Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti “Siyosatshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” mavzusidagi talabalarning imitatsiyalashgan “BMT-moduli” tashkil etildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥5👍1🎉1
❗️❗️❗️❗️❗️
“Dorilfunun” ansambli kasting e’lon qiladi


🇺🇿 O'zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan “Dorilfunun” musiqa va raqs ansambli san’atga ishtiyoqmand iqtidorli talabalar uchun kasting e’lon qiladi.

🎶 Kasting quyidagi yo’nalishlar asosida tashkil etiladi:

🔺Xonandalik (an’anaviy, estrada)
🔺Sozandalik (milliy, yevropa va boshqa)

⭐️Kastingda ishtirok etish talabi:

🔹Xonandalik va sozandalik bo’yicha boshlang’ich bilimga ega bo’lish (sulhga ega bo'lish, qo’shiq kuylay olish, soz chala bilish)

🔸Ishtirokchilarni ro’yxatga olish joriy yilning 28-oktabr sanasiga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

💻Talabgorlar telegram orqali quyidagi manzilga murojaat etishlari so’raladi
💭@dorilfununansambli

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1👏1
📣 E’LON!

“Eng faol yil talabasi” respublika tanloviga start berildi! 🎓


🇺🇿 Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng faol yil talabasi” respublika tanlovi boshlandi.

📍Tanlovda (bakalavr, kunduzgi) 2-, 3- va 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Oldingi yillarda Respublika bosqichida 1, 2 yoki 3-o‘rinni egallagan talabalar 3 yil davomida qayta qatnasha olmaydi.

📅 Tanlov bosqichlari:
1️⃣Fakultet bosqichi;
2️⃣Universitet bosqichi (noyabr oyida);
3️⃣Respublika bosqichi (dekabr oyida).

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (faqat xotin-qizlar uchun).


G‘oliblar moddiy rag‘batlantiriladi:

🥇1-o‘rin — BHMning 8 barobari;
🥈2-o‘rin — BHMning 6 barobari;
🥉3-o‘rin — BHMning 4 barobari.

Tanlovning fakultet bosqichi 1-noyabr, universitet bosqichi 10-noyabrga qadar o'tkaziladi.

👉 TANLOV NIZOMI

Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 Qo'shimcha ma'lumot uchun

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👏1
“Yosh biokimyogarlar” klubining navbatdagi seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakultetida “Yosh biokimyogarlar” klubining navbatdagi yig‘ilishi seminar shaklida tashkil etildi. Tadbir “Bakteriya genomlarini sekvenslash va yig‘ish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Seminarda Biologiya va ekologiya fakulteti Botanika va genetika kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Iskandar Yoqubov ma’ruza bilan ishtirok etdi. Unda fakultetning professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, magistrantlar hamda bakalavr bosqichi talabalari qatnashdi.

Ma’ruzada bakteriya genomlarini o‘rganishda qo‘llanilayotgan zamonaviy sekvenslash texnologiyalari, genomni yig‘ish (assembly) jarayonining bioinformatik asoslari hamda ushbu usullarning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.


Shuningdek, bakteriyalarning genetik tuzilishini tahlil qilish orqali antibiotiklarga chidamlilik mexanizmlarini aniqlash, yangi biotexnologik mahsulotlar yaratish, metabolik jarayonlarni modellashtirish kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlar xususida ham fikr yuritildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1🎉1
#DavlatTili #21Oktyabr

Talabalar turar joylarida o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etilmoqda


21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti talabalari yashovchi qarashli 6-sonli talabalar turar joyida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev ochib, barcha professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarni ushbu sharafli sana bilan samimiy tabrikladi. U o‘z chiqishida davlat tilining milliy o‘zlik va ma’naviyatni yuksaltirishdagi o‘rni hamda yoshlar zimmasidagi ulkan mas’uliyat haqida ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra Tarix fakulteti dekani Alisher Muminov o‘zbek tilining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi, davlat tili maqomi berilish jarayonidagi murakkabliklar hamda bugungi kunda til siyosatini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1
2025/10/23 19:29:27
Back to Top
HTML Embed Code: