Telegram Web Link
YC uchun ariza topshirishni boshladim.
1🔥124🙏2
Hamkorlikdagi ulush (equity) taqsimoti va hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida ajoyib video. Asosiy g'oyalarni yozib chiqaman:

Ulushda saxiy bo‘lish

Dastlabki, eng og‘ir yillarda jamoani motivatsiya qilish muhim. Adolatli va saxiy ulush taqsimoti jamoaning sadoqatini oshiradi va sog‘lom madaniyat yaratadi.

Vesting va Cliff tizimini qo‘llash

Standart shakl: 4 yillik vesting, 1 yillik cliff bilan. Bu tizim kompaniyani erta tark etganlardan himoya qiladi. Har kim ulushini o‘z hissasi bilan topishi kerak faqat ishtirok etishni o'zi yetarli emas.

Faqat muhim hamkorlarni tanlash

Faqat MVP (minimum viable product) ni yaratish uchun zarur odamlarni qo‘shing. Juda ko‘p hamkor bo'lishi murakkab muhit va nizolarni keltirib chiqaradi. “Co-founder” unvoni osonlikcha berilmasligi kerak.

O‘tgan ishni emas, kelajakdagi hissani mukofotlash

Ulush kelajakdagi ishga motivatsiya berishi kerak, o‘tgan mehnatni emas. CEO sust ishlayotgan hamkorlarga nisbatan chora ko‘ra olishi zarur.

Hamkorlikdan chiqish (breakup) qoidalari

Agar hamkor 1 yillik cliffga yetmasdan ketadigan bo‘lsa → odatda 2–5% ulush oladi. Kutilmagan vaziyatlar uchun ulushni saqlash va kengashdagi rol borasida aniq qoidalar belgilang.

Keng tarqalgan xatolar:

- Fikr (idea) ni ijrodan (execution) ortiq qadrlamang.
- Tajriba yoki maosh asosida tengsiz taqsimot xato bo‘lishi mumkin.
- Qisqa muddatli adolat emas, uzoq muddatli barqarorlikni o‘ylang.
- Vaqtinchalik (part-time) hamkorlarga yo‘q deyish kerak
- Part-time hamkorlar odatda muvaffaqiyatli startaplar qurmaydi.
- “Natijaga qarab ulush berish” (performance-based equity) yaxshi eshitiladi, lekin startaplardagi maqsadlar juda o‘zgaruvchan.
👍41
Forwarded from Mutolaa
🎁 Toshkent shahrida boʻlsangiz, sizga zoʻr xushxabarimiz bor!

20-21 — oktabr kunlari Toshkent shahrining “Yoshlar ijod saroyi”da oʻzbek tili bayrami munosabati bilan bir qator loyihalar taqdimotlari boʻlib oʻtadi!

— Albatta tashrif buyuring!


🎉 Taqdimotda sizlarga ajoyib syurpriz tayyorlaganmiz!

Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
Qizim hafta oxiri intiqlik bilan kutadi. Ikkimiz bozorga boramiz, oʻyinchoq, qatiq va sirok olamiz. Uyga qaytib, Dev va qizaloq, Nonni bosgan qizaloq, Qunduz amaki va boshqa klassik multiklarni tomosha qilamiz. U multfilmlardagi gʻoyalar ajoyib, ranglar koʻzni charchatmaydi, tezlik ham yuqori emas.

Shovqin joylar, bolalar maydonchasida yurishdan koʻra uyda hotirjam oʻynab oʻtirishni afzal koʻrayapti. Bu esa menga juda maqul. Endi otasini qizi boʻlayapti. Qatiq ichib, hotirjam, hech qayerga shoshmasdan, uyda yonboshlab dam olish kunini oʻtkazish = baxt. Bu ham bir ajoyib davr menimcha.
31👍7
Bu yerda juda qiziq ishlar boshlanibdi. Albatta kirib koʻring va qatnashing.

Biror bilmni oʻqish - tahsinga sazovor ish. Oʻqigan narsasini tahlil qilish insonni olim qilishi mumkin. Oʻqib, tahlil qilib yana uni hayotga tadbiq qilish muvaffaqiyat garovi boʻlsa kerak.

Bunday zoʻr tashabbusdan qolib ketmang.
🔥53
Forwarded from mystery shoot📸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizning oruzyingiz nima?

Sal kam 1 oydirki “Ko’rinmas dunyo” nomli badiiy-publistik filmimizni bitirdik.

Montaj jarayoni juda ko’p vaqt oldi. Oldin bunday narsalarni montaj qilmaganim uchun, aynan nimadan boshlash kerakligini tushunib yetish qiyin bo’ldi.

Boshlab olish har doyim qiyin bo’lgan, lekin start olgandan so’ng toxtatish qiyin bo’ladi.

Oyni oxiriga borib yana bir asarga film olamiz!
😢432
Zerikish foydali!

Bizni chag'itadigan shunchalik ko'p narsa borki biz zerikmay qo'ydik. Bugun qiziq bir videoni ko'rib qoldim. Artur Bruks qiziq fikrni aytayapti, zerikish hayotda ma’no topish, tushkunlik va xavotir hissini yengishda muhim omil hisoblanar ekan.

Bundan tashqari zerikish ruhiy salomatlik uchun zarur, chunki u chuqur fikrlash va o‘zini tahlil qilishga undaydi, bu esa hayotga ko‘proq ma’no bag‘ishlaydi. Zerikish miyani o'ylashga, hayot mazmuni haqida fikrlashga majbur qiladi, bu esa juda noqulay shuning uchun biz bundan qochamiz.

Bugungi kunda, ayniqsa smartfonlar tufayli, odamlar doimiy chalg‘ituvchi omillar ta’sirida qolib, bu muhim savollar ustida fikr yuritishdan uzoqlashmoqda. Kundalik zerikarli mashg‘ulotlar vaqtida, qurilmalaridan kamroq foydalanishga undaydi. Bu ijodkorlikni oshiradi va umumiy baxt hissini kuchaytiradi.

Bugun telefonimni odatdagigan kam ishlatdim. Ko'proq o'ylashga, reja qilishga, kitob o'qishga va zerikishga urundim. Man endi kechasi bilan uyqu yo'q. O'ylashni to'xtata olmayapman 🙂 Xullas do'stlar ora-orada zerikib turish foydali ekan.
2025/10/19 21:06:54
Back to Top
HTML Embed Code: