Telegram Web Link
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 17-18-fevral kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 14,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 20 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 19-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

📱 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Agentlikning my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 29-fevral kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.

🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

📝 Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinadi

🇹🇷 2024-yil 27-fevral kuni Bilimni baholash agentligida Turkiyaning Istanbul Okan universiteti (İstanbul Okan Üniversitesi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv mobaynida baholash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, seminar-treninglar tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni asosida beriladigan turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinishiga kelishildi.

Ma’lumot uchun: Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan milliy sertifikat 2023-yildan Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olingan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 17-18-fevral kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 19-fevraldan 1-martga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 14 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 12 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: imtihon natijalari 11-mart kuni e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 3-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 7 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 17-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (12-14-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 3-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 4-7- va 11-12-mart kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: imtihon natijalari 19-mart kuni e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

🇸🇦 Attanal Alarabiarab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda nomzodlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 gapirish;
🔹 so‘z boyligi va grammatika;
🔹 yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgor my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, imtihonda ishtirok etishlari mumkin.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish va to‘lovni amalga oshirish (990 000 so‘m) 18-mart kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/56

📝 Test sinovi 19-mart kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish (to‘lov qilish — 1 300 000 so‘m) 18-mart kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 19-mart kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

📝 Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/01 14:55:57
Back to Top
HTML Embed Code: