Telegram Web Link
Startuplar uchun eng muhim ikkita narsa: Tezlik va Moslashuvchanlik.

Tezlik — bu sizning raqobatchilardan oldin harakat qilish qobiliyatingiz. G‘oya yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin uni birinchi bo‘lib amalga oshirgan yutadi. Kechikish = yo‘qotish.

Moslashuvchanlik — bu o‘zgarayotgan bozorda o‘zingizni tezda qayta ixtiro qilish qobiliyatingiz. Mijozlar istagini eshita olish, signalni anglab, yo‘nalishni o‘zgartirishga tayyor bo‘lish muvaffaqiyat kalitidir.

Biz shu ikki muhim narsaga amal qilishga harakat qilayapmiz. Mutolaa'da yangiliklar ko'p. Tez orada e'lon qilib boramiz.
🔥52👍2🏆1
Shanba va yakshanba kunlari San-Fransiskoda yashayotgan yurtdoshlarimiz bilan bir dasturxon atrofida samimiy suhbatlashdik va ko‘pchilik bilan yaqindan tanishdik.

Yurtdan yiroqda bo‘lsak-da, aynan shunday uchrashuvlarda birdamlik va mehrni his qiladi odam. Kelgan barchaga katta rahmat! Nasib qilsa yaqin yillarda koʻplab yoshlar million dollarlik kompaniya va startuplar tashkil qilishsa ajab emas!
12👍4🙏1
Mutolaa platformasida yangiliklar davom etmoqda!

Nasib qilsa, yaqin kunlarda Mutolaa’da kitobxonlik tanlovlari bo‘yicha katta dasturni e’lon qilamiz.

Bu tanlovlar orqali nafaqat ko‘proq kitob oʻqishga rag‘batlantiramiz, balki oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun ajoyib tizim yaratamiz.

Hozirda Mutolaachi tanloviga qoʻyilgan “Oʻtkan kunlar” asarini 88 ming odam oʻqimoqda. Albatta bu son hammasi tanlov orqali emas lekin bu kabi tanlovlar oʻqivchilarga odat shakllantirishga va “nega aynan shu asarni hozir oʻqishim kerak?” degan savolga javob topishga yordam boʻla olayapti.

Kuzatishda davom eting — sizni qiziqarli syurprizlar kutmoqda!
112🙏1
Turkmanistondan tanishlarim uncha koʻp emas edi. Kuni kecha Silkroad Innovation Hub’da Turkmanistonlik doʻstlar bilan uchrashdik. Uchrashuv davomida loyihalarimiz haqida fikr almashdik.

Stenford tibbiyot maktabida ishlaydigan asli Turkmanistonlik Serdar aka Mutolaaga alohida qiziqib, Turkman tilidagi kitoblarni ham qoʻshishni taklif qildilar. Bunga investitsiya kiritishga ham tayyor ekanligini aytib oʻtdi. Aloqadamiz balki bu ham oʻziga xos yoʻnalish boʻlar.
6👍5🔥2
“Bu hududga kirish sizni Kaliforniya shtatiga ma'lum bo'lgan saraton va tug'ma nuqsonlar yoki boshqa reproduktiv zararga olib kelishi mumkin…” deb Stenford Yashil kutubxonasi (Green Library) eshigiga yozib qoʻyishibdi.

Juda muxtasham va katta bu kutubxona oʻziga xos auraga ega. Men ichkariga kira olmadim, faqat talaba va tadqiqotchilar uchun ochiq ekan. E’tiborimni tortgan yozuv boʻyicha kutubxonachidan soʻradim. Keyin albagga ChatGPTdan:

“Stenford kampusidagi ko‘plab tarixiy binolarda, jumladan Green Libraryda ham asbest mavjud bo‘lishi mumkin. Asbest — issiqlikka chidamli mineral tolalar, tarixan turli qurilish materiallariga, jumladan devor ploxtalari, vinil pollar, gazlar izolyatsiyasi va shtukaturlarga aralashgan bo‘ladi.

Muammo shundaki, agar bu materiallar buzilsa asbest tolalari havoga tarqaladi, nafas orqali o‘pka ichiga tushadi va uzoq muddatga ta’sir qilsa, asbestoz, o‘pka saratoni yoki mezotelioma kabi og‘ir kasalliklarga olib kelishi mumkin. Buzilmagan asbest materiallari sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi, faqat buzgunga holat xavfli hisoblanadi. Tegishli ta’mirlashlar oldidan mutaxassislar tomonidan xavfsizlik chorasi ko‘riladi.“

Bu yerda risk 0.01 % boʻlsa ham qonun boʻyicha shunday yozuv turishi kerak ekan😅. Menimcha biroz oshirib ham yuborishadi bazida.
4🔥3🙏1
2025/10/23 15:14:55
Back to Top
HTML Embed Code: