Telegram Web Link
Channel created
Isaak Nyuton taraqqiyotni ishga tushiruvchi kuch haqida

"Magarki men hammadan uzoqni ko‘ra olgan ekanman, demak gigantlarning yelkasida turganman".

© Isaak Nyuton

@Olimlar
📝Ulug‘lar hayotidan lavhalar

Bir olim o‘zi yozgan kitobni Abu Ali Ibn Sinoga (maqtanish uchun) ko‘rsatdi. Abu Ali kitobni boshidan oxirigacha varaqlab ko‘rib chiqdi va egasiga qaytardi.
O‘sha kuni olim o‘z kitobini podshohga (Buxoro amri Nuh ibn Mansurga) sovg‘a qildi. Amir so‘radi:
— Bu kitobni kim yozgan?
— Buni kamina yozganman, — dedi haligi olim.
Ibn Sino kulimsirab:
— Yo‘q, bu kitobni men yozganman, — dedi.
Podshoh ajablanib so‘radi:
— Buni qanday isbotlaysan?
Ibn Sino kitobning mazmunini boshdan oxirigacha yoddan aytib berdi.
Haligi olim podshoh oldida xijolat bo‘lib, nima deyishini bilmay qoldi.
Podshoh kitob muallifini koyidi:
— Nechun yolg‘on gapirding?
Haligi olim kuyinib, o‘zini oqlay boshladi.
— Bu kitobni, axir, men yozganman.
Podshoh Ibn Sinoga savol nazari bilan qaradi.
Ibn Sino javob berdi:
— Oliy hazrat, afv eting. Bu kitobni shu olim yozgan. Men faqat uning kitobini bir varaqlab chiqib yodlab olgan edim.
Podshohning chiroyi ochilib, har ikki olimni maqtadi.


🎯 @olimlar
Buyuklarga yaqinlashgan sari ular ham bizdek inson bo'lganliklarini anglaymiz.

La Braer

👉@olimlar
📝 OLIM HAYOTIGA OID FAKT

Galiley N. Kopernikning geliosentrizm haqidagi qarashlarini yoqlagani uchun 1633-yilda katolik cherkov tomonidan inkvizitsiya sudiga berilgan, natijada Nikolay Kopernik taʼlimotidan voz kechishga majbur boʻlgan (Kopernik ta'limotiga ko'ra, yer olam markazi emas, yer va boshqa sayyoralar quyosh atrofida aylanadi). Katolik cherkovi bilan sudidan soʻng, Galiley chiqib, "U baribir oʻz oʻqi atrofida alanadi!", - deb aytgan.🌍☀️

P.s: Faqat 1992-yilga kelibgina Vatikan ,,Yer quyosh atrofida aylanadi" degan nazariyani tan olgan. Ungacha yer olam markazi deya tushuntirib kelingan.

🅾 @Olimlar
📝 OLIM HAYOTIGA OID FAKT

Galiley N. Kopernikning geliosentrizm haqidagi qarashlarini yoqlagani uchun 1633-yilda katolik cherkov tomonidan inkvizitsiya sudiga berilgan, natijada Nikolay Kopernik taʼlimotidan voz kechishga majbur boʻlgan (Kopernik ta'limotiga ko'ra, yer olam markazi emas, yer va boshqa sayyoralar quyosh atrofida aylanadi). Katolik cherkovi bilan sudidan soʻng, Galiley chiqib, "U baribir oʻz oʻqi atrofida alanadi!", - deb aytgan.🌍☀️

P.s: Faqat 1992-yilga kelibgina Vatikan ,,Yer quyosh atrofida aylanadi" degan nazariyani tan olgan. Ungacha yer olam markazi deya tushuntirib kelingan.

🅾 @Olimlar
UZ: O’tgan kun haqidagi: «Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?» — degan savollarga javob topilmaguncha ko‘zlaring uyquga ketmasin. Pifagor

RU: Не закрывай глаз, когда хочешь спать, не разобравши всех своих поступков за прошедший день. Пифагор

EN: Do not close your eyes when you want to sleep, not to dismantle all of its actions in the past day. Pythagoras

🅾 @Olimlar 🅾
👍E'tiboringizga Eynshteynning hayotidagi qiziqarli faktlarni havola etamiz.

🧦“Yoshligimda oyog‘imning bosh barmog‘i ertami kechmi paypog‘imni teshib chiqishini payqab qoldim. Shu-shu paypoq kiymay qo‘ydim”. Ha, xuddi shunday! Butun umr paypoq kiymay yurgani olimning g‘alati odatlaridan biridir.

🖼 Olimning eng mashhur suratida esa u tilini chiqargancha turibdi. Bu surat ilm-fan olamida ham o‘ziga xos quvnoqlik borligiga ishora ekanligini olimning o‘zi ta’kidlagan. Surat 1951 yil 14 mart (Albertning tug‘ilgan kuni) da tushirilgan.

Albert Eynshteyn topishmog‘i butun dunyoda mashhurlikka ega. Ajablanarlisi, bu jumboq aynan Eynshteyn tomonidan o‘ylab topilgani haqida hech qanday aniq ma’lumot yo‘q.

💼 Prinston universitetiga kelgan Eynshteyn o‘z kabinetiga katta sig‘imga ega axlat chelagi qo‘yishlarini iltimos qiladi. “Nega?” — deb so‘rashadi hayron bo‘lib. Olimning javobi esa sodda va lo‘nda bo‘ladi: «Chunki men juda ko‘p xato qilaman!”.

🧠Albert Eynshteyndan so‘rashibdi: “Buyuk fikrlaringizni qanday qilib qayd etib borasiz?” Eynshteynning javobi quyidagicha: “Buyuk fikrlar miyamga ba’zi-ba’zida kelib qoladi, shuning uchun ularni yozib qo‘ymasdan ham eslab qolsa bo‘ladi”.
Eynshteynning ayolidan eri haqida so‘rashibdi: “U daho. U hamma narsaga qodir” — ayol bu gapiga shunday qo‘shimcha qiladi: “pul topishdan boshqa”.
Haligacha odamlar orasida xato bir fikr yuradi. Nima emish, Eynshteyn maktabda yomon o‘qiganmish. Bo‘lmagan gap! Gap shundaki, 1896 yilda u o‘qigan Aarau shahridagi mavjud ta’lim standartlariga ko‘ra, 2 bahosi eng yuqori baho edi. Buni noto‘g‘ri tushungan odamlar esa uni ikkichiga chiqarib qo‘yishadi.

🚰Ezma jurnalistlardan biri Eynshteynga odatiy savolni beradi: “Agar fizik bo‘lmaganingizda qaysi kasbni tanlar edingiz?”. Eynshteyn miyig‘ida kulib: “Albatta, vodoprovodchi!” — deb javob beradi. Qizig‘i, biroz vaqt o‘tib AQSh Vodoprovodchilari Kasaba Uyushmasi Eynshteynni “Faxriy vodoprovodchi” unvoni bilan taqdirlaydi.

Eynshteyn ma’lum muddat ixtirolarga patent beruvchi idorada ishlagan. O‘sha paytda u qiziq bir narsani payqab qoladi. Uning aytishicha, barcha buyuk yangilik va ixtirolar odatda ikki so‘zdan iborat jumladan boshlangan ekan: “BU IMKONSIZ!”
Biz bilan birga yuksak marralar sari olg'a.

🅾 @Olimlar 🅾
BILASIZMI?
Eynshteyn kuniga 10 soatdan ko'proq uxlagan va ko'p yangiliklarni uyqusida topgan

🅾 @Olimlar 🅾
Mashhur nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen bir kuni qiziq bir maktub oldi. Maktub muallifi shunday deb yozgan edi:
— Janob Rentgen, iltimos menga rentgen nuridan bir qutichaga solib yuborsangiz. Koʻkrak qafasimda oʻq qolganga oʻxshaydi, shuni tekshirib koʻrmoqchiman.
Rentgen unga shunday javob yozdi:
— Aksiga olib nurlarim tugab qolgan edi. Ikki kun ichida yana ishlab chiqaraman. Vaqtni boy bermay desangiz, zudlik bilan menga koʻkrak qafasingizni joʻnating.

🅾 @OLIMLAR 🅾
Ko‘kat yuvib o‘tirgan Diogen qulog‘iga Aflotun shunday deb
shivirlabdi:
— Shohning xizmatiga kirganingda edi, ko‘kat yuvib o‘tirmagan
bo‘larding.
Diogen ham Aflotun qulog‘iga ohista shipshidi:
— Ko‘kat yuvishni bilganingda edi, shohga maddohlik qilib yurmagan bo‘larding.

🅾 @OLIMLAR 🅾
100 yil yashashni istaganlar uchun yaponcha qoidalar

1. Telefonda so‘zlashganda o‘ng emas, balki chap qulog‘ingizga telefonni olib boring.

2. Qahva ichishingiz mumkin. Lekin kuniga maksimal 1 marotaba.

3. Faqat iliq suv iching. Muzli ichimliklardan saqlaning.

4. Kechki soat 7dan keyin go‘sht iste’mol qilmang.

5. Kunduzi ko‘proq, kechasi esa kamroq suv iching. Har kuni ertalab och qoringa bir stakan suv ichishga odatlaning.

6. Telefoningizni zaryadlovchi qurilmani yotog‘ingizdan uzoqroqqa joylashtiring. Yotog‘ingizda telefon bilan uxlashga odatlanmang.

7. Miriqib uxlash uchun faqat kechki soat 10 dan ertalabki 6 gacha vaqt muhim ahamiyatga ega. Boshqa paytlarda uxlash vaqtni bexuda sarflamoqdir.

8. Agar telefon zaryadi indikatori 1 qiymatigacha tushib ketsa, u orqali yaxshisi qo‘ng‘iroq qilmang! Bu paytda undan tarqalayotgan radiatsiya darajasi 1000 baravarga oshadi.

9. Immun tizimingiz uchun eng yaxshi ichimlik – bu zanjabil (имбирь) qo‘shilgan sabzi va olmali sharbatdir. Immun tizimingiz esa – bu 95% sog‘lig‘ingiz demakdir.

10. Ovqat ketidan ichishingiz mumkin, lekin faqatgina iliq va qaynoq ichimliklarni. Ovqat ketidan sovuq suv ichsangiz, tanovul qilingan yog‘lar qalinlashadi.

Kanalga ulanish: @Olimlar
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Lazer yordamida xolning yo'qotilishi

Kanalga ulanish: @Olimlar
👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pastki jag'ni xirurgik usulda to'g'irlash.

Kanalga ulanish: @Olimlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yerning dengiz va okeanlarsiz xaritada ko'rinish shakli. 💧

Kanalga ulanish: @Olimlar
2025/07/13 20:47:48
Back to Top
HTML Embed Code: