Telegram Web Link
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida O‘zbek tili bayramining 36 yilligi keng nishonlandi

Bugun, 2025-yil 21-oktabr kuni Oqqo'rg'on tumani 23-umumiy o'rta ta'lim maktabida Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari, tuman madaniyat bo'limi, maktabgacha va maktab ta'limi vakillari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “O‘zbek tili – millat g‘ururi” shiori ostida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni tuman hokimi To'ra Bobolov kirish so'zi bilan ochib berdi hamda barcha tadbir ishtirokchilarini ushbu qutlug' sana bilan tabrikladi.

Bayramga yig‘ilganlar oldida o‘quvchilar, ijodkor yoshlar va san’atkorlar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar tomonidan O‘zbek tili tarixiga, buyuk allomalar merosiga, ona tilining qadri va qudratiga bag‘ishlangan chiqishlar namoyish etildi.

Bayramga yig‘ilganlar oldida ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir davomida deputatlar tomonidan tilimizning milliy o‘zligimizni ifodalovchi bebaho boylik ekani, uni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekani alohida ta’kidlandi.

O‘zbek tili — millat faxri, xalq ruhi, yurak sadosidir!

✍️Oqqorg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish
👉 😎 Telegram 😎Instagram 🌐 Facebook 😎YouTube 🕸WebSayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Оққўрғон_тумани
#тил_байрами

21 октябр - Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун!

Туман Маданият саройида "21 октябр - Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун" муносабати билан "Қадринг баланд бўлсин, она тилим!" шиори остида байрам тадбири бўлиб ўтди.

Тадбир туман ҳокимлиги, Маънавият ва маърифат маркази тумани бўлинмаси, туман Маданият бўлими, туман Мактабгача ва мактаб таълими бўлими, туман Тарих ва ўлкашунослик музейи, Ахборот кутубхона маркази ҳамкорлигида ташкил этилди.

Тадбирни туман ҳокими ўринбосари Ж.Джаникулов кириш сўзи билан очиб берди.

Шундан сўнг туман маданият бўлими ходимлари томонидан ватанни ҳамда она тилимизни мадҳ этувчи шеърлар ва куй - қўшиқлар ҳамда 35- умумтаълим мактаби иқтидорли ўқувчилари иштирокида саҳналаштирилган театр намойиш этилди.

✍️Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиш
👉 😎 Telegram 😎Instagram 🌐 Facebook 😎YouTube 🕸WebSayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 07:51:13
Back to Top
HTML Embed Code: