Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
Nega Kremniy vodiysi “Kremniy vodiysi” deb ataladi?

Bugun dunyoning eng yirik texnologiya markazi sifatida tanilgan Silicon Valley nomining ildizi oddiy bir element — kremniy (silicon)ga borib taqaladi. Lekin nega?

Mikrochiplar asosan kremniy moddasidan yasaladi. Shu sababli, 1950–60-yillarda bu hududda yaratilgan chip sanoati butun vodiyning brendiga aylandi.

Endi Mur qonuni haqida gaplashsak. Intel asoschilaridan Gordon Mur 1965-yilda chipdagi tranzistorlar soni har 18–24 oyda ikki baravar ko‘payishini kuzatgan buni e'lon qilgan.

Natijada:

- Chiplar kuchliroq va arzonroq bo‘ldi

- Kompyuterlar va smartfonlar ommalashdi

- Startaplar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi

Hozirda Mur qonuni faqat mikrochiplarni emas Kremniy vodiysining innovatsion ruhiyatini, tezkorlik va jadallik belgilab berdi:

Xulosa qilsak, Kremniy vodiysi faqat geografik joy emas. U — Mur qonuni bilan shakllangan tezkor innovatsiya madaniyatidir. Qachon boramiz Kremniy vodiysiga?
8👍2
“Bank va Ma’rifat” forumi doirasida 30 ta bank tomonidan 20 ta nashriyotning takliflari tinglandi va eng ma’qul loyihalar tanlab olindi. Kun davomida banklar va nashriyotlarning tor doiradagi uchrashuvlari o‘tkazildi.

👉 Ertaga forumning so‘nggi kuni bo‘lib, yakuniy nutqlar, yangi tashabbuslar va hamkorlik qarorlari taqdim etiladi.


#BankvaMarifatForumi #BankvaKitob #MahallaKutubxonasi #BookandBankForum

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥1🙏1
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Menimcha, El Yurti Umidi jamg'armasi orqali ketgan talabalar, qaytib kelib, xususiy sektorda yoki nodavlat tashkilotlarida ham faoliyat olib borishlariga imkoniyat yaratilsa yaxshi bo'lar edi.
🔥251
“Har safar muammoni hal qilganingizda, u butunlay hal boʻlmaydi, muammo hozircha hal boʻlgan boʻladi.” R. Hoffman

Muammolar har doim biz bilan doʻstlar.
👍9🔥32
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bitta kitob 300 so’m — Mutolaa Premium’ga yangi kitoblar qo’shildi!

“Mutolaa” ilovasidan hozirga kunda 3 000 000 dan ziyod kitobxonlar foydalanib kelmoqda va ilovadagi 3000 dan ziyod kitoblar 10 million marta o’qildi!


😊 “Mutolaa Premium” obunasidagi eksklyuziv kitoblar soni ham ko’payib, 109 taga yetdi. Bu hali hammasi emas, obunaga har oy yangi kitoblar qoʻshib boriladi.

Birgina obunani sotib olib, siz “Asaxiy books”, “Hilol nashr” hamda “Tirilish” nashriyotlarining 100 dan ziyod kitoblarini mutolaa qilishingiz va ilovaning bir qator qo’shimcha qulayliklaridan foydalanishingiz mumkin.


• Siz uchun maxsus taklif: “XUSHNUDBEK” promokodi bilan 33% chegirmani qoʻlga kiriting va 155 000 so’mlik yillik Premium obunani atiga 104 000 soʻmga sotib oling!

👉 Mutolaa ilovasini yuklab oling va oʻz obunangizni rasmiylashtiring.

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
"Nega meni o‘g‘izim gapirmayapti, oyijon?" Safikosh (Safiyani erkalab shunday deyman) qizim. 

Safiya Turkiya safariga borganda yosh bolachalar bilan gaplasha olmagan. Tabiatan mahmadona va hammaga gapini o‘tkazadigan qizchani birdaniga hech kim tushunmay qolgani unga juda katta stress bo‘lgan. Oyisiga xafa bo‘lib "Nega mening o‘g‘izim gapirmayapti, oyijon?" deb savol bergan. Oyisi ham ingliz tilini o‘rganishing kerak degan. "English" so‘zni sehrli so‘z deb o‘ylab, uni qayta-qayta hammaga aytgan va o‘zbekcha gapiravergan. Lekin baribir hech kim uni tushunmagan. Keyin biz Safiyaga Englishni o‘qishga borib, o‘rganish kerakligini tushuntirdik. 

Safardan qaytgandan keyinroq, "man o‘qishga borishim kerak!" deb turib oldi. Majbur, boshqa bog‘chaga berdik. Bu yangi bog‘chang desak, "Bu o‘qish-ku axir! Siz bog‘cha qib o‘ylabsiz" deb alohida ta’kidlaydi. Hozir Safikosh tillarni alohida urg‘u berib o‘rganyapti. Kuni kecha ko‘zlari katta-katta bo‘lib, "Mani og‘zim English gapirvotti adaa!" deb maqtanib qolsa. Ona qizim-ey, ko‘z tegmasin. 

Bu bo‘lgan voqeadan keyin o‘ylab qoldim, safarlar nafaqat kattalarga balki bolalarga ham juda katta ijobiy ta’sir qilar ekan. Yana bir narsa insonda nima qilish kerakligi emas, balki nima uchun shu ishni qilish kerakligiga aniq javob bo‘lsa uni to‘xtatib bo‘lmaydi.


Shu videoni ko'rib, rosti tasirlandim. Qizlarimiz ilmli, dunyo ko'rgan va baxtli bo'lishsin!
10👍7🔥6🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezidentimiz BMT minbaridan turib jahon yoshlari uchun ulkan tashabbusni ilgari surdilar.

Davlatimiz rahbari tomonidan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish hamda uning qarorgohini O‘zbekistonda ochish tashabbusini ilgari surilgani biz uchun katta faxr va mas’uliyatdir.

Bu tarixiy voqea bilan barchanigizni tabriklaymiz!

😊 “Mutolaa” jamoasi sifatida biz bu tashabbusni yuksak e’tirof etamiz va yoshlarning bilim, tafakkur va ma'naviy rivojiga xizmat qilish orqali ushbu ezgu harakatni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Biz ishonamizki, tinchlik, bilim va ma’rifat uyg‘un bo‘lsa, yoshlar uchun kelajak yanada yorqin bo‘ladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥76
Hammaga boshlangan hafta barakali boʻlsin!
🔥2010👍4
Hilol Edu turk tili markazining yana bir filiali ochilmoqda ekan. Millionlar insonlar bilim berish nasib qilsin. Ishlarga omad!
9👍3
Kecha va bugun ustozlarimni tabrikladim, ulgurganlarimni borib ko‘rib keldim. Bora olmaganlarimga online tabrik yo‘lladim. To‘g‘risi ularni xursandligi, ko‘zidagi quvonch va faxrni ko‘rib, o‘zim ich ichimdan maza qildim! Shu insonlar hayotimda borligi va menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgani uchun minnatdorman. Umringlar uzoq bo‘lsin!
16👍7🔥5
2025/10/22 04:33:53
Back to Top
HTML Embed Code: