Telegram Web Link
Hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizni muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ezgulik, saxovat, sabr-toqat va hamjihatlik timsoli bo‘lgan muqaddas Ramazon oyi nihoyasiga yetib, yurtimizda Ramazon Hayiti bayrami keng nishonlanmoqda.

Ushbu ayyom o‘zaro hurmat va mehr-oqibat, tinchlik va barqarorlik, ma’naviy yangilanish kabi azaliy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlash, farovon va taraqqiy etgan jamiyat sari intilayotgan xalqimizga kuch-g‘ayrat, ishonch va ilhom baxsh etadi.

Iyd al-Fitr ayyomida sizga sihat-salomatlik, qalbingizga nur, hayotingizga quvonch hamda xonadoningizga tinchlik va qut-baraka tilayman.

Hurmat bilan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IBRO – 2025 Olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi!

Respublikamiz bo’ylab umumiy 220 672 nafar o‘quvchi ushbu olimpiadaga ro’yxatdan o’tdi! Bu shunchaki raqam emas, bu mehnat, harakat, orzu va ishonchning belgisi.

1–7 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan onlayn olimpiadada barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!

Omad siz bilan bo‘lsin, aziz o‘quvchilar!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Robbit akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

▶️ Ayni damda Toshkent shahridagi Turin Politexnika univeristeti hamda Centrum Air aviakompaniyasi o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolanmoqda!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✈️ TTPU x Centrum Air: Yangi Hamkorlik Memorandumi!

🔥 Katta yangilik! 12-mart kuni Centrum Air aviakompaniyasi vakillari bilan birinchi uchrashuvimiz samarali o‘tgan edi. Bugun hamkorlik memorandumi imzoladik!

Bu nima degani?
Endi univeristetimiz talabalari:
🔹 Aviatsiya va logistika sohasida amaliy tajriba orttirishadi,
🔹 Havo yuk tashish, samolyotlarga texnik xizmat va boshqa yo‘nalishlarda ishlash imkoniga ega bo‘lishadi,
🔹 Sanoat mutaxassislari bilan yaqindan tanishib, real loyihalarda qatnashishadi!

Bu bizning talabalarga haqiqiy aviatsiya muhitida ishlash imkoniyatini ochadigan katta qadam!

🇺🇿 O’zbekiston aviatsiyasida innovatsiyalar yaratishda Centrum Air aviakompaniyasi bilan birga ishlashlikdan mamnunmiz!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✈️ O‘yin yaratib, Baku shahriga bepul sayohat imkoniyatini qo‘lga kiriting!

📅 2025-yil 11–13-aprel kunlari Turkic Game Jam 2025 xalqaro GameJam birinchi bosqichi 5ta Turkiy mamlakatda bo’lib o’tadi. O‘zbekistonda – East Games va Goethe Instituti ko’magi bilan bo’lib o’tadi

💻 Xakaton ikki bosqichdan iborat:

🔹 Birinchi bosqich – mahalliy:
Jamoalar ochilish marosimida e’lon qilinadigan maxsus mavzu asosida o‘yin prototipini yaratish uchun 48 soat vaqtga ega bo‘ladi. Mahalliy ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan saralangan eng yaxshi jamoalar Grand-finalga yo‘l oladi. 
🔹 Ikkinchi bosqich – Grand-final:
Barcha ishtirokchi mamlakatlarning eng kuchli jamoalari Baku shahrida to‘planib, o‘z o‘yinlarini xalqaro darajada namoyish qiladilar. 2025-yilgi Grand-final Baku shahrida bo‘lib o‘tadi. 

📌 Ishtirok etish shartlari:
Jamoa 2–4 kishidan iborat bo‘lishi kerak.

Har bir ishtiishtirokchi 48 to'xtamasdan offlayn formatda o’yin yaratishga tayyor bolishi kerak
⚠️ Ishtirokchilar soni cheklangan!

🔗Ro’yxatdan o’tish uchun havola!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Universitetimizda turli yo‘nalishlarda yuksak iqtidor egalari tahsil olishmoqda.

♟️Nodirbek Abdusattorov – shaxmat bo‘yicha jahon grossmeyster.
🏆Javohir Sindarov – atigi 12 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan shaxmatchi.
🔬Asadbek Urunov – birinchi o‘zbek "robodoctor" loyihasining muallifi.
🛰Ziyodulla Bo’taxonov – aerostat yordamida stratosferani zabt etgan ilk o‘zbek ixtirochi.
🚁Dilmurod Rustamov – dron texnologiyalari bo‘yicha yetuk mutaxassis.

🚀 Sizda ham ular bilan birga o‘qish, orzular sari birgalikda intilish imkoniyati bor!

🎓 Sizning kelajagingiz TTPU bilan boshlanadi – hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT, MUHANDISLAR!
Tanlov muddati 10-aprelgacha uzaytirildi – ulguring!

Agar sizda zo‘r g‘oya, loyiha yoki ixtiro bo‘lsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!

Qatnashing, g‘olib bo‘ling, va uyga BYD elektromobilini minib keting!

Tanlov yo‘nalishlari:
🔹 Eng yaxshi g‘oya
🔹 Eng yaxshi loyiha
🔹 Eng yaxshi ixtiro

Kimlar qatnasha oladi?
• Talabalar
• Amaliyotchi muhandislar
• 40 yoshgacha bo‘lgan ustozlar

Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin – BYD elektromobili
(jami 9 ta!)
🥈 2-o‘rin – Chet elda stajirovka
🥉 3-o‘rin – Pul mukofotlari

Faqat bitta yo‘nalishda qatnashish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish:
🌐 https://muhandis.edu.uz/

Savollar bo‘lsa:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09

Qani, muhandislar – endi navbat sizda! Orzudagi mashina sizni kutyapti!


🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur

⚔️Dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda tavallud topgan kun

Bugun, 9-aprel kuni buyuk tarixiy shaxs, o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi bo'lgan Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul tavalludiga 689 yil to'ldi. U 1336-yilning 9-aprel kuni Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani) da tavallud topgan.

🇺🇿Amir Temur bobomizning «Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar» degan hikmati insonni doimo aql-idrok, ilmu ma’rifat asosida yashashga da’vat etishi bilan e’tiborlidir.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BYD kompaniyasining Chjenjou shahri yaqinida qurilayotgan yangi Megafabrikasi haqida ma'lumotlarga ko'ra, fabrikani maydoni 130 kvadrat kilometrni tashkil etadi, bu San-Frantsisko shahridan katta va Tesla gigafabrikasidan 10 baravar kengroq. Boshqa manbalar esa 60,000 ishchi xodimlari soni ekanini qayd etadi.

BYDning klaster shaklidagi sanoat rivojlanishi doirasida yig'ish bo'limlari, komponentlar ishlab chiqarish zavodlari, ilmiy markazlar, sinov maydonchalari va ijtimoiy infratuzilma ham qurilishi kutilmoqda.

Kompaniya 2024-yilda elektr avtomobillar ishlab chiqarish bo'yicha Tesla'dan o'zib, dunyo yetakchisi bo'lgan.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚁 Bugungi kunda dronlar sohasi butun dunyo bo‘ylab katta e’tibor va qiziqish uyg‘otmoqda. Ular qishloq xo‘jaligidan tortib harbiy texnika, monitoring, xaritalash, logistika va hatto kino sanoatigacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda.

🎓 Turin Politexnika Universitetimizda ham ushbu sohani chuqur o‘rganish, dronlarni boshqarish, dasturlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, milliy dronlarni loyihalash va ishlab chiqarish borasida jiddiy qadamlar tashlanmoqda.

👨‍💻 Ushbu yo‘nalishda alohida faollik ko‘rsatayotgan, o‘z tashabbuslari va texnik bilimlari bilan ajralib turgan talabalarimizdan biri bu — Dilmurod Rustamovdir. U universitetdagi yetakchi yosh muhandislardan biri sifatida dron texnologiyalari yo‘nalishida bir nechta innovatsion loyihalar ustida jamoasi bilan birga izchil va samarali ish olib bormoqda.

🚀 Hozirda Dilmurod va uning jamoasi bilan o‘z dron modellarini yaratish, parvoz testlarini amalga oshirish kabi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘lida izlanishlar olib bormoqda.

🏆 Kelajakda Dilmurod kabi bilimli, tashabbuskor va mas’uliyatli yoshlarimiz yurtimizda dron sanoatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynashiga ishonchimiz komil!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Aprel oyi muhandislik, texnologiyalar oyligi!

“Kelajak muhandislari” festivalida aviatsiya musobaqalariga start berildi!

💡 “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan aviatsiya musobaqalarida 15 dan ziyod oliy taʼlim muassasalari talabalari, harbiy qism kursantlari hamda turli yoshdagi yoshlardan iborat 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Bellashuvlar 3 yoʻnalishda oʻtkazilmoqda:
Drone Racing – qatnashchilar oʻz dronlari belgilangan yoʻnalish boʻylab toʻsiqlarni yengib oʻtib, marraga eng qisqa vaqtda yetib borishlari kerak.
Havo jangi – qatnashchilar raqib droni tasmasini kesish va havodagi muvozanatni saqlagan holda maksimal ball toʻplash uchun kurash olib borishadi.
Raketa modellashtirish – ishtirokchilar oʻzlari loyihalagan va yigʻgan raketalarni uchirishadi. Raketalarning uchish balandligi, barqarorligi va texnik yechimlari maxsus hakamlar tomonidan baholanadi.

Bu musobaqalar yoshlarimizning qanot yozib, orzulari sari parvoz qilishlariga ilhom baxsh etadi!

🎓 Ushbu bellashuvlarning Raketa modellashtirish yo'nalishi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan tashkillashtirilmoqda!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Turin Politexnika Universiteti asosan muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan bo'lsada, Biznes menejment kabi yo‘nalishning mavjudligi universitetimizning keng qamrovli va zamonaviy talablarga moslashgan oliy ta’lim muassasasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

🗓 14-aprel kuni universitetimizda "Eng yaxshi biznes strategiyasi" tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda nafaqat TTPU talabalari, balki yurtimizning turli universitetlaridan tashrif buyurgan talabalar ham o‘z biznes g‘oyalari va startap loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.

🚀 Tanlov nihoyatda ko‘tarinki ruhda, raqobatga boy, va ijodiy yondashuvlarga to‘la tarzda o‘tdi. Bunday tadbirlar yoshlarimizning tadbirkorlik salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 14:57:00
Back to Top
HTML Embed Code: