Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezidentimiz BMT minbaridan turib jahon yoshlari uchun ulkan tashabbusni ilgari surdilar.

Davlatimiz rahbari tomonidan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish hamda uning qarorgohini O‘zbekistonda ochish tashabbusini ilgari surilgani biz uchun katta faxr va mas’uliyatdir.

Bu tarixiy voqea bilan barchanigizni tabriklaymiz!

😊 “Mutolaa” jamoasi sifatida biz bu tashabbusni yuksak e’tirof etamiz va yoshlarning bilim, tafakkur va ma'naviy rivojiga xizmat qilish orqali ushbu ezgu harakatni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Biz ishonamizki, tinchlik, bilim va ma’rifat uyg‘un bo‘lsa, yoshlar uchun kelajak yanada yorqin bo‘ladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥76
Hammaga boshlangan hafta barakali boʻlsin!
🔥2010👍4
Hilol Edu turk tili markazining yana bir filiali ochilmoqda ekan. Millionlar insonlar bilim berish nasib qilsin. Ishlarga omad!
9👍3
Kecha va bugun ustozlarimni tabrikladim, ulgurganlarimni borib ko‘rib keldim. Bora olmaganlarimga online tabrik yo‘lladim. To‘g‘risi ularni xursandligi, ko‘zidagi quvonch va faxrni ko‘rib, o‘zim ich ichimdan maza qildim! Shu insonlar hayotimda borligi va menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgani uchun minnatdorman. Umringlar uzoq bo‘lsin!
16👍7🔥5
Forwarded from UnicornTech.uz
🚀 CS// Angels School – Angel investorlikka ilk qadam

Klassik investitsiyadan tashqariga chiqib, yuqori daromadli angel investorlik olamiga qadam qo‘ymoqchimisiz?

CS// Angels School — bu klassik investorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan dastur bo‘lib, unda siz:
🔹 Har hafta startaplarga faol sarmoya kiritib kelayotgan tajribali angel investorlardan amaliy bilim olasiz
🔹 Venchur bozori, investitsiya jarayonlari va risklarni boshqarish mexanizmlarini chuqur o‘zlashtirasiz
🔹 O‘z portfelingizni yangi darajaga olib chiqib, xalqaro tajribaga yaqinlashasiz

🎯 Dastur bitiruvchilari uchun eng katta imkoniyatlardan biri — CS// Angels Club’ga qo‘shilish huquqi. Bu sizni O‘zbekistonning eng faol va eng yirik angel investorlar hamjamiyatiga qo‘shadi, eksklyuziv bitimlar va tarmoq imkoniyatlarini ochib beradi.

⚠️ O‘rinlar soni cheklangan — atigi 20 ta joy ajratilgan.
Dastur 21-oktabrda start oladi va dekabr oyigacha C-Space Yunusobodda davom etadi.

👉 Ariza topshirish uchun: https://forms.gle/raXjDY5PXsmXphc4A
👍32
Shunday maktablar va dasturlar koʻpayishi kerak. Men uchun qiziq mavzu. Topshirib qoʻydim. Nasib qilsa tez orada oʻzimizda ham shunday club ochamiz va maxsus akseleratsiya dasturini e’lon qilamiz. Startup qilishga qiziquvchilar boʻlsa aloqada boʻlib turinglar.
6👍4
Buyuk Britaniyada oʻqigan bitiruvchilar bilan katta tadbir boʻlayapti. Hozir shu yerdaman. Koʻplab tanishlarni koʻrdim, Edinburg va umuman UK haqida gaplashdik. Qarang Edinburgni bitirganimga ham 3 yil boʻlayotgan ekan, vaqt juda tez oʻtayapti doʻstlar.
🔥9👍3🙏2
"Daholik kamyob, lekin jasorat undan ham kam uchraydigan hislat" (Brilliant thinking is rare, but courage is in even shorter supply than genius.) Piter Tilning "No'ldan birga" kitobidan. Shu jumlani o'qir ekanman, ko'zlarim chaqnab ketdi.

Jamoamda va atrofimda yoshlar ko'p. Ular bilan gaplashaman, fikr almashaman. Ko'pchiligiga tashabbus qilish muhimligini takidlayman, bazilariga yangi g'oya va loyiha boshlash taklifini beraman. Qiziq bir holatni qayta va qayta ko'rganman, ko'pchilik qo'rqadi.

Hayotimizda shunday vaziyatlar bo'ladiki, qaror qabul qilishda yoki ishni boshlashda ikkilanamiz, qo'rqamiz. Shu vaqtda bizga bir oz jasoratli bo'lish halaqit bermaydi. Menimcha jasorat hammada bor lekin uni ko'p ham ovvora qilib ishlatmaymiz. Jasorat bu qo‘rqmaslikmas, balki qo‘rqqan vaqtda ham oldinga yura olishda bo'lsa kerak.

Savol: Nimadan qo'rqish mumkin? Qo'rquv o'zi nima?
3👍21
"Jasorat" so'zidan "j" harfini olib tashlasang asorat bo'ladi. Inson yo jasoratli bo'ladi yo asoratli.

A.Mirzayev
🏆101🔥1
Forwarded from Amerikada... (Amerikada)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avaz Oxundan nozik, ammo chuqur satira.
🔥5😁51
O‘tgan hafta men British Council tomonidan tashkil etilgan katta tadbirida ishtirok etdim. Buyuk Britaniyada tahsil olib, bugun mamlakatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan eng faol bitiruvchilarni bir joyga jamladi.

Edinburgh universiteti bitiruvchisi va Mutolaa loyihasi menejeri sifatida men o‘z tajribam bilan o‘rtoqlashib. Shunday mazmunli eventni tashkil etgani uchun British Council Toshkent jamoasiga katta rahmat!
🔥7👍53
Kitob va kitobxonlik kelajagi qanday?

Kitobni koʻrinishi, shakli, oʻqilish uslubi va umuman bu tushuncha yaqin kelajakda qanday boʻlishi haqida biror tasavvur bormikan. Men uchun bu juda qiziq.
5
Olimov's note
"Daholik kamyob, lekin jasorat undan ham kam uchraydigan hislat" (Brilliant thinking is rare, but courage is in even shorter supply than genius.) Piter Tilning "No'ldan birga" kitobidan. Shu jumlani o'qir ekanman, ko'zlarim chaqnab ketdi. Jamoamda va atrofimda…
Qo‘rquv bilan yuzlashish.

O‘tgan hafta yozgan postimni mantiqiy davomi bo‘lsa kerak bu post. Xullas, qo‘ruvni yengish uchun “Men nimadan qo‘rqyapman? Eng yomon holatda nima bo‘lishi mumkin?” deb o‘zingiz bilan gaplashing. Undan ham yaxshi uslub, uni yozing. Ko‘pincha bizning qo‘rquvimiz haqiqatdan ko‘ra kattaroq bo‘ladi. 

Men o‘zim biror narsada sal qo‘rquv bo‘lsa tezda o‘zimga savol beraman "Eng yomon holatda nima bo‘ladi?" Mendagi javoblar quyidagicha: o‘lim😑, qonunni buzish, odamlarni dilini og‘ritish, sharmanda bo‘lish...

O‘zingiz tasavvur qilishga ham qo‘rqadigan, yuz berish ehtimoli bor bo‘lgan yakunlarni tanlab oling. Agar biror ish boshlashda shu eng yomon ssenariylar bo‘lmasa qolgani sizga tajriba, ikkilanmasdan bosish kerak.

Misol uchun, Startap boshlash qo‘rquv: “Agar muvaffaqiyat qozonmasam-chi?” 

Eng yomon holat: “Qanchadir pul yo‘qotasiz, olti oy yoki bir yil vaqtingiz ketadi. Bevafo dunyo! Xo‘sh nima bo‘libdi?"

Lekin Siz tajriba orttirasiz, bozorni o‘rganasiz va kelajakda bundan ham kuchli loyiha qilasiz. Pul va vaqt ketadi, ammo bilim va tajriba qoladi.

Tangani ikkinchi tarafi, ishlab ketsa-chi! Unda nima bo‘ladi? U yog‘ini o‘zingiz tasavvur qilavering. Men bugun faqat eng yomon holat haqida yozdim. Eng yaxshi holatlarni eplaganingizcha tasavvur qilib olavering.
👍761🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eshigingiz tagidan chiqindilarni olib, maxsus joyga olib borib qo'yishadi. Ajoyib startup g'oya. Bunisiga nima deysiz?
🤯3👍2
2025/10/24 10:50:13
Back to Top
HTML Embed Code: