Telegram Web Link
🔺TTPU va "The kasb xususiy bandlik agentligi" o‘rtasida xalqaro bandlik bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga "The kasb xususiy bandlik agentligi" vakillari tashrif buyurib, universitetimiz hamda agentlik o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.

Unda yosh mutaxassislarning Yevropa davlatlarida mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot almashinuvi, hamkorlikda seminar va treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o'rtasida ushbu yo'nalishlar bo‘yicha Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

So‘ngra xorijda tahsil olish istagidagi talabalar uchun Agentlik vakillari tomonidan trening o‘tkazildi. Unda xorijda ishga joylashish tartibi, kerakli hujjatlar, til va kasbiy malaka talablari, shuningdek, The Kasb agentligi ko‘rsatadigan xizmatlar bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Grok sun'iy intellekti PDF hujjatlarni yaratishni o‘rgandi — endi neyron tarmoq rezyume, hisobot, konspekt, taqdimot va umuman har qanday hujjat tuza oladi.

Videolarda sifatini ko‘ring: formatlash joyida, shrift o‘lchamlari aniq, formulalar va hatto grafiklar — hammasi tartibli va toza, eng muhimi esa - bepul.

Promptga shunchaki «PDF yarat» deb qo‘shish kifoya — mana shu yerda.

Manba: @nanouzbek 🇺🇿

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 Amerikaning Harvard Universiteti Sun’iy intellekt, data science, dasturlash va biznes ilovalarini qamrab oluvchi to'qqizta eng yaxshi onlayn kurslarni bepul taklif qildi.

🛠 Mavzular orasida Python yordamida “Machine Learning” fanini o’rganish , mobil ilovalarni ishlab chiqish va Sun’iy intellekt yordamida biznes strategiyalar kiradi.

💰 Mutaxassislar va talabalar uchun moliyaviy to'siqlarsiz malaka oshirish uchun asosiy imkoniyat.

Manba

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimiz “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari “Xalqaro savdo” fan doirasida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Huawei kompaniyasi xodimlari talabalarni kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati, mobil aloqa tarmoqlari rivojlanishi, 4G va 5G texnologiyalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirdi. Xususan, Huawei kompaniyasida faoliyat yuritayotgan, “Seeds for the Future” ta’lim dasturi ishtirokchisi va TTPU bitiruvchisi Amirxon Qoriyev o‘zining ta’lim va kasbiy yo‘lidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

💻 Talabalar Huawei AKT Akademiyasi tomonidan taqdim etilayotgan onlayn kurslar va xalqaro sertifikat dasturlariga katta qiziqish bildirishdi. Tashrif yakunida talabalarga kompaniya ofisi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi!

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Bayraktar TB3 PT-3 suvda harakatlanib ketayotgan Anadolu harbiy kemasining bortiga avtonom tarzda uchish hamda qo’nish testlarini amalga oshirdi!

🛫 Ushbu test butunlay avtonom tarzda muvaffaqiyatli amalga oshirildi!

Manba

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Diqqat, ijodkorlar, geymerlar va animatsiya muxlislari

Sizni GAMEFEST 2025 — Xalqaro O‘yinlar va Animatsiya Festivaliga taklif qilamiz.

📆 16–17 may
📍 IT Park Complex

Festivalda sizni nimalar kutmoqda?
🎮 O‘yinlar forumi
🎨 Animatsiya forumi
🕹 Xalqaro GameJam tanlovi
🚀 ScaleUp & Fund: Pitch sessiyasi
🤝 B2B Growth Exchange
🌍 O‘yinlar va animatsiya ko‘rgazmasi

Game Jamda ishtirok etish uchun ariza topshirishni unutmang.

Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o’tish uchun:
www.gamefest.uz

Manba

🕊Telegram | 📱Instagram | 👥Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 06:04:47
Back to Top
HTML Embed Code: