Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar!
Bugun yurtimiz hayotidagi eng ulugʻ sanalardan biri – Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni. Bu kun bizning erkinlik, ozodlik va kelajak sari dadil qadam tashlash ramzimizdir. Sizni ushbu qutlugʻ bayram bilan tabriklayman!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

❤11👍6🔥4
Amerikadagi tanishimiz va do'stimiz o'z loyihasiga xodim, Service Partner Coordinator qidirayotgan ekanlar. Qiziq bo'lsa aloqaga chiqib ko'rsangiz bo'ladi.
Lokatsiya: Toshkent (vaqti-vaqti bilan ofis/uchrashuvlar)
Ish vaqti: To‘liq bandlik
Kompaniya: Bizi — texnologiyalar orqali xizmatlarni soddalashtiruvchi innovatsion loyiha
Talablar:
- Texnologiyalardan foydalanishda erkinlik
- Yaxshi muloqot qobiliyati
- Mas’uliyatli va tezkor harakat qiladigan
- Ofisdan tashqarida ham ishlashga tayyor (yuzma-yuz uchrashuvlar bo‘ladi)
- O‘zbek va rus tillarida ravon so‘zlasha olish; ingliz tili bo‘lsa, bonus!
Biz nima taklif qilamiz?
- Tez rivojlanayotgan startap jamoasida ishlash imkoniyati
- Har bir fikring muhim bo‘lgan muhit
- O‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi va bonuslar
- Rivojlanish va o‘sish imkoniyati
Contact: @IFarrukh

🔥5
“Qamar” kitoblar do‘koning yangi filiali ochilmoqda!
Shu munosabat bilan menga taklifnoma yuborishibdi. Nasib qilsa oilaviy boramiz. Bunday kitob doʻkonlari yana koʻp boʻlishini va rivojlanishini juda xohlayman.
Kitob do‘koni – bu faqat savdo joyi emas, balki insonlarni birlashtiradigan, ijod va yangi fikrlar makoni. Yangi filial kitobxonlar uchun koʻproq tanlov imkoniyati va qulaylik demakdir.
Menimcha, bu qadam kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. “Qamar” doʻkonidagi doʻstlarimizga faqat omad!

👍8🔥5❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob doʻkoni ochilishida shu qadar koʻp odam. Naqadar goʻzal!
👍18🔥5❤3
Mutolaa Korporativ — bu jamoangiz uchun kitob o‘qishni tizimli tashkil qiladigan va nazorat qiladigan ajoyib instrument. 3000 dan ortiq kitoblar va 20 ga yaqin funksiyalar bitta xizmatda!
Ushbu xizmat orqali siz:
- Xodimlaringizni kitoblar orqali muntazam o‘qishga jalb qilasiz
- Jamoangiz rivojlanishini tizimli tashkil qilasiz
- Xodimlaringizni rag‘batlantirasiz va ularni o‘sishga yordam berasiz
- Natijalarni nazorat qilib, aniq o‘sishni ko‘rasiz
Kitob shaxsiy va professional rivojlanishning eng ishonchli manbai bo'lsa,
bu jarayonni amalga oshirishda Mutolaa Korporativ oson, qulay va samarali yechimdir.
Mutolaa'da bu oyga Piter Tilning va Bleyk Mastersning "Noldan birga" kitobini tanladik.

❤9🔥4🏆4👍2
Forwarded from Mutolaa
🤝 Qadriyatlar birlashtiradi!
🇺🇿 Hamkorlik doirasida jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, bolalar adabiyoti sohasini rivojlantirishga alohida dastur tayyorlash va bir qancha boshqa istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
🎉 Ushbu memorandum imzolanishi kitobxonlik targʻibotida muhim qadamlardan biri boʻlishiga ishonamiz va “Milliy Tiklanish” demokratik patsiyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.
Telegram | Instagram | Ilova
“Mutolaa” loyihasi hamda “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
🎉 Ushbu memorandum imzolanishi kitobxonlik targʻibotida muhim qadamlardan biri boʻlishiga ishonamiz va “Milliy Tiklanish” demokratik patsiyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.
Telegram | Instagram | Ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🔥1
"Hozir ketsang, o‘qishdan haydalasan!"
Shu videoni ko'rib esimga tushdi. Litsey paytlarida bizni paxtaga jo‘natishgan, butun litsey borardik. Noyabrga kelib dalada paxta qolmaganidan keyin ham bir hafta chamasi dalada bekor yurganmiz. Mayda qor yog‘a boshlagachgina "otboy" berishgan va shunda qaytgandik. Vaqtliroq qaytsak bo‘ladimi, deb so‘raganimizda direktorning: "Hozir ketsang, o‘qishdan haydalasan!" degan do‘q urgani hanuz esimda. Haqiqatdan ham 3 oy davomida dars bo‘lmagan edi. Shu paxtaga chiqish majburiyati sabab ham ko‘pchilik maktabdan keyin shahardagi litseylarga kirishga intilardi.
Ammo shahar ham yechim bo‘lmadi. Universitetda o‘qiyotganimda, ikkinchi kursda edim shekilli, yana paxtaga olib borishdi. Bu safar uch oy emas, atigi ikki haftada qaytganmiz. Universitetda endi hech kim do‘q qilmagan, chunki kontrakt to‘lab o‘qirdik-da 😌 Lekin baribir paxtaga chiqishga to‘g‘ri kelgan. Bularning hammasi bor gap.
Xudoga shukur, hozir bunday narsalar faqat tarixda qoldi. Endi bizdan faqat bilim olish talab qilinadi aslida ham shunday bo‘lishi kerak.

👍6🔥5❤2
Futbol uchun ideal havo boʻldi doʻstlar!
🔥7❤3
krisp_summary.txt
4.7 KB
Startup boshlamoqchi bo'lganlar uchun birinchi ko'rilishi kerak bo'lgan videolardan. Ingliz tilida videoning qisqa xulosasini ham jo'natib qo'yayapman.
https://youtu.be/Th8JoIan4dg?si=0aP2FVwp97im6rIC

❤3🔥2
Forwarded from Xushnudbek.uz
• Millionlab kitoblarni bir vaqtda oʻqib, siz bilan suhbat qura oladigan suhbatdosh “Mutolaa” safida!
• Sevimli kitobingizni birgalikda muhokama qilishingiz;
• Oʻzingizni qiziqtirgan savollarga tezkor javob olishingiz;
• Asardagi qahramonlar, gʻoya va ramzlarni chuqurroq anglab olishingiz mumkin.
✨ Bu sun’iy idrokning oʻziga xosligi shundaki, AI suhbatdosh kitoblardan kelib chiqib, faqatgina ular haqida suhbatlashadi. Ishonamizki, bu yangi imkoniyat sizni yanada ko‘proq kitob o‘qishga va o‘z ustingizda ishlashga ilhomlantiradi.
Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.
👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Edinburg Universitetida keyin o'zimni loyihalar boshqaruvi, startup va turli g'oyalar ustida ishlashda sinab ko'rayapman. Natija yomon emas. Germaniya, Amerika va boshqa xorijiy davlatlarda turli tadbirlarda, kurs va seminarlarda qatnashdim. Qo'shimchasiga, yaqinda angel investor sifatida ilk qadamlarimni qo‘yishga vaqt va jurat topa oldim. Shuncha shovqin va to'polon kamdek tuyilyapti, nimadir yetmayapti, balki qo'shimcha stressdir🌝.
Shunga o'ylab turibman, uch yillik ta'lim tanaffusidan so‘ng, yana o‘qishga qaytsamikkan. Bu safar O'zbekistondagi "chet el"ni ya'ni Toshkentdagi Webster Universitetida MBA dasturini tanlashni o'ylab turibman. Nima deysizlar?
Ariza topshirib qo'ydim. Kelisha olsak o'qivoraman.

👍13❤4