Telegram Web Link
#RaxmatulinO‘qishlari #XalqaroSimpozium

O‘zMUda “Raxmatulin o‘qishlari” xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda


O‘zbekiston Milliy universitetida joriy yilning 23–25-oktabr kunlari elastik-plastik deformatsiya nazariyasi, ko‘p fazali suyuqliklar mexanikasi va eksperimental aerodinamika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Raxmatulin o‘qishlari” xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur ilmiy anjuman O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish, mexanika sohasidagi tadqiqotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, xalqaro miqyosdagi innovatsion yutuqlardan samarali foydalanish hamda sohaga oid hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Simpoziumda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi davlatlardan 40 dan ortiq yetakchi olimlar ishtirok etmoqda.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1
#MarifatUlashib #AdabiyUchrashuv

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

⏰️ Vaqti: 2025-yil, 10-noyabr
📍 Manzil: O‘zbekiston Milliy universiteti, rektorat, Axborot resurs markazi

Mehmon ijodkorlar:

Guljahon Mardonova, taniqli jurnalist, adiba
Iqbol Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri
Fozil Farhod, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati rahbari, nosir

Adiblar haqida batafsil 👉 ma'lumot

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
#XalqaroKonferensiya #Geoinformatika

“O‘zbekistonda geoinformatika: rivojlanishi va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda


Shu yilning 24–25-oktyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekistonda geoinformatika: rivojlanishi va istiqbollari” (InterCarto. InterGIS: 31 va GI 2025) mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasining ikkinchi qismi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur konferensiya 2025-yil 6–11-oktyabr kunlari Rossiyaning Perm va Kudimkar shaharlarida boshlangan bo‘lib, uning Toshkentdagi davomi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan tashkil etildi.

Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Xitoy, Germaniya va boshqa mamlakatlardan kelgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va magistrantlar ishtirok etdilar.

Konferensiya doirasida geoinformasion texnologiyalar orqali ijtimoiy-tabiiy tizimlarning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, geoinformasion modellashtirish va ma’lumotlarni tahlil qilishning yangi usullari, shuningdek, yerni masofadan zondlashning zamonaviy tadqiqot usullari masalalari muhokama etildi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42👏1
2025/10/25 04:13:22
Back to Top
HTML Embed Code: