Telegram Web Link
#Eʼlon
#Tanlov

⚡️Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi

Oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 Batafsil ko‘rish

❗️Muddat: 10.08.2023

☎️ 71-207-03-43 (108)
👍8🔥2
#sayyor_qabul
#Margilon


⚡️DIQQAT E’LON!!!

🔰 Marg’ilonlik yoshlar bilan bugun soat 17:00 dan boshlab Raqamli Texnologiyalar Markazida sayyor qabul o’tkazamiz.

Qabulda Oliy ta’lim muassasalari talabalari, innovatsion g‘oya va startap loyihalar tashabbuskorlari hamda ushbu yo‘nalishda o‘zlarining qiziqtirgan savollari mavjud yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun:
☎️ +998 73 254 24-04
+998 99 642 24 04

Manzil:
📍Marg‘ilon shahar Xiyobon ko‘chasi 65-uy
Mo'ljal: Diyor mehmonxonasi orqasida
👍5🆒2
Farg’onada 2 kun davomida xizmat safarida bo'ldik va viloyatning turli hududlaridagi yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil qildik

Ularning taklif va fikrlari bilan tanishib, muammolariga yechim topishga, zarur mas'ullarni biriktirishga, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish uchun ko’rsatmalar berishga harakat qildik.

Zero, rivojlanish faqat poytaxtda emas, respublika miqyosida bir xilda bo’lishi zarur. Buning uchun esa, har bitta yoshning g’oyalari tinglanishi, ularga e’tibor qaratilishi va imkoniyat yaratilishi zarur.
4🔥4🆒2👍1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uzbekiston24


Maxsus reportaj | Atrof-muhit muhofazasida innovatsion loyihalar

🎥Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan atrof-muhit muhofazasi yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan O'zbekiston 24 telekanali maxsus reportajida tanishishingiz mumkin.

Telegram 🕊| Instagram📱 | Facebook📱 |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⚡️⚡️Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyati uchun e'lon qilingan startap loyihalar tanlovi 1-bosqich natijalari e'lon qilindi.

Tanlov natijalari bilan “Parvoz” loyihasi rasmiy kanalidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

👉Tanlov natijalarini ko’rish
👍1🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔺Har qanday sirtni quvvat manbaiga aylantira oladigan ultra yupqa quyosh batareyalari

Ular inson sochidan ham yupqaroq bo'lib, og’irligi standart panellarga qaraganda 100 baravar kam va kilo boshiga 18 baravar ko'proq quvvat beradi.

MIT ixtirochilarining ta'kidlashicha, panellar siyoh asosidagi materiallar yordamida tez, oson va arzon tayyorlanadi.

Ushbu quyosh batareyalari har qanday sirtga yopishishi mumkin va hech qanday montajga muhtoj emas. Bu esa o'rtacha quyosh panellari og'irligini 450 kg dan atigi 20 kg gacha kamaytiradi.

Biroq, ushbu ultra-yupqa quyosh batareyalarini hozircha keng foydalanish uchun joriy qilib bo’lmaydi. Jamoa hali ham yorug'likni saqlagan holda batareyalarni ob-havodan himoya qilish uchun to'g'ri keladigan ultra yupqa qadoqlash materialini qidirmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
#iqtibos
#citata

"Siz muammoga olib kelgan fikrlash uslubi va yondashuvni saqlab qolar ekansiz, vujudga kelgan muammoni hal qila olmaysiz."

©️Albert Eynshteyn
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔺NASA jonli translyatsiyalar va original seriallar bilan o'zining striming xizmatini ishga tushirmoqda

NASA o'zining yangilangan strategiyasining bir qismi sifatida "NASA+" striming platformasini 2023-yilning yozida ishlay boshlashini e'lon qildi.

Platformada agentlikning jonli efirlarini kuzatish va NASA kosmik missiyalari haqidagi seriallarni tomosha qilish mumkin bo'ladi. Shuningdek, bir nechta original loyihalar suratga olish rejalashtirilgan.

U bepul va reklamasiz taqdim etiladi.

Koinot agentligi, shuningdek, o'z bo'linmalari, missiyalari va tadqiqot loyihalari haqidagi ma'lumotlarni birlashtirish uchun veb-sayti va mobil ilovasini yangilash ustida ishlamoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1😍1
🔺YouTube sun’iy intellekt funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Funksiya avtomatik ravishda videolarni qisqacha mazmunini sunʼiy intellekt yordamida yoritib beradi.

YouTube ta'kidlashicha, bu sayt foydalanuvchilariga videoni tomosha qilishdan oldin, uning nima haqida ekanligini bilib olish va qiziqarli yoki foydali videolarni tezroq topishga yordam beradi.

2023-yilning 1-avgustidan YouTube bu funksiyani kam sonli foydalanuvchilarga test shaklida taqdim etdi. Agar tajriba muvaffaqiyatli oʻtsa, ular ushbu funksiyani YouTubeʼning ommaviy versiyasiga qoʻshishni rejalashtirmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1😍1💯1
Endi zerikarli video muloqotlarga ortiqcha vaqt sarflamasangiz ham bo'ladi.

"TACTIQ" ilovasi sizga Zoom. Google Meet, MST Teams orqali bo'ladigan video suhbatlarni konspekt shaklida tayyor taqdim etadi, bu vaqt ichida esa siz boshqa muhimroq vazifalaringizni bajarib olishingiz mumkin.

🔹Foydalanish juda oson:

1. Ushbu xizmatni taqdim etuvchi saytga Google akkauntingiz orqali kirasiz.
2. Kerakli sozlamalarni kompyuter yoki telefoningizga yuklaysiz.
3. Zarur qo'ng'iroqni tanlaysiz
4. Muloqot yakunlangach Tactiq xizmatidan ushbu qo'ng'iroq konspektini yuklab olasiz.

Xizmat o'zida barcha qo'ng'iroqlaringiz konspektini saqlaydi va siz xohlagan payti kirib ularni qayta o`qib chiqishingiz mumkin.

📌Hozircha ushbu xizmatdan faqat rus va ingliz tillarida foydalanish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍431🔥1👏1💯1🆒1
🧠Sun’iy intellekt endi Excel ni ham egallamoqda

Rows.com da siz endilikda turli formulalar va qiyinchiliklarsiz Excell dagi amaliyotlarni bajara olasiz.
Shunchaki ma’lumotlarni kiritasiz va servis hammasini siz uchun o’zi bajaradi.

Sun’iy intellekt jadvalni juda tezkorlik bilan tahlil qilib, qisqa xarakteristika berishi va sizga kerakli shaklda ma’lumotlarni jamlashi mumkin.

Siz hattoki ma’lumotlar bo’yicha sun’iy intellektdan savollarni so’rashingiz va undan javob olishingiz mumkin.

Rows.com dan hozirda mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin.
👍5
👍5🔥21🤔1🙏1💯1
⚡️⚡️So’rovnomada 50 foizdan ko’proq odam “Startap g’oyalar va ularni rivojlantirish” bo’yicha kontentga qiziqish bildirdi.

Shu sabab bugun “Startap uchun biznes plan tuzayotganda e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan 10 ta jihat” mavzusida post joylanadi.

Kuzatib boring!
👏131
💡Muvaffaqiyatli startap uchun biznes-rejani ishlab chiqishda e'tiborga olish kerak bo'lgan 10 ta asosiy element.


1. Bozor tadqiqoti. To'liq bozor tahlilini o'tkazing, shu jumladan raqobatchilar, tendensiyalar va potensial auditoriyani o'rganing.

2. Maqsadli auditoriya. Maqsadli auditoriyangizni aniqlang, eng jozibali va foydali bo'ladigan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqish uchun ularning ehtiyojlari, didlari va afzalliklarini o'rganing.

3. Noyob taklifi. Raqobatchilaringiz bilan solishtirganda sizni nima noyob qilishini va mahsulot yoki xizmatingiz foydalanuvchiga qanday foyda keltirishini aniqlang.

4. Biznes model. Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida ham daromad olish va foyda olishga yordam beradigan samarali va barqaror biznes modelini ishlab chiqing.


5. Moliyaviy reja. Sotish, xarajatlar, investitsiyalar va kutilayotgan foydani o'z ichiga olgan batafsil moliyaviy rejani ishlab chiqing.


6. Marketing strategiyasi. Mahsulot yoki xizmatingizni reklama qilish va maqsadli auditoriyangizga erishishga yordam beradigan marketing strategiyasini ishlab chiqing. Ijtimoiy media, kontent marketingi, PR va reklama kabi maqsadli marketing vositalarini qo'shing.

7. Jamoa va boshqaruv. G’oyangizni hayotga tatbiq etish uchun siz bilan ishlash uchun malakali mutaxassislar jamoasini to‘plang. Samarali boshlang'ich boshqaruvni ta'minlash uchun rollar va mas'uliyatlarni tayinlang.

8. Texnologiya va infratuzilma.
Operatsiyalaringizni qo'llab-quvvatlash uchun mustahkam texnologik infratuzilmani taqdim eting. Bu dasturiy ta'minot, serverlar va boshqalarni o'z ichiga olishi mumkin.

9. Doimiy rivojlanish va innovatsiyalar. Raqobatbardosh bo'lib qolish va yangi mijozlarni jalb qilish uchun doimiy takomillashtirish va innovatsiyalarga intiling. Tajriba qilishdan va o'zgaruvchan bozor talablariga moslashishdan qo'rqmang.

10. Kengaytirish va masshtablash. Biznesingizni kelajakda kengaytirish strategiyasini rejalashtiring. O'sish potentsialini va yangi bozorlarga kirish yoki yangi mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini aniqlang.

📌Muvaffaqiyatli startap puxta rejalashtirish va tayyorgarlikni talab qiladi. Umid qilamanki, ushbu 10 ta element kelajakdagi startapingiz uchun mustahkam biznes-rejani yaratishga yordam beradi!
👍5👏2
#Iqtibos
#citata

“Biznesda hamkor va sherik sifatida siz bilan bir xil ko’nikmalarga ega insonni emas, sizning mahoratlaringizni va zaif tomonlaringizni to’ldira oladigan odamni tanlashingiz kerak.”

©️Jek Ma
3🆒3💯2
2025/07/10 22:16:40
Back to Top
HTML Embed Code: