Telegram Web Link
ROBOTOTEXNIKA BO’YICHA O’ZEBKISTON TERMA JAMOASIDAN NAVBATDAGI GʻALABA!

Turkiya Redpublikasida o’tkazilgan Robototexnika xalqaro olimpiadasida 20 ga yaqin mamlakatlarning iqtidorli oʻquvchilari bilan birga Terma jamoamiz a’zolari 2 yosh toifasi boʻyicha munosib ishtirok etib, 4 yoʻnalishda jami 11 ta medalni qoʻlga kiritdi:

🥇1-o‘rin:
MBot Line Following: Zomin IMI, Farg‘ona PM
Lego Sumo & FootBot: Namangan PM
FootBot: Zomin IMI

🥈2-o‘rin:
FootBot: Zomin IMI, Farg‘ona PM
Lego Line Following & MBot Line: Namangan PM
Lego Sumo: Farg‘ona PM

🥉3-o‘rin:
Lego Sumo: Zomin IMI

Batafsil 👈

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 🇺🇿 O‘zbekiston chempion!

O‘smirlar jamoamiz U-17 Osiyo kubogi-2025 turniri g‘olibi 🌟#U17

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TTPUda «Ilg‘or fan va texnologiyalar» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 22-23-aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida universitet tashkil topganligining 16 yilligiga bag‘ishlangan “Tadbirlar haftaligi” doirasida «Ilg‘or fan va texnologiyalar» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔹Tadbir davomida mashinasozlik va aerokosmik muhandislik, tabiiy va matematika fanlari, axborot texnologiyalari, qurilish va arxitektura, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilinadi.

Tadbirda oliy ta'lim tashkilotlari vakillari, olimlar, soha mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etib, o‘zlarining tadqiqot natijalari va ilg‘or tajribalari bilan bo‘lishadilar.

🗓O‘tkaziladigan sana: 2025-yil 22-23-aprel kunlari
⏱️Boshlanish vaqti: 14:30
📍Joy: TTPU, B bino, Grey Hall/Yellow Hall

Tadbir dasturi

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Bugun universitetimizga Toshkent viloyati Bekobod shahrining PIIMA tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

🌟 Bu yigit-qizlarni ko‘rib, yoshligim ko‘z oldimga keldi — men ham xuddi shu yigit-qizlar kabi Bekobodda maktabda o‘qiganman. Ularning ko‘zlaridagi ishonch, ilmga bo‘lgan qiziqish va kelajakka bo‘lgan umid menga o‘sha davrlarimni eslatdi.

📝 Ushbu tashrif doirasida maktab rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzoladik. Ushbu hamkorlik orqali biz iqtidorli o‘quvchilarni erta aniqlash, ularni ilm-fanga yo‘naltirish va kelajakda universitetga tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshiramiz.

🏆 Ishonamanki, bu kabi tashriflar yosh avlod qalbida katta orzular va yuksak maqsadlar uyg‘otadi. Kelajakda ular orasidan yetuk olimlar, muhandislar, va jamiyatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi yetakchilar yetishib chiqishiga ishonaman.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤓 Bugun Turin Politexnika Universitetimizning 16 yilligi munosabati bilan talabalarimiz o‘rtasida o‘zbek milliy taomi — osh pishirish bo‘yicha qiziqarli bellashuv tashkil etildi!

Har bir jamoa o‘ziga xos uslubda osh tayyorlab, mas’uliyatni bo‘lib olish, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va jamoaviy hamkorlik kabi ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamladi.

Bellashuv davomida talabalarimiz nafaqat osh pishirishda o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi, balki milliy taomlarimizni pishirishni bilish va uni boshqalarga o‘rgatish muhim bir qadriyat ekanini anglab yetishdi. Bu esa ularning madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatini oshiradi va uni saqlashga undaydi.

🌟 Yakunda tayyorlangan oshlar birga dasturxon atrofida tatib ko‘rdik. Eng mazali osh tayyorlagan guruhlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt mavzusini davom ettiramiz!

Microsoft birinchi sun’iy intellekt shifokorini chiqardi — DxGPT
DxGPT bu — simptomlar va anamnez asosida tashxis qo‘yadigan neyron tarmoq.

U Yevropa shifokorlari bilan hamkorlikda yaratilgan, shuning uchun DxGPT hatto kam uchraydigan kasalliklarni ham aniqlay oladi.

Hammasi oddiy: jins, yosh va shikoyatlaringizni kiritasiz — va ehtimoliy tashxislar ro‘yxatini olasiz.

Manba: @nanouzbek

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 21:34:28
Back to Top
HTML Embed Code: