Telegram Web Link
O‘tgan hafta men British Council tomonidan tashkil etilgan katta tadbirida ishtirok etdim. Buyuk Britaniyada tahsil olib, bugun mamlakatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan eng faol bitiruvchilarni bir joyga jamladi.

Edinburgh universiteti bitiruvchisi va Mutolaa loyihasi menejeri sifatida men o‘z tajribam bilan o‘rtoqlashib. Shunday mazmunli eventni tashkil etgani uchun British Council Toshkent jamoasiga katta rahmat!
🔥7👍53
Kitob va kitobxonlik kelajagi qanday?

Kitobni koʻrinishi, shakli, oʻqilish uslubi va umuman bu tushuncha yaqin kelajakda qanday boʻlishi haqida biror tasavvur bormikan. Men uchun bu juda qiziq.
5
Olimov's note
"Daholik kamyob, lekin jasorat undan ham kam uchraydigan hislat" (Brilliant thinking is rare, but courage is in even shorter supply than genius.) Piter Tilning "No'ldan birga" kitobidan. Shu jumlani o'qir ekanman, ko'zlarim chaqnab ketdi. Jamoamda va atrofimda…
Qo‘rquv bilan yuzlashish.

O‘tgan hafta yozgan postimni mantiqiy davomi bo‘lsa kerak bu post. Xullas, qo‘ruvni yengish uchun “Men nimadan qo‘rqyapman? Eng yomon holatda nima bo‘lishi mumkin?” deb o‘zingiz bilan gaplashing. Undan ham yaxshi uslub, uni yozing. Ko‘pincha bizning qo‘rquvimiz haqiqatdan ko‘ra kattaroq bo‘ladi. 

Men o‘zim biror narsada sal qo‘rquv bo‘lsa tezda o‘zimga savol beraman "Eng yomon holatda nima bo‘ladi?" Mendagi javoblar quyidagicha: o‘lim😑, qonunni buzish, odamlarni dilini og‘ritish, sharmanda bo‘lish...

O‘zingiz tasavvur qilishga ham qo‘rqadigan, yuz berish ehtimoli bor bo‘lgan yakunlarni tanlab oling. Agar biror ish boshlashda shu eng yomon ssenariylar bo‘lmasa qolgani sizga tajriba, ikkilanmasdan bosish kerak.

Misol uchun, Startap boshlash qo‘rquv: “Agar muvaffaqiyat qozonmasam-chi?” 

Eng yomon holat: “Qanchadir pul yo‘qotasiz, olti oy yoki bir yil vaqtingiz ketadi. Bevafo dunyo! Xo‘sh nima bo‘libdi?"

Lekin Siz tajriba orttirasiz, bozorni o‘rganasiz va kelajakda bundan ham kuchli loyiha qilasiz. Pul va vaqt ketadi, ammo bilim va tajriba qoladi.

Tangani ikkinchi tarafi, ishlab ketsa-chi! Unda nima bo‘ladi? U yog‘ini o‘zingiz tasavvur qilavering. Men bugun faqat eng yomon holat haqida yozdim. Eng yaxshi holatlarni eplaganingizcha tasavvur qilib olavering.
👍761🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eshigingiz tagidan chiqindilarni olib, maxsus joyga olib borib qo'yishadi. Ajoyib startup g'oya. Bunisiga nima deysiz?
🤯3👍2
Yaqindan boshlab, kunda kunora 2 yoki 3-qavatdagi qaysidir bir o'ta "farosatli" qo'shnimiz chiqindilarini derazasidan pastga otish odatini shakllantirib olibdi. Kim ekanligini bila olmayapmiz. Bunday odamlar nafaqat bizni yaqinimizda balki har qanday joyda yetarlicha topilsa kerak. Shunday dangasa va befarosatlar uchun bu startup yechim bo'lar edi... Shunday deyman-u, lekin bunday odamlarga yaratgan bas kelmasa bandasi qiynaladi. Men taslim bo'lmoqchi emasman, albatta u g'alamisga qarshi chora ko'ramiz.
👍104🔥1😁1
Tez orada ushbu kitob Mutolaaga joylanadi. Kutayotganlar bormi?
14🔥5
ChatGPT taqdimotini ko'rib, undagi o'zgarishlardan va kelajakda nimalar bo'lishdan hayratga tushayapman. Biz qachonlardir kitoblarda o'qigan kinolarda ko'rgan turli revolutsiyalarni ichida yashaypmiz. Bu endi kitob yoki kinoda ko'radigan narsa emas balki reallikdir.

Bu o'zgarishlarda biz nima qila olamiz? Bundan qanday foydalana olamiz? Qanday product quramiz? Bu savollar menga tinchlik bermayapti. Bugun jamoamiz bilan shu mavzularda o'tirib ancha o'yladik va rejalarni qildik.

Hozirda ChatGPT da ilovalar integratsiya qilindi, endi siz tashqariga chiqib boshqa ilovalardan ma'lumotlarni ChatGPT ga olib kelmaysiz balki hammasi bir joyda bo'ladi. Tez orada esa, ilovalarni shu yerda yaratish mumkin bo'lar ekan. Taqdimot qiziq bo'lsa bir ko'ringlar, foydadan holi bo'lmaydi.

Bu bo'yicha fikrlar va loyihalar bo'lsa biz bu bo'yicha ishlashga tayyormiz.

https://www.youtube.com/watch?v=hS1YqcewH0c
🔥4
Inkubatsion va akseleratsion dasturlar bizda kam.

Shu munosabat bilan tez orada mustaqil shunday dasturni tashkil qilishni rejasini qilayapmiz. Bu dasturga “builder” dastur qura oladigan va “seller” mahsulot sota oladigan yoshlarni jamoaga taklif qilaman.

Agar bu sizga qiziq boʻlsa, albatta kuzatib boring. Yaqinda e’lon qilamiz.
🔥5👍4
Bambuk: sabr va o‘sish haqida

Bambuk urug‘i ekilgandan keyin birinchi besh yil davomida deyarli hech qanday o‘sish boʻlmaydi. Har kuni suv quyiladi, parvarish qilinadi, lekin yer ostida oʻzgarish yoʻqdek.

Keyin esa, oltinchi yilda u birdan bir necha hafta ichida 20 metrgacha oʻsadi. Ko‘rinib turgan mo‘jiza aslida besh yil davomida tuproq ostida qurilgan mustahkam ildizlar natijasidir.

Bugun biroz oʻylash va oʻzim bilan oʻzim qolishga vaqt boʻldi. Biroz falsa haqida oʻqidim. Menimcha bizning hayotimizda ham bambuk misoli kabi ishlaydigan vaziyatlar bor. Ba’zan o‘z ustimizda ishlaymiz o‘qiymiz, mehnat qilamiz, o‘zgaramiz, lekin tashqi natijalar ko‘rinmaydi. Shunda ko‘pchilik sabrsizlik qiladi, yo‘ldan qaytadi, umidsizlikka tushadi.

Ammo bambuk bizga shuni eslatadi: Sening mehnating hozircha ko‘rinmayotgan bo‘lishi mumkin, lekin u yer ostida ildiz otayapti.

Har bir sabrli kun, har bir kichik harakat, kelajakdagi oʻsish uchun tayyorgarlik. Natija keladi, kerakli joyda va vaqtida albatta keladi.

PS: Bambuk kabi boʻling doʻstim, bambuk😅
9🔥3😁2🌚1
Mahalla kutubxonalari va Mutolaa hamkorlikda yangi loyihasni boshladik. Shahnozaning fikriga qo'shilaman va bu loyiha yuz minglab yoshlarni hayotini o'zgartirishiga ishonaman.

Litseyda o'qib yurgan vaqtimizda, Zangiota tumani markazida eski lekin ancha katta kutubxona bo'lar edi. O'sha yerga Nurbo'l, Abdulloh va boshqa kursdoshlar bilan borib turli kitoblar olib o'qiganmiz. (Bazilarini hali ham uyimda qolib ketgan, shularni qaytarishim kerak😅) Yaqinda yo'lim tushib, ko'rib o'tay degan edim. Yopilgan ekan. Endi o'z mahallamda kutubxona ochishni va o'z kutubxonamdan kitoblar taqdim qilishni reja qilayapman. Shu kabi tashabbusga odamlar o'z xissasini ixtiyoriy qo'sha olsa zo'r bo'lardi. Qo'shishadi ham deb o'ylayman.

Misol uchun, Janubiy Koreyada yashaydigan do'stim ham mahallasiga kutubxona ochishni reja qilib menda yo'l-yo'riq so'ragan edi. Kaliforniyaga safarimiz davomida Nozimjon aka bilan ko'rishgan edim. U inson o'z hisobidan Amerikadan kitoblar olib kelib, Andijonda katta kutubxona qurayotgan ekan. Aytmoqchiman-ki, bunday jonkuyarlar juda ko'p. Nasib qilsa birgalikda shu yo'nalishda ham ishlasak va loyiha qilsa bo'ladi deb o'ylayman.

Yangi boshlagan loyihamiz barakali va manfaatli bo'lsin. Biz har doim jamoamiz bilan hamkorlikka tayyormiz!
🔥72
Jamoadoshlarimiz jo'natishibdi. Qanchalik o'xshagan?

Endi shu qomatga erishish uchun harakat qilishim kerak :)
😁2041
Ishga olamiz!

Do'stlar, xullas AI yo'nalishida video, foto va kreativ yaratishga alohida loyiha qilayapmiz. Hozirda bizda bu yo'nalishda kichik jamoa ishlayapti. Endi bu yo'nalishga yanada ko'proq e'tibor berib, uni mustaqil qilishni reja qilayapmiz. Siz ham shu sohaga qiziqsangiz, menga quyidagilarni jo'nating:

1. CV
2. AI orqali qilingan ijodiy ish (Video, foto va boshqalar)


Oylik: 5-10 mlngacha (tajribaga qarab kelishiladi)

Bu postni AI sohasiga qiziqadiganlarga jo'natib qo'ying.
73🙏3
Bir necha kundan beri biroz tobim yo‘q. Qiladigan ishim dorilarni vaqtida ichish, yotish va kino ko‘rish. Anchadan beri bunga vaqt bo‘lmayotgan edi. 

Kecha “The Physician” (Tabib) filmini maza qilib ko‘rdim. Aktyorlar mahorati, kadrlar, sahnalar, musiqa va o‘sha davrni ruhiyatini beruvchi barcha detallar ajoyib ko‘rsatilgan ekan.

Bir o‘zbekistonlik sifatida, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bobomizning hayotini ekran orqali ko‘rish meni rosti juda xursand qildi. To‘g‘ri bu kinoda biroz mubolag‘alar va badiiylik bor. Menimcha bu ok.

Filmda Ibn Sino rolini mashhur aktyor Ben Kingsley ijro etgan. Filmni tomosha qilar ekanman, shuni his qildimki, bundan ming yil avval Buxoro yaqinida tug‘ilgan insonning yozgan asarlari yuzlab yillar davomida Yevropa universitetlarida o‘qitilgan. 

Agar hali "The Physician" (Tabib) filmini ko‘rmagan bo‘lsangiz, albatta tomosha qiling.
👍107
Jamoamizga yangi transfer🚀

Faxriddin Ahmadni anchadan beri ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib kelar edim. Bir ikki videolar bo'yicha birga ishladik ham. Bugun ertalabdan gaplashib, birga doimiy ishlashni va AI global yo'nalishida yangiliklar qilishni kelishib oldik.

Endi nima bo'ladi? Endi AI bilan mini serial, video, foto va media mahsulotlarini doimiy ishlab chiqaramiz. Har kuni yangi tajriba, har kuni test. Nasib qilsa bu kichik yo'nalish alohida loyiha bo'ladi.

Kitoblarni umuman boshqacha qilib, "bomba" reklama qilmasak bo'lmaydi. Fikrlar va takliflar bo'lsa biz doim aloqaga tayyormiz.

Hammaga hayrli kun do'stlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥183
YC uchun ariza topshirishni boshladim.
1🔥124🙏2
Hamkorlikdagi ulush (equity) taqsimoti va hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida ajoyib video. Asosiy g'oyalarni yozib chiqaman:

Ulushda saxiy bo‘lish

Dastlabki, eng og‘ir yillarda jamoani motivatsiya qilish muhim. Adolatli va saxiy ulush taqsimoti jamoaning sadoqatini oshiradi va sog‘lom madaniyat yaratadi.

Vesting va Cliff tizimini qo‘llash

Standart shakl: 4 yillik vesting, 1 yillik cliff bilan. Bu tizim kompaniyani erta tark etganlardan himoya qiladi. Har kim ulushini o‘z hissasi bilan topishi kerak faqat ishtirok etishni o'zi yetarli emas.

Faqat muhim hamkorlarni tanlash

Faqat MVP (minimum viable product) ni yaratish uchun zarur odamlarni qo‘shing. Juda ko‘p hamkor bo'lishi murakkab muhit va nizolarni keltirib chiqaradi. “Co-founder” unvoni osonlikcha berilmasligi kerak.

O‘tgan ishni emas, kelajakdagi hissani mukofotlash

Ulush kelajakdagi ishga motivatsiya berishi kerak, o‘tgan mehnatni emas. CEO sust ishlayotgan hamkorlarga nisbatan chora ko‘ra olishi zarur.

Hamkorlikdan chiqish (breakup) qoidalari

Agar hamkor 1 yillik cliffga yetmasdan ketadigan bo‘lsa → odatda 2–5% ulush oladi. Kutilmagan vaziyatlar uchun ulushni saqlash va kengashdagi rol borasida aniq qoidalar belgilang.

Keng tarqalgan xatolar:

- Fikr (idea) ni ijrodan (execution) ortiq qadrlamang.
- Tajriba yoki maosh asosida tengsiz taqsimot xato bo‘lishi mumkin.
- Qisqa muddatli adolat emas, uzoq muddatli barqarorlikni o‘ylang.
- Vaqtinchalik (part-time) hamkorlarga yo‘q deyish kerak
- Part-time hamkorlar odatda muvaffaqiyatli startaplar qurmaydi.
- “Natijaga qarab ulush berish” (performance-based equity) yaxshi eshitiladi, lekin startaplardagi maqsadlar juda o‘zgaruvchan.
👍41
Forwarded from Mutolaa
🎁 Toshkent shahrida boʻlsangiz, sizga zoʻr xushxabarimiz bor!

20-21 — oktabr kunlari Toshkent shahrining “Yoshlar ijod saroyi”da oʻzbek tili bayrami munosabati bilan bir qator loyihalar taqdimotlari boʻlib oʻtadi!

— Albatta tashrif buyuring!


🎉 Taqdimotda sizlarga ajoyib syurpriz tayyorlaganmiz!

Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
Qizim hafta oxiri intiqlik bilan kutadi. Ikkimiz bozorga boramiz, oʻyinchoq, qatiq va sirok olamiz. Uyga qaytib, Dev va qizaloq, Nonni bosgan qizaloq, Qunduz amaki va boshqa klass multiklarni tomosha qilamiz. U multfilmlardagi gʻoyalar ajoyib, ranglar koʻzni charchatmaydi, tezlik ham yuqori emas.

Shovqin joylar, bolalar maydonchasida yurishdan koʻra uyda hotirjam oʻynab oʻtirishni afzal koʻrayapti. Bu esa menga juda maqul. Endi otasini qizi boʻlayapti. Qatiq ichib, hotirjam, hech qayerga shoshmasdan, uyda yonboshlab dam olish kunini oʻtkazish = baxt. Bu ham bir ajoyib davr menimcha.
29👍7
Bu yerda juda qiziq ishlar boshlanibdi. Albatta kirib koʻring va qatnashing.

Biror bilmni oʻqish - tahsinga sazovor ish. Oʻqigan narsasini tahlil qilish insonni olim qilishi mumkin. Oʻqib, tahlil qilib yana uni hayotga tadbiq qilish muvaffaqiyat garovi boʻlsa kerak.

Bunday zoʻr tashabbusdan qolib ketmang.
🔥53
2025/10/19 15:37:59
Back to Top
HTML Embed Code: