O'rta Osiyoda 2025-yilda eng talab katta frilans sohalarni bilasizmi?
1. Dasturchilar: Web va mobil dasturchilar, kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassislar.
2. Dizaynerlar: UX/UI, Grafik Dizaynerlar.
3. Raqamli marketing va SMM mutaxassislar.
4. Kopirayter va kontent menejerlar.
5. Tarjimonlar.
6. Mobilograf va animatorlar.
👉 @nuriddinoff_blog

🔥4👍3❤1
🤖 Chat GPT ga:
"Roast me as hard as you can based on everything you know about me. Don’t hold back even a little bit. I can take it all. In Uzbek"
deb yozib ko'ringchi 😁 Yaxshigina chaqib oladi.

😁28👍4😢3🔥1
Yoshlarning IT sohasini tanlashda eng katta xatosi — modaga ergashib, qiziqishni e’tiborga olmaslikdir.
Ko‘pchilik dasturlash, dizayn yoki analitikani tanlaydi, chunki "u yerda pul ko'p". Ammo ichki ishtiyoq, qiziqish va chuqur o‘rganishga bo‘lgan istak bo‘lmasa — charchash va yo‘lni yo‘qotish muqarrar.
IT — bu shunchaki mashhurlik yoki dengiz bo‘yida noutbuk bilan ishlash emas. Bu doimiy o‘qish, stress, muddatlar va raqobatdir.
Trendda bo‘lgan sohaga emas, yuragingizni quvontiradigan sohaga qarab tanlov qiling. Faqat shundagina o‘sish, ishdan rohatlanish va haqiqiy qadriyat paydo bo‘ladi.

❤5👍3🔥2
Tafakkuringizni o'zgartirish uchun atrofingizdagi insonlarni o'zgartiring!
👍12
Assalamu Alaykum blogim kuzatuvchilari!
Ancha vaqtdan beri IT sohasiga oid postlar joylamay qo'ydim. Bunga hayotimdagi bir qancha voqealar sabab bo'ldi.
Ayni vaqtda yangi sohada ish boshladim va agar qiziq bo'lsa, tez kunda sizlar bilan bo'lishaman 🤝

🔥24👍10❤1
🕌 Halollik - bu eng oliy qadriyatim!
Ayni vaqtda yangi sohaning qo'lidan ushladim va bu Amerika Fond Bozorida halol aksiyalarga investitsiya kiritish.
🤨 Avval treyderlik sohasi to'g'risida negative fikrlar edim. Lekin Allohning inoyati bilan bu sohada halol va shar'iy jihatdan joiz instrumentlar ham bor ekanligiga amin bo'ldim.
Ayni vaqtda kursni tamomlab, real savdolarni boshladim.
💵 Hozircha eng katta yutug'im, shu haftadan boshlab bir investorning $10.000 lik portfelini boshqarayapman.
🤗 Natijalar bilan bo'lishib boraman va agar men kabi siz ham halol yo'llar bilan moliyaviy erkinlik sari intilishni istasangiz, ushbu blogimda muntazam ravishda postlar joylab boraman.

👍22❤6🔥3😁1😢1
Savdolar boshlandi...
✳️ 2-iyul kuni BigBear.ai Holding Inc kompaniyasining 500 ta aksiyasini $7.60 dan sotib oldim. $10.000 lik portfeldan savdo uchun $3800 (38%) kapital ajratildi.
🧑💻 Kelasi hafta natijalar bilan bo'lishaman insha'Alloh!
@nuriddinoff_blog

🔥14👍3❤1
🔥4😢1
Nega men treyderlikni tanladim?
Investitsiyalar dunyosida shariatga zid bo‘lgan yo‘lga tushib qolish juda oson. Bugungi kunda mashhur bo‘lgan aktivlarning ko‘pchiligi — forex, kriptovalyuta, fyucherslar — ribo (foiz), g‘arar (noaniqlik) va maysir (qimor) unsurlarini o‘z ichiga oladi. Bu esa ularni shariatga muvofiq bo‘lmagan, ya’ni harom aktivlarga aylantiradi.
🔍 Shu sababli men o‘z e’tiborimni AAOIFI — islomiy moliya sohasidagi xalqaro shariat standartiga mos halol aksiyalarga qaratishga qaror qildim.
Bu aksiyalar kompaniyaning faoliyat yo‘nalishi va moliyaviy ko‘rsatkichlariga qarab filtrlashdan o‘tadi. Bu — investitsiya bilan birga axloqiylikni, foyda bilan birga Allohning roziligini uyg‘unlashtiradigan savdo yo‘lidir.
💡 Halol investitsiyalar — bu murosa emas, balki ongli tanlovdir.

🔥9❤2👍1😢1
Nega aynan aksiyalar?
Aksiyalarga investitsiya — bu biznesning hamkoriga aylanish va uning o‘sishidan daromad olish usuli. Agar siz halol (joiz etilgan) aksiyalarni AAOIFI standarti asosida tanlasangiz, sarmoyangiz shariatga mos bo‘ladi — ribo, spekulyatsiya va haromdan holi.
💼 Boshqa biznes turlaridan farqli o‘laroq, halol aksiyalar yuqori daromad keltirishi mumkin va moliyaviy mustaqillikka erishish uchun uzoq muddatli investitsiya sifatida qulay.
Halol boylik sari yo‘l bor. Muhimi — to‘g‘ri sarmoya kiritish.
#investitsiya #halol #AAOIFI #moliyaviyerkinlik #aksiyalar

🔥7❤1
🕌 "Halol aksiyalar" deganda nimani nazarda tutaman?
Men biror aksiyani halol deb ataganimda, bu AAOIFI standartlariga asoslangan bo‘ladi — bu islomiy moliya qoidalarini belgilovchi xalqaro tashkilot.
Ushbu standartlarga ko‘ra, kompaniya halol hisoblanadi, agar:
🔹 Asosiy faoliyati harom sohalarga (spirtli ichimliklar, qimor, foizli kreditlar va h.k.) bog‘liq bo‘lmasa.
🔹 Foizli qarzlar, foizli daromad va boshqa harom manbalar ma’lum chegaralardan oshmasa.
Halol aksiyalarga 3ta misol:
✅ Tesla (TSLA) — elektromobillar va quyosh panellari ishlab chiqaradi. Asosiy faoliyati halol, moliyaviy ko‘rsatkichlari esa AAOIFI mezonlariga mos keladi.
✅ Autodesk (ADSK) — injiniring va 3D dasturlar ishlab chiqadi. Daromadi halol mahsulotlardan, qarz tuzilmasi esa me’yorda.
✅ UpWork (UPWK) — frilanserlar uchun onlayn platforma. Harom xizmatlar ko‘rsatmaydi, moliyaviy holati halollik talablariga javob beradi.

🔥3👍1😢1
🕌 AAOIFI nima va bu aksiyalar savdosiga qanday aloqador?
AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) — bu islomiy moliyaviy muassasalar uchun xalqaro standartlar ishlab chiqadigan tashkilot. Uning bosh qarorgohi Bahraynda joylashgan va standartlari 45 dan ortiq mamlakatda tan olingan.
AAOIFI asosiy maqsadi — shariatga muvofiq bo‘lgan qoidalarni ishlab chiqish. Bu qoidalar hisob-kitob, audit, shariatga moslik nazorati va investitsiyalar, jumladan aksiyalar savdosiga ham taalluqlidir.
☪️ Shariatga muvofiq investitsiya qilishni xohlasangiz — AAOIFI filtrlari sizga yo‘l ko‘rsatadi.

🔥2
Nuriddinoff Blog
Savdolar boshlandi... ✳️ 2-iyul kuni BigBear.ai Holding Inc kompaniyasining 500 ta aksiyasini $7.60 dan sotib oldim. $10.000 lik portfeldan savdo uchun $3800 (38%) kapital ajratildi. 🧑💻 Kelasi hafta natijalar bilan bo'lishaman insha'Alloh! @nuriddinoff_blog
Natijalar gapirsin...
✳️ 2-iyul kuni kuni BigBear.ai kompaniyasining aksiyasiga investitsiya kiritgan edim va bugun pozitsiyani yopib, daromadni olib chiqib ketdim.
💵 Aksiyalar 4 ish kuni davomida ushlab turildi va $500 (13.16%) foyda bilan sotildi.
13.16% - bu aksiya bozorida juda ham yaxshi natija degani.

🔥17❤2
🇺🇸 Amerika fond bozori nima va u qanday ishlaydi?
Amerika fond bozori — bu dunyodagi eng yirik moliyaviy maydon bo‘lib, kompaniyalar shu yerda kapital jalb qiladi, investorlar esa aksiyalarni sotib oladi yoki sotadi.
📌 Ikki asosiy birja:
NYSE (New York Stock Exchange) — eng qadimgi birja, bu yerda Coca-Cola, JPMorgan, ExxonMobil kabi yirik kompaniyalar aksiyalari savdoga qo‘yiladi.
NASDAQ — zamonaviy texnologik birja, Apple, Microsoft, Nvidia kabi IT gigantlari aynan shu yerda savdo qiladi.
🔄 Savdolar qanday amalga oshiriladi?
Xaridor va sotuvchilar narx bo‘yicha takliflar beradi. Narxlar mos tushsa — bitim amalga oshadi. Bu jarayon real vaqtda, millionlab ishtirokchilar ishtirokida bo‘ladi.
📍 Amerika bozori — bu yuqori likvidlik, katta hajmdagi operatsiyalar va har kuni minglab imkoniyatlar. Muhimi — ularni topish va to‘g‘ri foydalana bilish.

🔥3👍1
🥷 Firibgar brokerlar tuzog'iga tushib qolmang!
Hozirda internetda o‘zini "broker" deb tanishtirib, bir necha ming so‘m evaziga sizni millioner qilishni va’da qilayotganlar ko‘paydi. Ular chiroyli gapiradi, "muvaffaqiyatli misollar"ni ko‘rsatadi va daromad kafolatlaydi.
‼️ Ishonmang — bularning hammasi firibgarlar.
Haqiqiy broker hech qachon daromad kafolatlamaydi va "tez boyish" uchun arzimas to‘lov so‘ramaydi.
☝️ Ehtiyot bo‘ling: litsenziyasini tekshiring, sharhlarni o‘qing, yengil pul va’dasiga uchmang.
💡 Treydingda sehrli tugma emas, bilim va sabr bilan ishlaganlar daromad qiladi.

IBKR — halol aksiyalar savdosi uchun eng zo'r broker!
Agar siz musulmon bo‘lsangiz va AQSh fond bozorida halol tarzda savdo qilishni istasangiz, Interactive Brokers (IBKR) — eng ishonchlisi.
✅ Tartibga soluvchi tashkilotlar tomonidan tan olingan:
— AQShning SEC (Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi)
— FINRA (Moliyaviy sanoat regulyatori)
— Buyuk Britaniyaning FCA (Moliyaviy nazorat boshqarmasi)
— va boshqa xalqaro moliyaviy regulyatorlar tomonidan litsenziyalangan.
✅ Nega bu halol broker?
— Marja va svoplarsiz savdo qilish imkoniyati mavjud, bu shariatga mos.
— Halol aksiyalar bilan savdo qilish mumkin.
— Spirtli ichimliklar, qimor, foizli banklar kabi harom sohalarni filtrlash imkoniyati mavjud.
✅ IBKRning kuchli tomonlari:
— Dunyoning eng yirik birjalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish
— Kam komissiyalar
— Zamonaviy platforma va vositalar
— Yuqori ishonchlilik va kapital himoyasi
📌 Agar siz halol investitsiya qilish yo‘lini izlayotgan bo‘lsangiz — IBKR albatta e'tiborga loyiq.

Nega Forex shariat bo‘yicha man qilingan?
Forex tashqi tomondan daromad manbai bo‘lib ko‘rinsa-da, shariat nuqtai nazaridan unda jiddiy muammolar bor.
🔴 Foreksni harom qiladigan omillar:
— Ribo (foiz): ko‘pchilik brokerlar svoplardan foydalanadi — bu esa pozitsiyani keyingi kunga qoldirgani uchun olinadigan foiz. Har qanday ribo Islomda qat'iyan man qilingan.
— G'arar (noaniqlik): yuqori spekulyativlik va valyutaning real yetkazib berilmasligi bitimni shubhali qiladi.
— Maisir (qimor): tez foyda olish uchun xavfli va beqaror savdolar qimorga o‘xshaydi.
📌 Tanlov qilayotganda foydani emas, daromadning halolligini birinchi o‘ringa qo‘yish muhim.

🔥5❤2😢1
Savdolar davom etmoqda...
✳️ Bugun 11-iyul Gorilla Technology Group Inc kompaniyasining 100 ta aksiyasini $22.15 dan sotib oldim. $10.000 lik portfeldan savdo uchun $2215 (22.15%) kapital ajratildi.
🧑💻 Kelasi hafta natijalar bilan bo'lishaman insha'Alloh!
@nuriddinoff_blog
✳️ Bugun 11-iyul Gorilla Technology Group Inc kompaniyasining 100 ta aksiyasini $22.15 dan sotib oldim. $10.000 lik portfeldan savdo uchun $2215 (22.15%) kapital ajratildi.
🧑💻 Kelasi hafta natijalar bilan bo'lishaman insha'Alloh!
@nuriddinoff_blog
🔥7
Nega Gold (oltin) savdosi shariat bo‘yicha taqiqlangan?
Raqamli formatda (CFD, fyuchers va h.k.) oltin savdosi shariat qoidalarini buzadi. Islomga ko‘ra, oltin darhol va to‘liq yetkazib berilish sharti bilan xarid qilinishi kerak — kechiktirish, kredit yoki spekulyatsiyalarsiz.
Ko‘plab islom ulamolari bunday savdoni ribo (foiz) va g‘arar (noaniqlik) deb baholashadi, bu esa uni islomda nojoiz qiladi.
📌 Xulosa: Shariatga amal qilmoqchi bo‘lgan musulmonlarga Gold savdosi tavsiya etilmaydi.

🔥8