Avstriyaning Zalsburg universiteti doktori Dr. Shahnavaz O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ K171 dasturi doirasida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan OTMlararo kelishuvga muvofiq Avstriyaning Zalsburg universiteti “Geoinformatika va GIS markazi” kafedrasi doktori Dr. Shahnavaz O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif davomida Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda u “Globus” o‘quv-metodik xonasidagi ishlar bilan tanishib, mehmonlar kitobiga o‘zi taassurotlarini yozib qoldirdi.

Shuningdek, Dr. Shahnavaz universitetning Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti talabalari uchun “Chorbog‘” o‘quv-dala amaliyoti bazasida “Amaliy geoinformatika” yo‘nalishi bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlar olib bordi.

Batafsil 👉 nuu.uz

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

Ijtimoiy fanlar fakultetida uchrashuv tashkil etildi


O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida "Siyosatshunoslik" yo'nalishi talabalari, tyutorlar va professor-o'qituvchilar uchun Omazor tumani IIB profilaktika katta inspektori Jannatbibi Haydarova, universitet huquqshunos-maslahatchisi Guli Yaxyayeva, yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi mas'uli Dilfuza Vafoyeva va boshqa mas’ullar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Mas’ullar tomonidan talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, uning sodir etilish sabablari, yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, talabalarning turar joyini o‘rganish, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar tomonidan doimiy tushuntirish va nazorat qilish ishlarini olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Talablar tomonidan universitetning ichki tartib, odob-axloq qoidalari va boshqa ichki me’yoriy hujjatlariga qat’iy rioya qilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish zarurligi ta'kidlandi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fan_olimpiada

“Biologiya” fani bo'yicha o'tkazilgan respublika fan olimpiadasi g'oliblari aniqlandi

Shu yilning 7-8-iyun kunlari O’zbekiston Milliy universitetida “Biologiya” fanidan respublika fan olimpiadasi o’tkazildi.

Biologiya fanidan Respublika fan olimpiadasi g'oliblari:

1-o‘rin: Ochilov Lochinbek Xusniddin o‘g‘li — O‘zbekiston Milliy universiteti.
2-o‘rin: Ruiddinov Asilbek Xusan o‘g‘li — Qarshi davlat universiteti.
3-o‘rin: Xamidova Umida Farhod qizi — O‘zbekiston Milliy universiteti.

Olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/08 21:51:03
Back to Top
HTML Embed Code: