Telegram Web Link
Silkroad Innovation hubda networking event

Kecha turli davlatlardan kelgan investor, start-upchi va biznes egalari bilan tanishuv kechasi boʻldi. Bunday tadbirlar insonga koʻproq odamlar bilan tanishish, ular bilan fikr va gʻoya almashishga zoʻr imkoniyat. Nasib qilsa har bir tanishuv va tajribamiz biz uchun yangi imkoniyatlarni beradi.

Omad kerakli joyda, kerakli vaqtda va tayyor holatda turgan odamga keladi. Shunday ekan xushyor boʻlib har bir minimum imkoniyatdan maksimum foydalanishimiz kerak.
👍93🔥31🤬1
“Erkin ta’lim himoyasida” kitobi endi Mutolaa Marketda!

Hali qogʻoz shakli nashrga chiqmasdan elektron va audio shakli Mutolaa marketda eksklyuziv tarizda e’lon qilindi. Bu Oʻzbek kitob bozori uchun katta voqealik desak boʻladi. Nashriyot va yozuvchilar koʻp harajat qilmasdan daromad topishlari va rivojlanishlari mumkin.

Kitob haqida qisqacha:

Farid Zakariyaning “Erkin ta’lim himoyasida” kitobi — zamonaviy dunyoda erkin ta’limning ahamiyatini himoya qiluvchi muhim asarlardan biridir. Zakariyaga ko‘ra, liberal ta’lim bu faqat adabiyot yoki san’at emas. Bu — tanqidiy fikrlash, muloqot, tahlil qilish va murakkab muammolarga ijodiy yondashishni o‘rgatuvchi tizimdir. U har qanday sohada — hatto muhandislik yoki biznesda ham zarur.

• Link: ustiga bosing.

Mutolaa ilovasini yuklab oling
4🙏2😁1
Men SEP dasturida oʻqimayapman.

Hozirda biz AQSh da start-uplar bilan tanishish, AI boʻyicha yangiliklarni koʻrish va Kremniy vodiysini oʻz koʻzimiz bilan koʻrish uchun keldik. SEP dastirida hozirda Oʻzbekistondan faqat bir nafar odam oʻqiydi. Ayni vaqtda qoʻshnilarimizdan oʻnlab oʻrganuvchilar bor.

Innovatsiyalar markazi boʻlgan Kremniy vodiysida koʻplab vatandoshlarimiz boʻlishi, biznesmen, tashkilot rahbarlari va yoshlar bu yerga kelib oʻqishi Oʻzbekiston uchun juda muhim. Bu yerdagi odamlar bilan gaplashib, fikr almashar ekanman Stenfordda oʻqish maqsadimga aylandi. Nasib qilsa Edinburg tajribasidan keyin yana bir bor top universitetda oʻqiyman.

Bu oson boʻlmasligi aniq. Nega? Stenfordning kirish juda talablari yuqori. Ularga munosib boʻlish uchun har taraflama kuchli nomzod boʻlish talab qilinadi.
1🔥8👍3😁1🤬1
Siz o‘z “garajingiz”ni topganmisiz?

Bugun tarixga guvoh bo‘ldim. Stiv Jobs va Stiv Vozniak 1976 yilda Apple kompaniyasiga asos solgan mashhur Palo Alto’dagi garajga bordim.

Oddiy bir garajdan dunyoni o‘zgartirgan kompaniya paydo bo‘lgan. Bu joy faqat Apple tarixi emas, balki orzular, qat’iyat va oʻziga boʻlgan ishonch timsoli.

Mahallangizni tasavvur qiling, oʻsha yerdan butun dunyoni oʻzgartira oladigan biror innovatsiya yoki kashfiyot chiqishi aql bovar narsadek tuyilishi mumkin. Aslida buni nazariy imkoni bor, harakat qilsa haqiqatga aylanishi ham mumkin.

Oʻylab qoldim 5-10 yildan keyin bizdan ham shunday kompaniyalar chiqishi uchun biz bugun nima qilishimiz kerak? Boshqacharoq aytganda biz oʻz “garajimizni” topishimiz uchun nima qilishimiz kerak?
18🙏5👍1🤬1
Forwarded from Xo'jayeva Hulkaroy
2 yil oldingi, kitobni o'qib tugatganimdan keyingi fikrlar
🔥1452👍1🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥115
Amazon ofisida mehmon bo‘ldik!

Bugun Amazonning ofisiga tashrif buyurib, u yerda faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz Manzura Zakirova bilan uchrashdik. U bilan bo‘lgan suhbatimiz davomida Amazonda ish madaniyati, ishga kirish jarayoni va bu kabi top kompaniyalarning xodimlarga asosiy talablar haqida fikr almashdik.

Bundan tashqari loyihalarimiz haqida gapirib berdik, Mutolaa premium sovgʻa qildim. Loyihamizni koʻrib juda hayratlandi Manzura. Bu ham yaxshi ham oʻylantirishi kerak boʻlgan narsa nega?

Yaxshisi Mutolaani ishlashi, auduikitoblar sifati va natijalar ularga kutilmagan boʻlayapti. Oʻzimizda shunday mahsulotlar paydo boʻlgani ularni ham xursand qilayapti. Oʻylantiradigan jihati esa biz hali juda koʻpchilikka yetib bormaganimiz. Biz haqimizda biz oʻylagandan kamroq odam biladi. Yanada koʻproq ishlashimiz va foydalanuvchilarga yetib borishimiz kerak.

Manzura bizga o‘z tajribasidan kelib chiqib, “FAANG” kabi kompaniyalarda ishlash orzusi bor yoshlarga aniq yo‘nalishlar va maslahatlar aytib oʻtdi. Nasib qilsa shu boʻyicha alohida dastur qilamiz.

Dunyodagi eng yirik texnologik kompaniyalardan birining ichki muhitini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish katta tajriba boʻldi!
9👍6🔥4
“Alkimyogar” asarini oʻqiganlar bormi?
Anonymous Poll
47%
Ha, albatta!
45%
Yoʻq, endi.
8%
Santiyagoni taniyman aka😅
🔥7👍31👎1
2025/10/23 07:15:11
Back to Top
HTML Embed Code: