Telegram Web Link
“Ona tilim – millat ko‘zgusi” nomli bayram tadbiri

2025-yil 21-oktabr kuni Oqqo'rg'on tumani MMTB tasarrufidagi 31-umumta'lim maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Ona tilim – millat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda "Uch avlod" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quvchilar ona tilimizga bo‘lgan muhabbat, uning qadri va ahamiyatini ifoda etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari va qo‘shiqlar bilan ishtirok etdilar.

Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda o‘quvchilar ona tilining go‘zalligi va millat uchun tutgan o‘rni haqida chuqur taassurotga ega bo‘lishdi.

✍️Oqqorg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish
👉 😎 Telegram 😎Instagram 🌐 Facebook 😎YouTube 🕸WebSayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar agentligining mega loyihalari targ‘iboti!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ibrat farzandlari”, “Ustoz AI”, “Mutolaa” va “UzChess” kabi mega loyihalar bo‘yicha targ‘ibot ishlari Qo’rg’ontepa mahallasida joylashgan 5-umumta’lim maktabida o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga loyihalarning maqsadi, imkoniyatlari va yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🎯 Asosiy maqsad — yoshlarni bilim olishga, o‘z ustida ishlashga, chet tillarini o‘rganishga va intellektual rivojlanishga undashdan iborat.

Targ‘ibot yakunida ko‘plab o‘quvchilar loyihalarga qiziqish bildirdi va ularning faol ishtirok etish istagini bildirib o‘tdi.

@Oqqorgon_hokimligi
#Китоблар_карвони
#Оққўрғонда

🇺🇿 Ёшлар ишлари агентлиги томонидан юртимиз бўйлаб китоблар карвони барча Ахборот кутубхона марказларига етказиб берилмоқда.

📙 Ушбу тўплам бугун катта ҳаяжон билан Оққўрғон тумани китобхоналари иштирокида кутиб олинди.
27 турдаги китоблар тўплами туманимизнинг китобсевар ёшлари учун чинакам туҳфа бўлди.

❗️Шу ўринда барча ёшларимизга китоб ўқиб, "Ёш китобхон" кўрик танловида иштирок этиш орқали ота-онангизга автомобил соқға қилиш имконияти борлигини яна бир бор эслатиб ўтмоқчимиз
Китоб ўқинг-BYD Chazor ютинг

@oqqorgon_hokimligi
2025/10/25 07:52:19
Back to Top
HTML Embed Code: