi kerakligini, aks holda universitetlar degradatsiyasi davom etishini aytmoqda.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Hayot yo‘llari Buxoro ko‘chalarida kesishdi…

Ba’zida hammadan “Qaysi o‘qishga kirasan?”
degan savollar charchatib yuboradi.

⚖️ Tanlov qilish qiyin. Balki bir yil kutish kerakdir? Balki hozir harakat qilish kerakdir?

“Bir yil bekor o‘tadi. Hozir imkoniyatlar vaqti. Oldinga yurish kerak!”

🤗Osiyo Xalqaro Universitetida qabul davom etmoqda! Va sizni quyidagilar kutmoqda:

Zamonaviy bakalavr yo‘nalishlari
200 ta grant o'rni
Chet elda amaliyot
O‘qish davomida ish topish, tajriba orttirish va o‘z loyihangizni boshlash
Talaba klublari, sport, volontyorlik va cheksiz o‘sish muhiti

🚀 Qaror qabul qilish vaqti aynan hozir.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998553050009

🔗rus/english

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pul bilan o'qishni ko'chirsa bo'ladimi?

Bir davlat oliygohidan boshqasiga o'qishni ko'chirish uchun 2 ta uzrli sabab kerak:

1) Turmush qurish sababli;
2) Davlat xizmatchisining ish joyi o'zgarishi sababli.


Biroq, pul evaziga o'qishni ko'chirib berishni va'da qilayotgan "shaxslar" hali ham uchrab turayotgan ekan. Ular 2 ta uzrli sababga ega bo'lmagan talabalarni ham pul evaziga tanishlari orqali o'qishini ko'chirib berishni va'da berishayotgan ekan. Xizmat haqqi yo'nalishlarga 2000$ dan 10000$ gacha belgilangan emish.

Xo'sh aslida rostan ham pul bilan o'qishni ko'chirsa bo'ladimi?

Senzurasiz ochiq gapiramiz: Pul evaziga o'qishni ko'chirishning mutloq imkoni yo'q. Sizga va'da bergan shaxs pulingizni oladi, ishingizni bitirishni aytib sentabr, oktabr, noyabr va keyingi oylargacha umidlantirib cho'zib yuradi. Har safar turli xil bahonalar bilan oradan bir yil o'tganini sezmay ham qolasiz. Hammasini tushunib yetkaningizda esa ham pulingizni ham vaqtingizni yo'qotganingizni his qilasiz. Pulingizni qaytarib olgan taqdiringizsa ham shunchaki axmoq bo'lganingiz qoladi.

"Pul evaziga o'qishni ko'chirish" sxemasi qanday ishlaydi?

Va'da berayotgan shaxs aslida firibgar bo'lib, moddiy ehtiyoji uchun sizdan pul oladi. Ya'ni o'qishingizni perevod qilib berishga ishontiradi va olgan mablag'ini o'zining zarur ehtiyohlari uchun ishlatib yuboradi. Agarda u shaxs xatto sizning tanishingiz bo'lsa ham bu va'dani beryaptimi demak aldayotgan bo'ladi. Sababi buning hech qanday imkoniyati yo'q.

Ushbu firibgarlikning eng keng tarqalgan turi vaqt o'tib pulni to'liq yoki qisman qaytarib berish va sizga osongina "o'xshamay qoldi", "yuqoridagi akaxon ishdan ketib qoldi" kabi mashxur yolg'onlarni ishlatishdir. Pulni qaytarish orqali javobgarlikdan qutulib qolishadi, bu orada sizni pulingizni "aborot" qilingani qoladi.

Falon tanishim pul bilan hal qildiku?!

Xo'sh o'sha tanishingiz rostan ham pul bilan hal qilganiga 100% ishonchingiz komilmi? Balkim u pulini ololmay yurganini sizga aytishdan uyalib shunday degandir? Siz o'sha tanishingizni darslarga borayotganini rostan ham bilasizmi? Rostan ham darslarga boryapti deylik, lekin bu qalbaki hujjatlar natijasida yuzaga keladi va sanoqli kunlarda fosh bo'ladi.

So'nggi yillarda qalbaki hujjatlar bilan davlat oliygohlariga o'qishini ko'chirishga uringan bir qancha talabalar fosh bo'lishdi va xatto javobgarlikka ham tortilishdi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 18:12:41
Back to Top
HTML Embed Code: