Telegram Web Link
#Sport #BeshTashabbus

“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi voleybol musobaqasi yakunlandi


🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida Sport klubi mas’ulligida tashkil etilgan musobaqa belgilangan reja asosida, yuqori tayyorgarlik darajasida o‘tdi. Talabalar g‘alaba uchun kurashish bilan birga, jamoaviy ishlash ko‘nikmasini rivojlantirib, sport orqali bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishdi.

Natijalar:


Yigitlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin — Iqtisodiyot fakulteti
🥈2-o‘rin — Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti
🥉3-o‘rin — Kimyo fakulteti

Qizlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin — Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti
🥈2-o‘rin — Tarix fakulteti
🥉3-o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti

🎁Musobaqa g‘oliblari va sovrindor jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥5👍3
🏆🏆🏆

Oʻzbekistonda “Silk Road” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalariga start beriladi

📣 Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, ommaviy sportni rivojlantirish va xalqaro miqyosdagi sport tadbirlariga keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash maqsadida Oʻzbekistonda “Silk Road” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalariga start beriladi.

📍Musobaqalar quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

2025-yil 1–2-noyabr — Xiva shahrida “Silk Road – Khiva” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi;
2025-yil 22–23-noyabr — Andijon shahrida “Silk Road – Andijon” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi;
2026-yil 25–26-aprel — Buxoro shahrida “Silk Road – Bukhara” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi;
2026-yil 9–10-may — Shahrisabz shahrida “Silk Road – Shahrisabz” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi.

🎉G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

🗓Musobaqalarni tashkil etish va natijalarni qayd etish jarayoni tegishli elektron platformalar orqali amalga oshiriladi.

➡️Kimlar ishtirok etishi mumkin?
🔹Talabalar;
🔹Professor-o‘qituvchilar;
🔹Ta’lim muassasalari xodimlari;
🔹Maktab o‘quvchilari;
🔹Ko‘ngillilar.

🏃‍♂️ “Silk Road” yo‘llarida birgalikda yuguramiz! Sog‘lom hayot sari bir qadam tashlang!

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Diqqat, feyk!

❗️O‘zbekiston Milliy universiteti O'quv ishlari bo'yicha prorektori Shuhrat Toshmatov nomidan Telegram messenjerida "Шухрат Тошматов" nomli soxta profil ostida yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.

🚫 Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan yuqoridagi kabi soxta profillardan yuborilgan feyk informatsiyalarni rad etishingizni so‘raymiz.

Ogoh bo‘ling!

____

Внимание, фейк!


❗️В мессенджере Telegram от имени проректора по учебной работе Национального университета Узбекистана Шухрата Тошматова распространяются ложные сообщения под фальшивым профилем "Шухрат Тошматов."

🚫 Просим пользователей социальных сетей отвергать фейковую информацию, отправленную с вышеупомянутых поддельных профилей.

Будьте бдительны!


Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😁65
#Rektor #Tashrif

Rektor ijara xonadonlari hamda TTJda yashovchi talabalar holidan xabar oldi


🗄 O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Olmazor tumanida joylashgan “Mirzo Gʻolib” mahallasida istiqomat qiluvchi talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan muloqot qildi.

🗄 Jumladan, Ijtimoiy fanlar, Xorijiy filologiya, Amaliy matematika, Matematika hamda Tarix fakultetlarining talabalari ijarada turuvchi xonadonlarga tashrif buyurilib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🗄 Shuningdek, rektor universitetga qarashli talabalar turar joylariga borib, u yerdagi talabalar holidan xabar oldi. Talabalar hamda mas’ullar bilan gaplashdi, tegishli fikr va tavsiyalar berdi.

🗄 Rektor talabalarning qiziqishlari, muammolari, taklif va mulohazalarini tingladi. Shuningdek, ularga ilmiy-ommabop, badiiy-didaktik turdagi kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. Universitet rahbari talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Batafsil 👉 nuu.uz

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Olmazor tumanida joylashgan “Mirzo Gʻolib” mahallasida istiqomat qiluvchi talabalarning ijara xonadonlariga hamda universitetga qarashli talabalar turar joylariga tashrif buyurdi.

#Rektor #Tashrif #TTJ #Ijara

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏4😁42👍1
2025/10/21 01:05:36
Back to Top
HTML Embed Code: