Telegram Web Link
Forwarded from Abdulboriy Abduqodirov | Sotuvchi
Har bir ishda hikmat bor.

Lekin bu orqa mahalladagi Hikmat aka emas.

Ko‘p odam bu iborani “o‘xshamadi, demak bir hikmat bor” deb o‘zini yupatish uchun ishlatadi.
Lekin yaqinda angladim: bu iboraning eng muhim nuqtasi *“hikmatni tushunib olish”*da ekan.

Agar natija chiqmagan bo‘lsa, bu “hikmat bor” deb qo‘yish emas — balki, “qaysi joyda xato qildim, nima o‘zgartirish kerak” degan savolni berish.

Aks holda 60 yoshda ham shu gapni takrorlab, “bunda ham bir hikmat bor” deb o‘tiramiz.

Haqiqiy hikmat — natija chiqmaganda o‘zimizni oqlashda emas, o‘sha natijasizlikdan o‘zgarish topishda.

#insayt

@abdulboriy_sotuvchi
👍921
Qoʻshilaman. Oʻzimizni yupatishdan toʻxtab, haqiqat bilan yuzlashishni, tahlil qilish va xatolardan oʻrganishni boshlashimiz juda muhim.
👍7🔥211
Startup arenadaman. Qiziq loyihalar borga oʻxshaydi.
😁2
Mutolaadagi audiokitoblarning sifat ortidagi ko‘rinmas qahramonlar!

Mutolaada siz tinglayotgan har bir sifatli audiokitob ortida mas’uliyatli va jonkuyar insonlar mehnati mujassam. Bizning jamoamizdagi ko‘zi ojiz xodimlar audiokitoblarni montaj qilish, tovushdagi eng kichik detallarni aniqlash va mukammal sifatga yetkazishda beqiyos hissa qo‘shmoqda.

Ular hayoti, orzulari va jamiyatdagi o‘rni haqida chuqurroq fikr yuritish maqsadida biz maxsus film suratga oldik. Bu film nafaqat bir loyiha, balki inklyuziya, inson qadr-qimmati va jamiyatimizning asl kuchi haqida boʻldi.

Film ijodkorlar yoshlar jamoasi va bu ularning ilk jiddiy ishi. Oʻylaymanki siz ularni izohlarda qoʻllab-quvvatlaysiz. Jamoaga faqat omad!
🔥53🏆32
Ishdan keyin biroz oʻzim sayr qildim. Fikrlar va gʻoyalarni biroz tartibga soldim. Keyingi katta qadamlar haqida oʻyladim. Kuz tarovati, ifori va havosini alohida his qildim.
👍1154
15👍61🐳1
📚 METRODA TELEFONMI… YOKI KITOB?

🚇 Ko'pchiligimiz har kuni turli manzillarga metroda boramiz. O‘sha daqiqalarda faqat scroll qilish uchunmi yoki o‘qish uchun ham imkoniyat bormi?
Bu savolga javobni aynan sizdan olishni istaymiz.

📍 Hozirda metro bekatlariga kitob almashish javonlarini joylashtirish tashabbusi ilgari surilmoqda (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “TuronBank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent metropoliteni hamkorligida).

Albatta loyihaning muvaffaqiyati — yo‘lovchilarning real fikriga tayanadi.


📊 Shu bois siz uchun qisqa so‘rovnoma tayyorladik. Uni to‘ldirish uchun 2 daqiqa vaqt ketadi.
Natijasi esa kitobxonlar uchun yangi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

👇 Endi navbat sizga:
https://forms.gle/z6DD1Upde1tDQfEQA

To‘ldirib bo‘lgach, izohga “Tayyor” deb yozing — sizni qadrlaymiz!

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍1
Ajoyib tashabbus, imkon boʻlsa koʻproq tarqatish va targʻibot qilish kerak! Tashkilotchilarga alohida rahmat.
5🔥2
Forwarded from Usmonip (Usmonip)
#lahza

Toshkentdan viloyatga qarab otlandim. Ortimdagi oʻrindiqda ikki kishi (aftidan, er-xotin) ketyapti.

Erkak soʻradi:
— Qancha kitob oʻqiding?
Ayol:
— Ya’ni?
Erkak:
— “Mutolaa”dan nechta kitob oʻqiding, deyman?

Va buyogʻi suhbat toʻliq kitoblar haqida ketyapti…

@usmonosphere
64👍3🔥2
2025/10/26 08:46:38
Back to Top
HTML Embed Code: