Telegram Web Link
🚀 Maker Faire Tashkent – ijod va innovatsiyalar festivalida Nordik jamoasi!

Poytaxtda o‘tkazilgan texnologiya ixlosmandlari festivalida Nordik universiteti Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri Munis Abdullayev va katta o‘qituvchi O‘lmas Zoirov rahbarligida Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalari ilg‘or loyihalari bilan ishtirok etdilar.

1-loyiha: Robot manipulyator — joyida turib ishlaydigan robot qo‘l. Buyumlarni ushlab, ko‘tarish, joylashtirish va aniqlik bilan harakat qilishni o‘rgatadi.
2-loyiha: SCARA robot — rel’s bo‘ylab siljiy oladigan aqlli robot. Keng hududda buyumlarni avtomatik ko‘chirish jarayonini namoyish etadi.

3-loyiha: Robototexnika o‘quv to‘plami — Arduino asosida yaratilgan amaliy o‘quv to‘plami. Talabalar va o‘quvchilarga dasturlash hamda mexanika asoslarini o‘rgatadi.


Ushbu loyihalar “Raqamli transformatsiya” o‘quv-ilmiy laboratoriyasida yaratilgan bo‘lib, yoshlarning ijodkorligi, amaliy tafakkuri va texnologik saviyasini yaqqol namoyon etdi.

Nordik vakillari festivalga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik Sertifikati bilan taqdirlandilar.

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1713🔥93🤩1
🎯 Talabalik davrida daromad topish mumkinmi? Albatta, mumkin!

Nega ko‘pchilik o‘qish bilan bir paytda ishlamoqchi bo‘lganda 🍕 ofitsiantlik, 🚴‍♂️ kuryerlik yoki boshqa kunlik ishlar haqida o‘ylaydi?

Axir bugun raqamli dunyo cheksiz imkoniyatlar eshigini ochmoqda-ku!

👋 Salom, men Akrom. Shu yili universitetni tamomladim.

Atigi 6 oyda SMM sohasi hayotimni butunlay o‘zgartirdi.

Oxirgi 3 yil ichida 27 ta loyihada ishladim va bugun ELITE PROD marketing agentligining asoschisiman 🚀

📆 9-oktyabr, payshanba | soat 14:00
🏫 Nordik 3-binosi, 206-xona

💬 Seminar mavzusi:

“SMM orqali 500$ daromadga qanday chiqish mumkin?”

Qatnashish mutlaqo bepul!

⚠️ Ammo joylar soni cheklangan, shuning uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting👇
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

🤝 Keling, birgalikda raqamli marketing olamining sirlarini ochamiz!

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1612🔥2🏆2💯1
🇺🇿🇵🇱 WSEI universiteti bilan xalqaro tajribalarga yo‘l

Nordik universitetiga Lyublindagi Iqtisodiyot va innovatsiyalar universiteti (WSEI - Polsha) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Suhbat davomida tomonlar Erasmus+ dasturi doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish, akademik dasturlarni boyitish va innovatsion ta’lim yondashuvlarini joriy etish bo‘yicha istiqbolli takliflarni ilgari surdilar.

Ikki oliygoh o‘rtasida yanada mustahkam ilmiy va madaniy ko‘prik barpo etish, yoshlar uchun xalqaro tajriba makonini kengaytirish yo‘nalishlari belgilab olindi.

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍12🔥6👏31💯1
🔥 Tarjima mahoratiga ega bo‘lishga tayyormisiz?

Translators” klubiga marhamat!

🤔O‘zbek adabiyoti durdonalarini jahonga olib chiqamiz.

🤔Eng zo‘r bestsellerlarni ona tilimizga tarjima qilamiz.

🚀 Professional tarjimonlardan sir-asrorlarni o‘rganing.

🤝 Hamfikrlar bilan do‘stlashing.

🚀 Katta loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ling!

👉 Qo‘shiling: Translators klubi

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
76🔥6👏3🏆1
📢 Malakaviy imtihonlar uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!

🎓 Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlar (noyabr sessiyasi) uchun hujjat topshirishingiz mumkin:

➡️08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
➡️08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit
➡️08.00.13 – Menejment
➡️08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya.

🗓 Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 25-oktyabrga qadar (shu kuni ham)

📩 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/xNGTtWVMGc4nWeZA6

📎 Talab etiladigan hujjatlar

📚 Ilmiy izlanishlaringizni yuqori bosqichga olib chiqish imkoniyatidan foydalaning!

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥5💯41
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
⛔️⛔️⛔️⛔️📢📢📢📢

🎬 “Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovida ishtirok eting.

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi – bu Vatanimizni sevuvchi, ijodkor, iste’dodli talabalar uchun katta imkoniyat!

Tanlovning maqsadi:
↪️Talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish;
↪️Ijodiy, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etish;
↪️O‘zbekiston tarixi, madaniyati va yutuqlarini keng targ‘ib etish.
🎥 Tanlovda OTM talabalari – 1–10 kishilik jamoalar yoki yakka ishtirokchilar qatnashishi mumkin.


📤Tanlovga davomiyligi 3-4 daqiqa, formati MPEG-4 bo‘lgan va muallifning o‘zi videoning kamida 60–70% qismida ko‘ringan materiallar qabul qilinadi. Ijodiy yondashuv, ovoz, montaj va badiiy mahorat alohida baholanadi

🏆Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

↪️1-o‘rin – 15 million so‘m
↪️2-o‘rin –12 million so‘m
↪️3-o‘rin – 10 million so‘m
↪️4-o‘rin – 8 million so‘m
↪️5-o‘rin – 5 million so‘m

🏆 Tanlovning oliygoh bosqichi g‘oliblari o‘zi tahsil olayotgan ta’lim tashkiloti tomonidan faxriy yorliq bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏108👍32🔥2🏆1
🇺🇿🇯🇵 Nordik olimi Yaponiya ilmiy grantini qo‘lga kiritdi!

Nordik universiteti prorektori, pedagogika fanlari doktori, professor Odiljon Qo‘ysinov Yaponiyaning nufuzli Nagoya universiteti tomonidan e’lon qilingan Osiyo Satellit kampuslari uchun Transmilliy tadqiqotlar dasturi tanlovida g‘olib bo‘ldi.

📌 Batafsil saytda

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥36👏1712👍8🎉5💯32🏆2🤩1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

📌 Batafsil tanlov nizomi

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 20-oktabr sanasiga qadar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
116👍6💯3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎭 DIQQAT, IJODKOR YOSHLAR!

Talabalar teatr studiyasi o‘z safini kengaytirish uchun kasting e’lon qiladi!

Agar siz sahna san’atini sev­sangiz, aktyorlik mahoratingizni namoyon etishni xohlasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!

📌 Talablar: ijodkorlik, aktyorlik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash qobiliyati.

📅 Kasting sanasi: 10-oktyabr, 14:00
📍 Nordik universiteti 3-binosi

🎤 Sahna sizni kutmoqda!

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍87💯2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚨 Xavfsizlik birinchi o‘rinda!

Nordik universiteti o‘quv binosida xodimlar uchun favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

FVV xodimlari yordamida xavfsizlik yo‘llari, evakuatsiya tartibi va zarur jihozlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamladi.

Nordik rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍199👏53🫡2
📚“E voh” – Erkin Vohidov nomidagi Respublika O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi start oldi!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xalqaro Nordik universiteti, UzReport axborot agentligi va IDC ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan olimpiada o‘zbek tili va adabiyotiga qiziqishni oshirish hamda iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

👩‍🏫 Ishtirokchilar: respublika bo‘ylab barcha maktab, litsey, kollej va nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda xorijiy o‘zbek tili ixlosmandlari.

🗣Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi:
➡️1-bosqich – onlayn (telegram botlari orqali test sinovlari)
➡️2-bosqich – offlayn, ijodiy bellashuv.

🏅G‘oliblar oltin, kumush va bronza medallar bilan taqdirlanadi, shuningdek, Xalqaro Nordik universitetida o‘qishga imtiyozli sertifikatlar hamda xorijiy stajirovka dasturlari uchun yo‘llanmalar bilan mukofotlanadi.


📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram botlar: 
@tasimo3_bot | @tasimo2_bot @tasimo1_bot | @tasimo_bot.

➡️Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 11-oktabr, soat 24:00 gacha

📹YO‘RIQNOMA (https://youtu.be/AmorOYXlMr4?si=JRSBchl5sWYgjJm

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍4🔥32👏1🏆1
2025/10/23 14:58:09
Back to Top
HTML Embed Code: