Telegram Web Link
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Парламентлараро иттифоқнинг 150-юбилей Ассамблеясида нутқ сўзлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев выступил на 150-й юбилейной Ассамблее Межпарламентского союза.

#Mirziyoyev #nutq #ParlamentlararoIttifoq #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍39🔥3
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qizlaringizni o‘qiting, ularga qanot bering!

Shunday shijoatli, bilimdon, ota-onasining, millatning faxri bo‘lgan qanday qahramon qizlarimizni taniysiz?

@alisher_sadullaev
👍13🔥54👏4😢1
Forwarded from Alisher Qodirov
👍35🔥5👏4🤩4🤬1
9 may — Hotira va Qadrlash kuni

Bu kun — nafaqat eslash, balki o‘ylash kuni hamdir.

Men uchun urush — jasoratni emas, avvalo siyosatdagi xatolarning og‘ir oqibatini anglatadi.
Yuz millionlab begunoh insonlar siyosiy qarorlar qurboni bo‘lgan va bo‘lmoqda.
Bugungi tinch hayotimiz o‘sha fidoiylarning orzusidir.
Shunday ekan, hotira faqat o‘tmish emas — kelajak uchun mas’uliyat hamdir.

Tinchlik — osmondan tushmaydi, u oqilona siyosat, muloqot va dunyoqarash bilan saqlanadi.

Bugungi O‘zbekiston tashqi siyosati aynan shu yo‘lni tanlagan:
Tinchlikparvarlik, yaxshi qo‘shnichilik, ochiq muloqot va o‘zaro hurmat tamoyillari — davlatimizning tashqi dunyodagi yuziga aylangan.

Hech qachon urush bo‘lmasin!
Mustaqilligimizning abadiy bo‘lishini Alloh nasib qilsin!

Odiljon Tojiev
👍245🔥4🤬1
Odiljon Tojiyev
9 may — Hotira va Qadrlash kuni Bu kun — nafaqat eslash, balki o‘ylash kuni hamdir. Men uchun urush — jasoratni emas, avvalo siyosatdagi xatolarning og‘ir oqibatini anglatadi. Yuz millionlab begunoh insonlar siyosiy qarorlar qurboni bo‘lgan va bo‘lmoqda.…
Hotira — saboqdir

Abdumajid qori dodamiz urush paytida ham ro‘za tutgan ekanlar. Tushlik ovqatini ham yemay, iftorgacha saqlab qo‘yar ekanlar.

Bu — sabr, iymon va irodaning yorqin namunasi.

Alloh rahmat qilgan bo‘lsin. Oxiratlari obod bo‘lsin. 🤲

Odiljon Tojiev
25👍9😢8🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Deputatlik faoliyatining eng muhim qismlaridan biri – xalq bilan bevosita aloqada bo‘lish, ularning muammo va ehtiyojlarini joyida o‘rganishdir.

Bu safar o‘z saylov okrugim – Yangiyo‘l tumanida bo‘ldim. Tashrif davomida tumaning turli hududlarini ko‘zdan kechirdik.

Fuqarolarimiz bilan suhbatlashib, mavjud kamchiliklarni aniqlab, bartaraf qilish ishlarini boshladik.

Ish boshlangan. Maqsad aniq. Yo‘l belgilangan. Xullas, vada emas – yechimlar berish harakatidamiz.

Odiljon Tojiev
👍26🔥74👏4🤔3👎1😱1
Tarix yaratildi! 🇺🇿⚽️

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi!
Bu — faqat futbol emas, bu millat g‘ururi, yelkamizdagi yukning yurakdan chiqqan natijasi!
Muborak bo‘lsin, O‘zbekiston!

Odiljon Tojiev
👍23🔥12👏4🤩2😁1
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🕋🌙
Bu muqaddas kunlarda qalblar mehr-oqibatga, qo‘llar esa saxovatga to‘lsin.
Yurtimizga tinchlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!
Hayitingiz qutlug‘, niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!

Odiljon Tojiyev
10👍7🤩3🔥1
🇺🇿 ⚽️ O‘zbekiston 3:0 Qatar!

Guruh bosqichida jamoamiz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va haqli ravishda Jahon chempionatiga chiqdi!

Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarga kuch berdi. Bu – fakt!

Tarixiy natija! Barchaga muborak bo‘lsin!

#Futbol #JahonChempionati

Odiljon Tojiyev
👍1910👏6😁1
Forwarded from Ismoilov Bobur
🚦 Yo‘lda xato qildingizmi? Endi darrov jarima emas, avval ogohlantirish olasiz

🏢 Qonunchilik palatasida yo‘l harakati qoidalariga oid muhim qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi. Bu qonun loyihasi fuqarolarni jazolash emas, tarbiyalashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli.

❗️Eng katta yangilik:
Agar siz birinchi marta, ijtimoiy xavfliligi kam bo‘lgan qoidabuzarlikni sodir etsangiz — jarimaga tortilmaysiz. O‘rniga, rasmiy (elektron) ogohlantirish olasiz.


📌 O'zgartirishlar quyidagi holatlar uchun tadbiq qilinadi:
1️⃣ Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzganda;
2️⃣ Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanganda;
3️⃣ Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-videodasturlarni tomosha qilish maqsadida monitordan (displeydan) foydalanganda;
4️⃣ Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganda;
5️⃣ Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchiligining talablarini buzganda;
6️⃣ Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzganda.


👀 Ushbu yangilik — qonunchilikda jazodan oldin tushuntirishni, bosimdan ko‘ra ishonchni afzal ko‘rilayotganidan darak beradi.

#YangiTizim #QonunYangiTahrirda #YalpiMajlis

✈️ Bobur Ismoilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥6👏4😁2🤩21
2025/07/08 19:14:38
Back to Top
HTML Embed Code: