Telegram Web Link
MKBANK rahbariyati aholi va tadbirkorlar muammolarini oʻrgandi

Joriy yilning 20-21-oktabr kunlari “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Ikrom Djumaniyazov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida “Navro‘z” mahallasida boʻlib, tadbiroklar va aholi vakillari bilan uchrashdi.

🔘 Taʼkidlash joiz, MKBANK rahbariyati tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash, ularni daromadli mehnatga jalb etishga qaratilgan amaliy ishlarini izchil davom ettirmoqda.

💬 Jumladan, Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda ham tadbirkorlar va yoshlarning faoliyatidagi muammo hamda takliflar tinglandi. Aniqlangan masalalarni hal etish boʻyicha tegishli choralar belgilab olindi.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumani “Alimkent” mahallasida ham uchrashuvlar o‘tkazilib, 20dan ortiq fuqaro va tadbirkorlarning takliflari eshitildi.


➡️ Tashrif doirasida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Ikrom Djumaniyazov xonadonlarda amalga oshirilayotgan mikroloyihalar bilan tanishdi.

@nurmanovich
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏21
MKBANK va The Bank of New York Mellon Corporation hamkorligi mustahkamlanmoqda

⭐️ Bugun The Bank of New York Mellon Corporation vakillari “Mikrokreditbank” ATB bosh ofisiga tashrif buyurib, Bank rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

🔘 Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalari hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar va yangi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ta’kidlash joizki, joriy yil davomida “Mikrokreditbank” ATB The Bank of New York Mellon Corporation’da AQSh dollari (USD), Xitoy yuani (CNY) va yevro (EUR) valyutalarida korrespondentlik hisob raqamlarini muvaffaqiyatli ochishga erishdi.

@nurmanovich
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
MKBANK raisi chimboylik tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi

22-23-oktabr kunlari “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi O.Butayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumaniga tashrif buyurdi.

🔘 22-oktabr kuni Chimboy tumani hokimligi binosida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi O.Butayev tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi va ularning takliflari, muammolari bilan qiziqdi.

💬 23-oktabr kuni esa Chimboy tumanidagi “Temirjoʻl” mahallasida hokim yordamchilari, mahalla bankirlari va mahalla agentlari bilan uchrashdi.

Shundan so‘ng xonadonlarda amalga oshirilayotgan mikroloyihalar bilan tanishdi va aholi takliflaridan kelib chiqib, masʻullarga zarur topshriqlarni berdi.


Batafsil

@nurmanovich
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi yangi imkoniyatlarga eshik ochadi

“Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.

🔘 Tadbirda Boshqaruv raisi o‘rinbosari v.v.b. A.Mustafayev, Kichik biznes departamenti direktori F.G‘aybullayev, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Raxmonberdiyev va tadbirkor yoshlar, mahalla yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda 200 nafarga yaqin yoshlar, jumladan, texnikum talabalari faol qatnashdi. Ular bilan bank xizmatlari, moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlikni boshlash va bandlikni ta’minlash mavzularida ham ochiq suhbat o‘tkazildi.


Batafsil

@nurmanovich
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/27 02:14:43
Back to Top
HTML Embed Code: