"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol bo‘yicha chorak final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi
🔺 13-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti sport kompleksida “Besh tashabbus olimpiadasi” dasturi doirasida o‘g‘il va qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha chorak final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
🔺 Musobaqalarda jamoalar g‘alaba uchun jiddiy kurash olib bordi, o‘yinlar yuqori saviyada tashkil etildi. G‘olib jamoalar yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo'lga kiritdi.
#SportKlubi_NUUz #Voleybol #Besh_tashabbus
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube 🌐 Linkedin
🏆 15-oktyabr kuni musobaqaning final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda eng kuchli jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
#SportKlubi_NUUz #Voleybol #Besh_tashabbus
Biz shu yerdamiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2🔥2🤩1
#XalqaroAlmashinuv #TalabaMuvaffaqiyati
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Shvetsiyada tahsil oladi
🗣 Shvetsiyaning Lund universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Erasmus+ ICM (2025–2028) almashinuv dasturi doirasida O‘zbekiston Milliy universitetining "Yurisprudensiya" yo‘nalishi talabalari uchun suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
⏺️ Suhbat bosqichi natijalariga ko'ra, eng yuqori natijani qayd etgan Ijtimoiy fanlar fakulteti "Yurisprudensiya" yo'nalishi talabalari Yakubova Sevinchbonu Jasur qizi (3-kurs) hamda Urazova Bibinur Nurmuhammedovna (2-kurs) Shvetsiyaning Lund universitetida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
⏺️ Eslatib o'tamiz, "Yurisprudensiya" yo‘nalishining 3 nafar talabalari xalqaro talabalar mobilligi dasturi doirasida Polsha Respublikasining Gdansk universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube 🌐 Linkedin
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Shvetsiyada tahsil oladi
⏺️ Mazkur jarayon Zoom platformasi orqali onlayn shaklda o‘tkazilib, unda talabalar o‘zlarining ingliz tili bilimlari, motivatsiyasi va xalqaro tajriba orttirish borasidagi maqsadlari bilan bo‘lishdi. Ishtirokchilar orasida yuqori darajadagi tayyorgarlik, faollik va o‘z fikrini aniq ifoda eta olish ko‘nikmalari ekspertlar tomonidan baholandi.
Biz shu yerdamiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5🔥2👏1🤩1
#Rektor #Fizika #Kvant
Rektor tashrifi doirasida muhim vazifalar belgilab olindi
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Fizika fakultetida bo‘ldi. Tashrif doirasida fakultet hamda Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi faoliyati bilan tanishildi hamda uni yanada takomillashtirish, bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
🏡 Xususan, markaz va Fizika fakulteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, kvant texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar bildirildi.
📰 Shuningdek, nanofizika, nanotexnologiya va kvant texnologiyalari sohasidagi ilmiy yutuqlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ayniqsa, mazkur fanlarni mutaxassislikning tanlov fanlariga kiritish va o‘qitish usullarini takomillashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube 🌐 Linkedin
Nanotexnologiya va kvant tadqiqotlari sari
Rektor tashrifi doirasida muhim vazifalar belgilab olindi
Biz shu yerdamiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1🔥1🤩1
#Ma'rifat_darsi
Yoshlar va islohotlar: O‘zbekiston Milliy universitetida “Ma’rifat darslari” o'tkazilmoqda
⏺ Bugun, 14-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetining barcha fakultetlarida talabalar uchun “Ma’rifat darslari” tashkil etildi. Unda tajribali professor-o'qituvchilar, atoqli olimlar jalb qilindi.
⏺ Talabalar e’tiboriga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
⏺ Shuningdek, talabalarning bugungi murakkab global muhitda chuqur bilimga ega bo‘lishi, kasbiy mahoratini doimiy ravishda rivojlantirib borishi alohida ta’kidlandi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube 🌐 Linkedin
Yoshlar va islohotlar: O‘zbekiston Milliy universitetida “Ma’rifat darslari” o'tkazilmoqda
Jumladan, keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning xalq farovonligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati atroflicha tushuntirildi.
Biz shu yerdamiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1🔥1🤩1🙏1
