Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Butun dunyoni Tik Tokka o'rgatib, o'zlari kitob o'qiyotgan xitoyliklar

16 yilliy tajribaga ega o'zbekistonlik o'qituvchi Sardor Isroilov ayni kunlarda juda dolzarb va kerakli video tayyorlabdi. Ushbu videoni farzandingizga albatta ko'rsating!

Vaqtini isrof qiladiganlar vaqtdan samarali foydalanadiganlarga xizmatkor bo'ladi.

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🔥41
Жавоб варақаси-бошланғичга.doc
37.5 KB
😊😊😊😊 O'QUV YILINING 4-CHORAGI BO'YICHA TA'LIM SIFATI MONITORINGINI O'TKAZISH TARTIBI

👉O ‘quv yilining yakuni bo‘yicha ta’lim sifati monitoring jarayoniga 2-7-sinf o‘quvchilari amaliy fanlardan (musiqa, rasm, texnologiya, jismoniy tarbiya) jalb qilinadi.
👉2-4-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 20 talik (musiqa, rasm, texnologiya, jismoniy tarbiya) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 5 tadan topshiriqlar shaklida o‘tkaziladi.
👉5-7-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 40 talik (musiqa, rasm, texnologiya, jismoniy tarbiya) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 10 tadan topshiriqlar shaklida o‘tkaziladi.

Eslatib o'tamiz XTVning 2022-yil 11-oktyabr kundagi 313-sonli buyrug'iga asosan 4-chorak monitoringgi may oyida o'tkazish ko'rsatib o'tilgan.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍242
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi.

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
👍17
⚡️Kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari o'tkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab 1-aprelgacha kasbiy sertifikatlash imtihoniga murojaatlarni qabul qilgan edi.

15-16-mayda barcha fanlardan kasbiy sertifikatlash sinovlari bo'lib otadi.

Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:

umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;

avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;

pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.

📤 Nazorat sinovi natijasi bo'yicha 56 va undan yuqori ball to'plagan talabgor nazorat sinovidan o'tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Ushbu sinovdan o'tganlik toifani oshirmaydi, hech qanday ustama taqdim etmaydi. Faqatgina ishda qolish imkoniyatini beradi.

⚠️ Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to'play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

☝️Oldinroq tashkil qilingan attestatsiya imtihonlarida ishtirok etib, toifani qo'lga kiritgan pedagoglar, kasbiy sertifikatlash sinovlaridan ozod qilinadi.

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍231
⚡️Endi o'quvchiga qo'l ko'targan pеdagoglar maktabda ishlolmasligi mumkin

Bu qoida nafaqat maktab o'qituvchilariga, balki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pеdagog va tarbiyachilarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agеntligi va Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning ta'lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlariga yo'l qo'ygan pеdagog va tarbiyachilarning kеlgusida bolalar bilan ishlash bo'yicha mеhnat faoliyatini davom ettirishi uchun muayyan chеklovlarni, qo'shimcha talablarni nazarda tutish to'g'risidagi taklifi ma'qullandi.

Bu haqda O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2024-yil 2-dеkabrdagi "Bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-201-sonli Farmonida nazarda tutilmoqda.

Farmonda aytilishicha, Adliya vazirligi Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani), Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qoidani nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va bеlgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Shuningdеk, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Oliy ta'lim fan va innovasiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda pеdagoglarning tarbiyalanuvchilar, o'quvchi va talaba yoshlar bilan o'zaro munosabatlarini tartibga soluvchi barcha hujjatlarni zamonaviy talablar asosida, shu jumladan, bolalarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha ta'sirchan mеxanizmlarni nazarda tutgan holda to'liq qayta ko'rib chiqadi.

Hozircha, bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlariga yo'l qo'ygan pеdagog va tarbiyachilarning ta'lim muassasasida mеhnat faoliyatini davom ettirishi uchun aynan qanday chеklovlar joriy qilinishi ma'lum emas.

Ya'ni, yangi ishlab chiqiladigan tartibda zo'ravonlik holatlariga yo'l qo'ygan pеdagoglarning aynan ta'lim tashkilotida ishlash huquqi emas, balki boshqa huquqlari chеklanishi ham mumkin. Bu haqda tеgishli hujjat loyihasi ishlab chiqilganda bilib olish mumkin bo'ladi.

©Xalq ta’limi info

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
👍251🔥1🎉1🤩1
❗️O‘quvchilar ijaraga berilgan darsliklarni yo‘qotib qo‘ysa yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?

“Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalardan foydalanish usulidan qat’i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini to‘lashi shart.

O‘quvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to‘laydi:

👉 1 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
👉 2 - 4 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 - 11 sinf o‘quvchilarining har bir darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.

Umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasidagi darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo‘yicha to‘lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek o‘quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
👍295
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasida g‘oliblar aniqlandi

Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Namangan viloyati Chust tumanidagi 52-sonli maktab jamoasi

🥈2-o‘rin: Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 48-sonli maktab jamoasi

🥉3-o‘rin: Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 92-sonli AFChO‘SMUO‘TMI jamoasi

Mazkur jamoalar diplom, medallar hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: 100 mln so‘m
🥈2-o‘rin: 60 mln so‘m
🥉3-o‘rin: 40 mln so‘m

Shuningdek, respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
👍14🔥1
⚡️Yangi o‘quv yilidan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ham attestatsiyaga jalb etiladi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28 fevraldagi 130-son qarori bilan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi.

Yangi tartibga ko‘ra, endilikda majburiy attestatsiyaga ta’lim tashkilotlarining barcha pedagog kadrlari jalb etiladi. Shu qatori o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ham.

Yangi, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglarni belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari boshlanadi.

Attestatsiya test sinovlariga jalb qilingan oliy ma’lumotga ega bolmagan pedagog kadrlarga malaka toifalari berilmaydi, bunda ular lavozimini saqlab qolishlari kerak bo‘ladi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan
pedagog kadrlar:


👉 55 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga
ega bo‘lsa
— attestatsiyadan o‘tgan,
lavozimi saqlangan;

👉 55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, o‘qituvchi lavozimiga muvofiq emas, deb hisoblanadi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan — tartibda bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʼta olmagan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi.

Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda davlat yoki jamoat — vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.

Attestatsiyadan oʼta olmagan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarni ketma-ket ikki marta navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etishga pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qolga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍373🤩3🔥1
Qalbaki sertifikatlardan ogoh boʻling!

🖥Hozirgi kunda ommalashtirish boʻyicha sertifikatlarni turlicha ko‘rinish (sohta, fake)lari paydo bo‘lmoqda.

Haqiqiysini sohtalaridan ajratishning bir nechta yo’llari mavjud:

1. Respublika ta'lim markazi o‘z sertifikatlarida QR kodlardan foydalanishni joriy qilgan.

O‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish platformasi tomonidan beriladigan rasmiy sertifikatlar faqat Respublika ta'lim markazi tomonidan beriladi. Yangi 2025-yil 17-martdagi nizom bo’yicha Respublika ta’lim markazi va A.Avloniy nomidagi malaka oshirish Instituti tomonidan berilad. Bu sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirishda QR kodni smartfoningiz orqali skanerlab, ochilgan ma'lumotlar www.ommalashtirish.uz  havolasiga bogʻliqligidan bilishingiz mumkin.

Boshqa havolalar orqali ochilgan sertifikatlar haqiqiy hisoblanmaydi.

2. ommalashtirish.uz platformasida sertifikatlar tekshirish menyusiga JSHSHIRingizni kiritish orqali tekshirishingiz mumkin bo’ladi.

Havola: https://ommalashtirish.uz/check-certificate

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
👍421
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Attestatsiya natijalari bekor qilinishi kerak" — ekspertlar

Ayni kunlarda o‘tkazilayotgan pedagoglar attestatsiyasi test sinovlarida tushayotgan savollarning validligi hali-hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Ta’lim bo‘yicha ekspertlar esa barcha attestatsiya natijalari bekor qilinib, jarayonni to‘xtatish kerakligini aytmoqda. Bu haqda "Tanaffus" podkastining 16-sonida so‘z bordi.

▶️ To'liq video👇 https://youtu.be/rvg_3AC3gvI

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍120👏1
⚡️MAKTABLAR REYTINGI QUYIDAGI MEZON BO‘YIChA ANIQLANADI.

Reyting Vazirlar Mahkamasining qarori (345-son, 03.06.2021 y.) bilan tasdiqlangan umumiy oʼrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

Bunda 7 ta yo‘nalishda jami 100 ballik tizimda baholanadi.

1. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasi bitiruvchilarining  umumta’lim fanlari bo‘yicha
tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi, 20 ball

2. Umumiy o'rta ta’lim muassasasi o'quvchilarining bilim darajasi  ko'rsatkichi, 20 ball

3. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasi o'quvchilarining
chet tillarni bilish darajasi ko‘rsatkichi, 10 ball

4. Umumiy o'rta ta’lim muassasalari  pedagoglarining sifat (salohiyat) ko‘rsatkichi, 20 ball

5. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o'qituvchilarining
chet tillarini bilish darajasi ko‘rsatkichi, 10 ball

6. Ijtimoiy so‘rovnoma natijalari, 10 ball

7. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasida ma'naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit
(O‘zbekiston Respublika Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida), 10 ball

Reyting natijalarini ommaviy axborot vositalarida va Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida har yili
1-sentabrga qadar
e’lon qilinadi.


➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍411🔥1🥰1👏1
⚡️Ortda qolgan....attestatsiya.

(toifadan o‘tganlar uchun, o‘ta olmaganlar uzur oma)

Gapni quloq ilyapti
Hayajonlar sinyapti
Qo'shiq aytgim kelyapti
Toifadan o'tvoldim...

Bu bir to'yga to'yona
Kayfiyat bayramona
Misli "Qahramon ona"
Toifadan o'tvoldim...

Yanvar oyidan boshlab
Gohida ko'zlar yoshlab
Sal kam bir qat po'st tashlab
Toifadan o'tvoldim...

Muborak ramazonda
Duo qildim azonda
Endi palov qozonda
Toifadan o'tvoldim...

Der orzuga ayb yo'q
Birda bor-u birda yo'q
Hammasidan ko'nglim to'q
Toifadan o'tvoldim...

Vahimalar yo'qoldi
O'rnini ishonch oldi
Raxbarim sizlab qoldi
Toifadan o'tvoldim...

Umrim o'tgandek biroz
Qarang gullapti gilos
Besh oy o'qibman xolos
Toifadan o'tvoldim...

Ajoyib yangiligim
Dastlab onamga aytdim
Keldi mashxurlik paytim
Toifadan o'tvoldim...

Shukur deyman ollohim
O'zingdursan panohim
Yetib bordi oh-vohim
Toifadan o'tvoldim...

Yaratganga shukurlar
Ortda qoldi chuqurlar
Yoddan chiqmas bu kunlar
Toifadan o'tvoldim...
Toifadan o'tvoldik.....


➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍474🔥4👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Mazkur o‘quv yilidan o‘quvchilarning baholar tabeli ham elektron shaklga o‘tkazilgan

Mazkur 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning o‘zlashtirish baholar tabeli elektron shaklga o‘tkazilgan.

📹 Yuqoridagi videoyo‘riqnomada elektron kundalik (emaktab.uz) tizimi orqali maktab mas’ullari tomonidan elektron baholar tabelini shakllantirish va yuklab olish jarayoni ko‘rsatilgan.
 
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
📞 +998 (78) 888-82-82
📤 @eMaktabuz_bot

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
👍132
⚡️2024-2025 ўқув якуни бўйича келгуси ўқув йилидан ўқитувчиларга ва мактаб рахбарларига 40 фоизгача устама тўланади.

Вазирлар Маҳкамасининг 06.05.2024 йилдаги 263-сонли қарори билан 2024/2025 ўқув йилидан бошлаб ўқитиш ва билимни баҳолашнинг янги тартибини самарали жорий этган, ўқувчилари ижобий кўрсаткичларни қайд этаётган умумий ўрта таълим мактаблари раҳбарияти ҳамда ўқитувчиларига устама бериш тартиби жорий қилинган.

Тавсия этилган умумий ўрта таълим мактаблари рўйхати ҳар ўқув йили якунида эълон қилинади ҳамда кейинги бир ўқув йили давомида ушбу мактабнинг ўқитувчиларига мазкур қарорга мувофиқ раҳбарияти ҳамда ўқитувчиларнинг тариф ставкасига нисбатан 40 фоизгача устама берилади.

©Yurist maslahati

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
👍232
⚡️Microsoft Word dasturida foydalanish uchun kerak bo'ladigan 50ta qisqa klavish

1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish)
2. Ctrl + X - Kesish
3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish
4. Ctrl + Z - Bekor qilish
5. Ctrl + S - Saqlash
6. Ctrl + O - Faylni ochish
7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish
8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish
9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash
10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish
11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold)
12. Ctrl + I - Matnni italic qilib qo‘yish
13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish
14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish
15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish
16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center)
17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify)
18. Ctrl + K - Hyperlink qo‘yish
19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish
20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish
21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi)
22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish
23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik)
24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish
25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish
26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish
27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish
28. Ctrl + Space - Format o‘chirish
29. F7 - Imlo tekshirish
30. F12 - Saqlash oynasini ochish
31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash
32. Alt + F4 - Dasturni yopish
33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat)
34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat)
35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat)
36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi suzuvorlarni kichik qilish
37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi suzuvorlarni katta qilish
38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish
39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish
40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash
41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish
42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish
43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun)
44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish
45. Alt + F8 - Makroni boshlash
46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash
47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish
48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash
49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish
50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash

❗️ P.S.: O'zingiz uchun o'rganib qo'yganingiz yaxshi, zamon bilan hamnafas bo'lish uchun. Ustozlarga yuborib qo'ying

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍151
Bitiruvchilar yakuniy attestatsiya imtihoniga kechikib kelsa, unga qanday jazo chorasi qo‘llash mumkin?

Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8:00 dan boshlanadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasiga kechikib kelgan o‘quvchi belgilangan tartibni buzgan hisoblanadi. Bitiruvchi og‘zaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi.

Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin 2 hafta o‘tgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilishi mumkin.

❗️Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

Manba: Xalq ta’limi info

➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
👍12
⚡️Prezident: Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi.

Prezident raisligidagi videoselektorda oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun mablag‘ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion so‘m yo‘naltirilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentning ta'kidlashicha, malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olayapti.

➡️ MOLIYACHI BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot.

👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring!

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

@oqituvchi_ga
https://www.tg-me.com/joinchat-T7PoUfVbP1eh3Fg_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥2
2025/07/13 09:39:18
Back to Top
HTML Embed Code: