Forwarded from Abdulboriy Abduqodirov | Sotuvchi
Har bir ishda hikmat bor.
Lekin bu orqa mahalladagi Hikmat aka emas.
Ko‘p odam bu iborani “o‘xshamadi, demak bir hikmat bor” deb o‘zini yupatish uchun ishlatadi.
Lekin yaqinda angladim: bu iboraning eng muhim nuqtasi *“hikmatni tushunib olish”*da ekan.
Agar natija chiqmagan bo‘lsa, bu “hikmat bor” deb qo‘yish emas — balki, “qaysi joyda xato qildim, nima o‘zgartirish kerak” degan savolni berish.
Aks holda 60 yoshda ham shu gapni takrorlab, “bunda ham bir hikmat bor” deb o‘tiramiz.
Haqiqiy hikmat — natija chiqmaganda o‘zimizni oqlashda emas, o‘sha natijasizlikdan o‘zgarish topishda.
#insayt
@abdulboriy_sotuvchi

👍8⚡2❤1
Qoʻshilaman. Oʻzimizni yupatishdan toʻxtab, haqiqat bilan yuzlashishni, tahlil qilish va xatolardan oʻrganishni boshlashimiz juda muhim.
👍7🔥2⚡1
Mutolaadagi audiokitoblarning sifat ortidagi ko‘rinmas qahramonlar!
Mutolaada siz tinglayotgan har bir sifatli audiokitob ortida mas’uliyatli va jonkuyar insonlar mehnati mujassam. Bizning jamoamizdagi ko‘zi ojiz xodimlar audiokitoblarni montaj qilish, tovushdagi eng kichik detallarni aniqlash va mukammal sifatga yetkazishda beqiyos hissa qo‘shmoqda.
Ular hayoti, orzulari va jamiyatdagi o‘rni haqida chuqurroq fikr yuritish maqsadida biz maxsus film suratga oldik. Bu film nafaqat bir loyiha, balki inklyuziya, inson qadr-qimmati va jamiyatimizning asl kuchi haqida boʻldi.
Film ijodkorlar yoshlar jamoasi va bu ularning ilk jiddiy ishi. Oʻylaymanki siz ularni izohlarda qoʻllab-quvvatlaysiz. Jamoaga faqat omad!

YouTube
Ko’rinmas dunyo: bizda hayotni ovozi bor, sizdachi?
Ushbu badiiy-publisistik film “Mutolaa” loyihasining qahramonlari — audiokitob montajchilari uchun bag’ishlanadi.
Produser Sirojiddin Olimov, rejissor Maryam Javlan, operator Yusuf Rustamov, ijodkorlar Yodgorjon Zokirjonov, Sherbek Islomov, Nurzida Isayevalar…

🔥5❤3⚡2🏆2