Telegram Web Link
Forwarded from polito.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

💐Barcha ustozlarni 1-oktabr — "Ustoz va murabbiylar kuni" bilan tabriklayman!

Olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda kuch-gʻayrat, yutuq va omadlar, xonadoningizga fayz-baraka tilayman!

@olimjon_tuychiev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tili o‘zbek xalqining maʼnaviy mulki, faxri va iftixoridir!

21-oktabr buyuk maʼnaviy boyligimiz bo‘lmish o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Milliy til davlatning rivoji, qolaversa millat sifatida dunyo tamaddunida o‘zining munosib o‘rnini egallashi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. U muloqot vositasigina bo‘lib qolmay, insonning ichki olamini ifodalaydi, dunyoni teran idrok qilishiga ko‘maklashadi, dunyoqarashi va kamolotini belgilab beradi. Shuning uchun ham yer yuzida rivojlanayotgan har qanday davlat o‘z tilining mavqesini yuksaltirishga intiladi.

Sizlarni yana bir bor ushbu shukuhli kun - ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi bilan chin dildan tabriklayman. Barchangizga sog‘liq-salomatlik, oilalaringizga tinchlik, xonadoningizga fayz-baraka tilayman.

Hurmat bilan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev.
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida ochiq muloqotlarga taklif etamiz!

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi o‘zining eng qaynoq nuqtasiga kelmoqda.

15-noyabr kuni soat 14:00 da “Zakovat arena” binosida fan va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Ochiq muloqotda Olimjon To‘ychiyev, Shaxnoza Joldasova, Sarvarbek Bahodirov, Muhammadali Eshonqulov, Abdulaziz Yakubov kabi spikerlar ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qilishadi.

Quyidagi bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va ochiq muloqotda ishtirok eting!

Roʻyxatdan oʻtish uchun: @poytaxtuzbot

Telegram | Instagram | Facebook
🎓17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni!

Barcha talaba yoshlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni bilan chin dildan tabriklayman.

Sizlarga sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman. Ilm yo‘lida chekkan mashaqqatlaringizning yuksak natijalarini ko‘rish va yetuk salohiyatli kadr bo‘lishingizga tilakdoshman.

Umrning beg‘ubor fasli, katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi va ulkan orzu-umidlar bilan to'lgan ushbu talabalik davrida yangi maqsadlar sari ildam qadamlar bilan olg'a yurishdan to'xtamang.

Ishonamanki, sizlar zamonaviy bilim va ko'nikmalarni puxta egallab, o‘z irodangiz va g‘ayrat-shijoatingiz bilan Yangi O'zbekistonimizning mustahkam poydevorlari bo'lasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gumanoid — odamsifat robotlar xavflimi?

Texnologiyalar asrida aql bovar qilmas kashfiyotlarning guvohi bo’lyapmiz. Sun’iy intellekt, odamsifat robotlar va keng imkoniyatlarga ega nanotexnologiyalar sizu bizni shoshirib qo’yayotgani bor gap!

🔥 “UNDOV” podkastning bu galgi sonida aynan mana shu mavzuda o’zbekcha gapiradigan birinchi robot yaratuvchisi, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori — Olimjon To’ychiyev o’z tajriba va bilimlarini o’rtoqlashdi. Quyidagi linkni bosing va mavzuga doir dunyoqarashingizni kengaytiring!

Podkastda ushbu savollarga javob topishingiz mumkin:

• Odamsifat robotlarning insoniyat hayotiga ta’siri qanday?
• Sun’iy intellektning hayotimizga integratsiyasi qanday kechadi?
• Yo’qolib ketish arafasida turgan kasblar qaysilar?

📹 Havola: https://youtu.be/eEUtfzhBaNQ

📰“Podkastni albatta ko‘raman!” – deganlar, chaqmoq bosing⚡️

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TestBor.uz билан математикани осон ва қулай ўрганинг!

Турин политехника университети битирувчилари яратган сунъий интеллектга асосланган платформа, 1-11-синф ўқувчиларига ўйин шаклида ва рақобат муҳитида математикани қизиқарли ўрганишни таклиф этади. Шунингдек, ўқувчилар платформада даромад топиш имкониятига ҳам эга.

👉 https://kun.uz/kr/38277366

Реклама
Forwarded from Testbor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2–11-sinf o‘quvchilari uchun Matematika olimpiadasi!

2 soat ichida misollarni ishlang.
💰 1 million so‘mgacha pul yutib oling!

Ro‘yxatdan o‘tish: https://testbor.uz/uz/contests/testbor-matematika-olimpiadasi
Forwarded from Testbor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Matematika Olimpiadasi boshlandi!
2-11 sinf o‘quvchilari uchun:
2 soat misol ishlang, 1 mln so‘mgacha pul yutib oling! 💰

🌐 testbor.uz
🌐 @testboruz_bot
📩 @testbor_manager
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni 8-dekabr – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Konstitutsiya – bu bizning mustaqilligimizning mustahkam huquqiy asosidir. U O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyo hamjamiyatida o'z o'rnini topishiga, xalqimizning erkinligini, teng huquqliligini va jamiyatdagi adolatni ta'minlashga qaratilgan eng muhim hujjat hisoblanadi.

Bugungi kunda Konstitutsiya bizning kundalik hayotimizda, davlat boshqaruvi va jamiyat taraqqiyotining har bir jabhasida o'z aksini topmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, adolatli jamiyat qurishga qaratilgan sa'y-harakatlar ushbu bosh Qomusimiz asosida amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda ulkan zafarlar tilayman.

Hurmat bilan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev.
Forwarded from Testbor
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Matematika va shaxmatning uyg‘unligi haqida Nodirbek Abdusattorov fikrlari

Xalqaro grossmeyster, jahon shaxmat chempioni Nodirbek Abdusattorov matematikaning shaxmatdagi muhim o‘rni haqida gapirdi. Uning fikricha, matematikani chuqur o‘rganish nafaqat shaxmatdagi muvaffaqiyatlarga, balki hayotda analitik fikrlashni rivojlantirishga ham yordam beradi.

🔢 "Matematika - bu shaxmatning asosi," - deydi Nodirbek. Matematikani yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchi murakkab shaxmat kombinatsiyalarini aniqlashda va strategiyani oldindan rejalashtirishda muvaffaqiyat qozonadi.

📚 Nodirbek o‘quvchilarga Testbor.uz platformasidan foydalanishni tavsiya qildi. Bu sayt orqali matematika bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash, zaif tomonlarni aniqlash va maxsus mashqlarni bajarish imkoniyati mavjud.

🚀 Shaxmatda muvaffaqiyatga erishish uchun matematika bilan do‘stlashishni boshlang! Testbor sizning bilimlaringizni yangi darajaga olib chiqishga yordam beradi.

👉 Matematikani va shaxmatni rivojlantiring, muvaffaqiyat sari birinchi qadamni tashlang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ҳақиқий_раҳбар

Олий таълим, фан ва инновациялар вазири Конгратбай Шарипов Миллий тадқиқот Университетида талабаларга дарсларни амалий тажрибаларга бой тарзда инновацион ёндашув билан ташкил этиб берибди.


Мана раҳбар қандай бўлиши
керак👏👏

👉 @PATRUL_UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va talaba yoshlar!

Sizlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan samimiy muborakbod etaman!

Yangi yil barchangizga sihat-salomatlik, Davlatimiz ravnaqi yo'lida olib borayotgan mehnatingizga kuch-g‘ayrat va ezgu maqsadlar sari dadil odimlashga ilhom baxsh etib, oilalarimizga tinchlik-xotirjamlik, hayotimizga esa fayz-baraka olib kelsin.

2025-yil qutlug' kelib, har tomonlama omadli va sermahsul yillardan bo'lishini tilab qolaman.

Hurmat bilan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev.
Forwarded from polito.uz
#Maqola

"EKOLOGIK IZ" "YASHIL IQTISODIYOT ORQALI OʻCHIRILADI

"Yangi Oʻzbekiston" gazetasining navbatdagi sonida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyevning ""Ekologik iz" "yashil iqtisodiyot" orqali oʻchiriladi" sarlavhali maqolasi chop etildi.

⬇️PDF faylni yuklab olish

THE ECOLOGICAL FOOTPRINT WILL BE ERASED THROUGH THE GREEN ECONOMY

The next issue of the "New Uzbekistan" newspaper features an article by Olimjon Tuychiev, Rector of Turin Polytechnic University in Tashkent, titled "The Ecological Footprint Will Be Erased Through the Green Economy".

⬇️Download the PDF file

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni muborak bo’lsin!

Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash yo'lida kun-u tun fidokorona va mardonavor xizmat qilib kelayotgan barcha harbiylarimizga hamda mamlakatimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan jasur, shijoatli va mehnatsevar barcha yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildirib, mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, sharafli kasblarida zafarlar tilaymiz.
Forwarded from polito.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Otabek Mahkamov tomonidan ochiq muloqot oʻtkazildi

Joriy yilning 23-yanvar kuni jurnalist, huquqshunos, aktyor va bloger Otabek Mahkamov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonni universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, TTPU talabalari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi. Unda Otabek Mahkamov shaxsiy rivojlanish va ijodiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonish haqidagi ma'lumotlar berib, sayohat qilish borasidagi o'zining boy tajribasi bilan o'rtoqlashdi.

Tadbir soʻngida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassisidan ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

🔺An open dialogue with Otabek Mahkamov held at Turin Polytechnic University in Tashkent

On January 23 of this year, journalist, lawyer, actor and blogger Otabek Mahkamov visited Turin Polytechnic University in Tashkent.

During the visit, the guest was introduced to the university's activities in detail. Additionally, an open dialogue was held with the participation of TTPU students. In the session, Otabek Mahkamov shared insights on personal development and achieving success in creative endeavors, as well as his rich experiences in travel.

At the end of the event, students had the opportunity to ask their questions and receive valuable information from an expert in the field.

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺Joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Italiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🔺On January 27th of this year, the Italian delegation visited Turin Polytechnic University in Tashkent.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 15:02:26
Back to Top
HTML Embed Code: